Abdulla Boboxonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulla Boboxonovich Boboxonov (1910.8.2, Qirgʻizistondagi Toʻqmoq shahri —1990.10.6, Moskva) — meʼmor, Xalq meʼmori (1970). Oʻrta Osiyo industrial institutini bitirgan (1933). "Toshkent shahri loyihalash idorasi"da bosh meʼmor (1938—44), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1944—46, 1964—68), Oʻzbekiston respublikasi qurilish vaziri oʻrinbosari (1955—59), Qurilish va meʼmorlik akademiyasida ilmiy xodim va boʻlim mudiri (1960—63), ToshPIda oʻqituvchi (1963), professor (1965). 1963—89 yillar davomida oʻzining bilim va tajribalarini yosh meʼmorlarga oʻrgatgan. Asosiy ishlari: Kattaqoʻrgʻon (1940—41) va Janubiy Surxon (1964—67) suv omborlari majmuasining meʼmoriy qismi, Shohimardondagi Hamza maqbarasi (1950), Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasi (1962) va boshqa 100 dan ortiq klub, madaniyat saroylari, kinoteatrlar va turar joy binolari loyihasini yaratgan. Boboxonov loyihalari asosida qurilgan binolarda milliy meʼmoriy anʼanalar zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan uygʻunlashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil