Lutfulla Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lutfulla Abdullayevich Abdullayev (1912.25.10, Mirzachoʻl −2000.2.10, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1930 — 35). Toshkent badiiy bilim yurtida oʻqituvchi (1935 — 37). A. asarlari dolzarb, maz-munli, gʻoyaviy va murakkab syujetli, jonli va yorqin obrazlarga boy. „Mulla Toʻychi Toshmuhamedov portreti“ (1938), „Qahramonni kutib olish“ (1947), „Doʻstlarning uchrashuvi“ (1961) va boshqa Hajviy karikaturalari „Mushtum“ jur.da muntazam bosilgan. 15 dan ortiq kito-blarni badiiy bezadi: A. Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ tarixiy romani (1961, rus tilida), Oybekning „Bolalik“ (1963), F. Gʻulomning „Shum bola“ (1964) qissalari va boshqa „Osiyo ustida boʻron“, „Oʻtgan kunlar“, „Mehrobdan chayon“ va boshqa filmlarga liboslar eskizlarini tayyorladi. Oʻzbekiston tabiati aks et-gan manzaralar, agitplakatlar (ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida), portretlar („Navoiy nomidagi teatr qurilishida“, 40-yillar, „Mening zamondoshlarim — adabi-yot va sanʼat arboblari“ — guruh por-tretlari, 1989) ham yaratdi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etil-gan. A. Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1995). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil