Abdulloh Ibn Abbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulloh Ibn Abbos (619 yil, hozirgi Saudiya Arabistonidagi ashshib – 686, atToif, oʻsha yerda) – islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad (sav)ning amakivachchasi. musulmon rivoyatlariga koʻra, A. ibn A.Rasululloh va sahobalarning qilgan ishlari, aytgan soʻzlari haqidagi hikoyalarni toʻplash (hadislar) maq-sadidagi gʻoyani ilk bor ilgari surgan. A. ibn A. nihoyatda ilmli boʻlganligi tufayli „Xabr al-umma“ („Jamoa donishmandi“) laqabiga sazovor boʻlgan. A. ibn A. Qurʼonni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar boʻyicha uning oʻzi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad(sav)ning gʻazotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur boʻlgan.