Abdullaxon madrasasi (meʼmoriy yodgorlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdullaxon madrasasiXivadagi me’moriy yodgorlik (1855). Ichan qal’adagi Olloqulixon va Qutlug‘ Murod Inoq madrasalari oralig‘ida joylashgan. Abdullaxon (Xiva xoni Qutlug‘ Murod Inoqning o‘g‘li) xotirasiga onasi tomonidan qurdirilgan. Chortoq tarhli (31,5x28,25 m) bo‘lib, burchaklariga gul-dastaminora ishlangan. Bosh tarzidagi keng ravoqli peshtoq orqali 3 gumbazli miyonsaroyga, u orqali hovliga o‘tiladi. Hovli (18,9x 14,0 m) atrofi hujralar bilan o‘ralgan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan yopilgan. Janubiy tomondagi gumbazli masjid miyonsaroy bilan bog‘langan. Darsxonalar tarhi murabba – 4,25x4,25 m. Hovliga g‘arbdan ensiz yo‘lak orqali kiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Abdullaxon madrasasi (meʼmoriy yodgorlik)" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir]

Mankovskaya L. Yu., Bulatova V. A., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.