Abdulla Aripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulla Oripov (siyosatchi)dan yoʻnaltirildi)
Shoir Abdulla Oripov bilan adashtirib yuborilmasin.
Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
Mansab davri
2016-yil 14-dekabrdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori
Mansab davri
2002-yil 30-maydan – 2009-yil 27-oktabrgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Hakim Muhiddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-may 1961-yil (1961-05-24) (62 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi
Maʼlumoti Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Vebsayti Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali

Abdulla Nigʻmatovich Aripov 1961-yil 24-may Toshkentda (Oʻzbekiston) tugʻilgan. Davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri[1][2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1961-yil 24-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — muhandis.[3] 1983-yilda Toshkent aloqa-elektrotexnika institutini (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini) tamomlagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

1983-yildan 1992-yilgacha Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis lavozimida faoliyat olib borgan. 1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis sifatida ishlagan. 1993—1995-yillarda „Oʻzimpeksaloqa“ tashqi savdo firmasi direktorining oʻrinbosari, 1995-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining qurilish va taʼminot boʻlimi rahbari[3], 1995-1996-yillarda „TashAfinalAL“ korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Abdulla Aripov 1996-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish boʻlimi boshligʻi, 1997-yilda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qogʻozlar boʻlimi rahbari, 1997-2000-yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish davlat fondi raisi, 2000-2001-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori oʻrinbosari, 2001-2002-yillarda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori vazifalarida ishlagan. A. Aripov 2002-yildan boshlab hukumat tarkibiga kiradi.[4] 2002-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari — Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori.[4], 2005-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻribosari, aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2012-yil avgust oyida „MTS“ aloqa operatori bilan bogʻliq mojarolar ortidan ishdan boʻshatilgan.[5] 2012-yildan 2016-yilgacha Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti marketing va menejment kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Abdulla Nigmatovich mana shu uch yilda koʻp narsalarni oʻrgandilar. Bosh vazir oʻrinbosari boʻlib yurish u boshqa narsa narsa. Ammo Bosh vazir boʻlib yurish va katta-katta masalalarni hozirgi sharoitda boʻyniga olib va ularni bilan til topishib, hududlarni, tarmoqlarni rivojlantirish oson narsa emas. Men 14 yillik ushbu lavozimda oʻtirgan va uch marta qayta-qayta shu lavozimga tayinlangan odam sifatida aytamanki, Bosh vazirning yuragidan qanday hissiyotlar oʻtayotganini men sezaman. Nega desangiz, Abdulla Nigmatovichni men 20 yildan beri yaxshi bilaman. Koʻp yillar yonma-yon boʻlib ishlaganmiz. Hayotda koʻp ogʻir tuhmatlar boʻldi va bu tuhmatlarni oʻzidan oʻtkazib hech qachon singani yoʻq. Shuning uchun men lavozimga oʻtirganimdan keyin Abdulla Nigmatovichni qaytarganim ham adolat nuqtai nazaridan bejiz emas

— Sh. Mirziyoyev, [6]

2016-yil 13-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimiga qaytgan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari majmuasi rahbari etib tayinlangan[7]. 2016-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi koʻrsatilgan[8]. 14-dekabrda ushbu lavozimga tasdiqlandi.[9] 2020-yil yanvar oyida Bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi[10].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, besh nafar qizi bor. Qudasi — Alisher Xoʻjayev, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi[11][12].

Ilmiy darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda „Axborot-kommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish muammolari“ mavzusida 08.00.05- „Menejment“ ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi[13]. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A. Aripov bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi
  2. Biografiya (rus), qaraldi: 2016-12-13
  3. 3,0 3,1 „Abdulla Aripov faoliyatiga nazar: aloqa sohasidan yuksak choʻqqilar sari yoʻl“ (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  4. 4,0 4,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  5. „Prezident Abdulla Aripovga boʻlgan tuhmatlar haqida gapirdi“ (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  6. https://qalampir.uz/uz/news/prezident-abdulla-aripovga-bulgan-tu%D2%B3matlar-%D2%B3ak-ida-gapirdi-13177
  7. „Abdulla Aripov hukumatga qaytdi“ (2016-yil 14-sentyabr). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  8. „Tarjimai holi“. Kun.uz.
  9. https://daryo.uz/2021/11/18/ozbekistonning-barcha-aloqa-vazirlari-bitta-suratda/
  10. „Abdulla Aripov takror Oʻzbekiston bosh vaziri etib saylandi“ (2020-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  11. „ХОДЖАЕВ Алишер Джураевич“.
  12. „Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси (МТРК) раиси Алишер Хўжаев“.
  13. https://web.archive.org/web/20061006032501/http://www.tuit.uz/Faculity/default.aspx