Abdulkarimbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdulkarimxondan yoʻnaltirildi)
Abdulkarimbiy
Saltanat 1734 — 1750
Oʻtmishdoshi Abdurahimbiy (1721—1733)
Davomchisi
Tugʻilishi 1701 yoki 1703 yoki 1706
Qoʻqon Buxoro xonligi
Vafoti 1750
Qoʻqon xonligi
Turmush oʻrtogʻi
  • Kenagas Oyim
  • Fotima Oyim binti Doʻstquli baxodir
Sulola Minglar
Otasi Shohruxbiy
Onasi Tolgʻanoy Oyim
Dini Islom

Abdulkarimbiy — (Abdulkarim-xon (1710—1750)),  Qoʻqon xoni (1733—1750), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, Shohruxbiyning oʻgʻli. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga oʻtirgan. Xonlik oʻrdasini Qoʻqon yaqinidagi Tepaqoʻrgʻondan Qoʻqonga koʻchirgan. 1746-yil Oʻratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. Abdulkarimbiy Qoʻqon shahrida saroy, Madrasa, bozor va Isfara, Qatagʻon, Margʻilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan[1].

Qoʻqon xonligidagi oʻzbeklarning[2] Ming sulolasidan boʻlgan uchinchi hukmdor boʻlgan Abdulkarimbiy 1734-yildan boshlab hukmronlik qilgan. Abdukarimbiy 1734-yilda vafotidan keyin Qo‘qon xonligida hokimiyatni meros qilib olgan Abdurahimbiyning ukasi boʻlgan.

Hukmronlik qilgan davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1733—1750 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Abdulkarimbiy ibn Shohruhbiy asosiy etiborini mudofaa masalalariga qaratadi. Abdulkarimbiy 1740-yilda Qoʻqonni yangi devor bilan oʻrab olishni buyurdi, bu keyinchalik shaharni jungʻorlar bosqinidan himoya qilishga yordam berdi. 1740-yilda Abdukarimbiy oldiga qozoqlarning buyuk biylaridan biri Tolebiy barcha qarindoshlari bilan jungʻorlardan qochib keladi. Jungʻorlar rahbari Galdan-Tseren Tolebiyni ekstraditsiya qilishni talab qiladi, lekin Abdukarimbiy jungʻor elchilarini haydab yuboradi[3]. 1745—1747-yillarda Qo‘qon xonligi jung‘orlar tomonidan bosqinga uchraydi. Jungʻorlar O‘sh, Andijon, Marg‘ilonni egallab, Qo‘qonni qamal qiladi. Jiddiy pallada Abdurahimbiy harbiy tashkilotchi isteʼdodini namoyon etadi. Jungʻor dushmanlarini poytaxtdan quvib chiqadi[4]. Jungʻor tajovuzi mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi va davlatning siyosiy markazlashuvini kechiktiradi. Abdulkarimbiy qalmoqlarga qarshi kurashda qirg‘iz-qipchoqlar va O‘ratepa hokimi Fozilbiy yuz yordamiga tayanib, xonlik mustaqilligini saqlab qoladi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulkarimbiy 1750-yilda vafot etgan. Hukmdorning vafotidan so‘ng xonlik taxtiga uning o‘g‘li Abdurahmon o‘tirdi. Ammo, u taxtga to‘qqiz oy o‘tirib, so‘ng Marg‘ilonga hokim etib jo‘natildi hamda taxni Abdurahimbiyning ikkinchi o‘g‘li Erdonabiy egalladi. 1753-yilda qalmoqlarning tazyiqi va talabi bilan ularning qo‘lida garov sifatida ushlab turilgan Bobobek xonlik taxtiga ko‘tarildi. Lekin, oradan bir yil ham o‘tmay O‘ratepa yurishi vaqtida Bobobek Beshariqda o‘ldirildi hamda Erdonabiy (1755—1769) yana Qo‘qon taxtiga oʻtirdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ad.: Beysembiyev T. K., Tarixi Shax-ruxi, Alma-Ata, 1987; Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996.
  2. Bosworth C. E. The new Islamic dynasties. A chronological and genealogical manual. N. Y., 1996. R. 295
  3. Moiseev V. A., Djungarskoe xanstvo i kazaxi (XVII—XVIII vv.). Alma-ata, 1991.s.172-173
  4. Istoriya Uzbekistana. Tom 3. — Toshkent, 1993. — 206 bet.
  5. Bohodir Eshov. „Qo‘qon xonligi“. «O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-2012. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil