Abdulaziz Sotvoldiyev
| Abulaziz Sotvoldiyev | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
3-iyun 1950-yil Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti |
31-mart 2024-yil (73 yoshda) |
| Fuqaroligi |
|
| Ish joylari | Andijon mashinasozlik instituti |
| Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
| Ilmiy darajasi | iqtisod fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
Sotvoldiyev Abdulaziz Abdimoʻminovich – iqtisodiyot fanlari doktori, professor (1993). 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulaziz Sotvoldiyev 1950-yilda Andijon shahrida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent politexnika institutini Iqtisodiyot va kimyo sanoatini tashkil etish yoʻnalishi bakalavriatini, 1977-yilda aspiranturasini tamomlagan. Shuningdek, 1993-yilda Sankt-Peterburg iqtisod va moliya universiteti doktoranturasini bitirgan. Abdulaziz Sotvoldiyev 2024-yilning 31-mart kuni vafot etgan[1].
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulaziz Sotvoldiyev mehnat faoliyatini 1971—1974-yillarda Toshkent politexnika instituti Kimyo sanoati iqtisodi va uni boshqarish kafedrasi assistentligidan boshlagan. 1977—1990-yillarda Andijon viloyati mehnatni tashkil etish markazi boʻlim boshligʻi, Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Andijon filiali savdo iqtisodi kafedrasi katta oʻqituvchisi, mudiri, 1993—1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori vazifalarida ishlagan. 2011—2021-yillarda Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish, sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish kafedralari professori lavozimlarida ishladi. 2021-yildan vafotiga qadar Iqtisodiyot kafedrasi professori sifatida yoshlarga taʼlim tarbiya berib kelayotgandi.
Abdulaziz Sotvoldiyev 1995-yildan 2011-yilga qadar Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti (hozirgi Andijon mashinasozlik instituti rektori sifatida faoliyat yuritib, oliy taʼlim tizimini rivojlantirish, malakali mutaxassislarni tayyorlashda oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulaziz Sotvoldiyev 1979-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universiteti „Uzluksiz ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari: OʻzSSR qurilish materiallari sanoatining asosiy tarmoqlari misolida“(Osnovnie napravleniya sovershenstvovaniya organizatsii truda v neprerivnix proizvodstvax : na primere osnovnix otrasley promishlennosti stroitelnix materialov UzSSR) mavzusida iqtisod fanlari nomzodi dissertatsiya ishini himoya qilgan hamda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasi ega boʻlgan[2]. 1993-yilda esa iqtisod fanlari doktorlik ilmiy darajasi uchun „Oʻzbekiston Respublikasida bandlikni boshqarish“ mavzusida dissertatiya ishini munosib himoya qilgan[3]. Abdulaziz Sotvoldiyev bir nechta darslik, oʻquv va amaliy qoʻllanmalar [4], yuzlab ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abdulaziz Sotvoldiyev vafot etdi Qaralgan sana=24.07.2024“ (andmiedu.uz). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-aprel.
- ↑ „Abdulaziz Sotvoldiyevning nomzodlik dissertatsiyasi Qaralgan sana=24.07.2024“ (search.rsl.ru).
- ↑ „O'zbekiston Respublikasida bandlikni boshqarish Qaralgan sana=24.07.2024“ (search.rsl.ru).
- ↑ „Ishchi kuchi ortgan hududlarda bandlikni boshqarish Qaralgan sana=24.07.2024“ (search.rsl.ru).