Abdulla Gʻulomovich Abdunabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdulla Gʻulomovich Abdunabiyev (1928.25.1, Toshkent) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1950).. Sirdaryo pedagogika institutining rektori (1966–71). Toshkent elektrotexnika aloqa instituti tarix kafedrasi mudiri (1983 yildan). Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻp partiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1995).

Manbalar[tahrir]

  • Vklad v mirovuyu sivilizatsiyu, T., 1998.