Joʻra Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Joʻra Abdullayev
Asl ismi Abdullayev Jo‘ra Abdullayevich
Tugʻilishi 21-fevral 1927-yil(1927-02-21)
Vafoti 19-aprel 2020-yil(2020-04-19)
(93 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeniShohrat rib.png

Jo‘ra Abdullayevich Abdullayev (1927, Toshkent — 2020) — energetik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), texnika fanlari doktori (1973), professor (1982). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), O‘rta Osiyo politexnika institutini bitirgan (1953). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika institutida katta ilmiy xodim (1959 - 60), O‘zbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1960—76), Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori (1971 — 92), shu institutda maslahatchi (1996 yildan). O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1992 — 94). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi (1994 — 96). Asosiy ilmiy ishlari boshqarish tizimlarida axborotlarga tezkor ishlov berish va axborotlarni uzatish nazariyasi, ko‘p bo‘g‘inli tizimlarda xatolarni aniqlash va bartaraf kilish, ko‘p bo‘g‘inli elementlardagi raqamli qurilmalarning ishonchliligini ta’minlash, aloqada raqamli tizimlarni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. Kosmonavtikaga doir ishlari ham bor. [1][2][3]

Manbalar[tahrir]

  1. https://m.kun.uz/news/2020/04/19/akademik-jora-abdullayev-vafot-etdi
  2. Jo‘ra Abdullayevich Abdullayev, Biobibliografiya, T., 1997.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil