Abdulla Toʻqay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulla to‘qaydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abdulla Toʻqay (taxallusi; asl ismi To‘qayev Gabdulla Muhammadgarifovich) (1886.14.4, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlog‘i (Archa tumani) – 1913.2.4, Qozon) – tatar shoiri, publitsist. 1902 yildan sheʼrlar yoza boshlagan. 1905 yil harf teruvchi bo‘lib ishlagan. „Fiker“ (Fikr) gaz. va „Al-asr al-jadid“ („Yangi asr“) jur.ga sheʼr, feleton va publitsistik maqolalar yozib turgan. Abdulla Toʻqay 1907 yil G. Kamolov bilan hamkorlikda „Yashen“ sati-rik jur. chiqaradi. 1910 yil „Yalt-yolt“ jur.da ishlaydi. Tatar xalqining ozodlik uchun kurashi „Ozodlik haqida“, „Tekinxo‘rlarga“, „Dunyo bu“, „Ketmay-miz“, „Tovush“, „Turmush“ kabi sheʼrlari, „Mahoraba va davlat dumasi“ maqolasi va boshqalarda yorqin aks etgan. Abdulla Toʻqay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri bo‘ldi. Taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilg‘or maʼrifat-parvarlik g‘oyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir. Abdulla Toʻqay tatar sheʼriyatining g‘oya va mazmunigagina emas, shakli, ifoda vositalariga ham yangiliklarni joriy qildi. Xususan, uning xalq ohanglari va qo‘shiqlariga moslab yozgan sheʼrlarining ruhi Turkistondagi milliy, ijtimoiy uyg‘onishga hamohang bo‘ldi. Abdulla Toʻqay sheʼrlari dastlab 1913 yilda o‘zbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan („Tuvgon til“ – Avloniy, „Turkiy guliston“, T., 1913 va boshqalar). Tataristonda Abdulla To‘qay nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan (1966). Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Abdulla Toʻqay nomi berilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar, T., 1961.

Adabiyotlar[tahrir]

  • Nurullin I. Z., Abdulla To‘qay (Adabiy portret), T., 1985.