Abdulloh Ibn Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulloh Ibn Husayn (1882, makka — 1951.20.7, Quddus) — Transiordaniya amiri (1921—46) va qiroli (1946—50), Iordaniya qiroli (1950 yildan). 1916—18 yillardagi Hijoz qoʻzgʻolonida qatnashgan. 1921 y. ingliz mandatli boshqaruvdagi Transiordaniya muxtor amirligi amiri deb eʼti-rof etilgan. Davlatni idora etish organlari, shuningdek, arab legionini tuzgan. 1946—48 yillarda Falastinning arab qismiga daʼvogarlik qilgan. Iordaniyani 1948—49 yillardagi arab-isroil urushiga jalb qilgan (q. Arab-Isroil urushi), Iordan daryosining gʻarbiy sohilini zoʻrlik bilan qoʻshib olgan. Terrorchi tomonidan oʻldirilgan.