Abdulloh Ibn az-Zubayr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulloh Ibn Az-Zubayr (624692) – ilk islom davridagi mashhur siyosiy arboblardan biri. 680 yil umaviylar xalifasi Yazid ibn Muoviyaga qarshi chiqqan. 683 yil Yazid vafotidan soʻng A. ibn 3. Iroq, Janubiy Arabiston, Misr va Suriyaning katta qismida xalifa deb eʼtirof etilgan. 687 yil A. ibn 3. qoʻshini al-Muxtor boshchiligidagi isyonchi shialar ustidan gʻalaba qozongan. Umaviylar hokimiyati mustahkamlangach, xalifa Abdulmalikning Haj-joj ibn Yusuf qoʻmondonligi ostidagi qoʻshini A. ibn 3. tarafdorlarini Makkai mukarramada qamal qilgan. A. ibn 3. jangda halok boʻlgan.