Abdulla hofiz Fayzullayev
Qiyofa
Abdulla hofiz Fayzullayev (1869-yil, Namangan — 1944-yil, Oʻsh) — xonanda. Oʻzbekiston xalq hofizi (1943) va Qirgʻiziston xalq artisti (1940). Namanganda tashkil etilgan havaskorlar toʻgaragi "Sharq truppasi" (1914 — 1926)da, Oʻshdagi musiqali drama (1926 — 1941), Yangiyoʻl musiqali drama va komediya teatrlari (1941 — 1944)da ishlagan. "Ilgʻor", "Koʻcha bogʻi", "Eshvoy", "Girya", "So-dirxon Ushshogʻi", "Dugoh Husayniy", "Abdurahmonbegi", "Segoh", "Bayot", "Qalandariy" va boshqa ashula yoʻllarini mahorat bilan ijro etgan. Baland va shirali ovozi bilan oʻziga xos uslub yaratgan. Abdulla hofiz Fayzullayev Abdulla hofiz Fayzullayev ijrosidagi maqom va ashula yoʻllari Oʻzbekiston radiosida yozib olingan (1941).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |