Abdulla Musavvir Xurosoniy
Jump to navigation
Jump to search
Abdulla Musavvir Xurosoniy – 16-asr 2- yarmida Buxoroda yashagan miniatyurachi rassom, Buxoro miniatyura maktabi vakili. Taniqli rassomlar Mahmud Muzahxib va Shayx Sa’diy Mahmud qo‘lida tahsil ko‘rgan. Hirot miniatyura maktabi an’analari ta’sirida, qo‘lyozma kitoblarga naqsh va nafis suratlar ishlagan. Shayx Sadiyning "Bo‘ston" (1542), "Guliston" (1543) va boshqa qo‘lyozmalarga ishlagan miniatyuralari buning dalilidir. Mashhad madaniy yodgorliklari muraqqasida A.ning hozirgi tadqiqotchilar shartli ravishda nomlagan "Bog‘da musiqa asbobi bilan turgan miniatyurasi bor. A.ning 1575 yilda yaratgan "Uchrashuv", "Sevishganlar" nomli asarlari diqqatga sazovor.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |