Abdulaziz Abdulloh ash-Sharbatli masjidi
Masjid | |
![]() | |
Mamlakat | ![]() |
Shahar | Jidda |
Koordinatalar | 21°45′11″N 39°10′31″E / 21.75302°N 39.17536°E |
Masjid turi | jome masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi, Hijoziy meʼmorchiligi |
Meʼmor | Muhammad ibn Odam as-Suqayr |
Binokorlik sanasi | 2024-yil |
Umumiy maydoni | 5,600 m2 (60,000 kv ft) |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Abdulaziz Abdulloh ash-Sharbatli masjidi (arabcha: جامع عبدالعزيز عبدالله الشربتلي) – Saudiya Arabistonining Jidda shahri, al-Javhara mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjid[1][2].
Masjid 2024-yil 6-martda ochilgan boʻlib, 5,600 m2 (60,000 kv ft) maydonni egallaydi[3][4]. Bino Hijoziy meʼmorchiligini aks ettiruvchi 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan dunyodagi birinchi masjid hisoblanadi. U 2021-yilda vafot etgan saudiyalik tadbirkor Abdulaziz Abdulloh Abbos Sharbatlining bevasi Vajnat Abdulvohid tomonidan qurdirilgan[5][6].
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulaziz Abdulloh Sharbatli masjidi 2024-yil 6-martda ochilgan[7]. Bino 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalangan holda qurilgan dunyodagi birinchi masjiddir[8][9][10]. Ushbu texnologiyada ishlatiladigan toʻrtta printer Xitoyning Hangzhou GuanLi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan[11]. Bino Muhammad ibn Odam as-Suqayr tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, shahar va qishloq ishlari hamda uy-joy qurilish vazirligining investitsiya boʻlimi Milliy uy-joy kompaniyasi tomonidan boshqariladigan bir nechta loyihalar doirasida qurilgan[12].
Masjid Saudiya Arabistoni tadbirkori Abdulaziz Abdulloh Abbos Sharbatlining bevasi Vajnat Abdulvohidning tashabbusi bilan qurilgan. Vajnat Abdulvohid Fursan Real Estate kompaniyasining bosh direktori[13] hisoblanib, ushbu kompaniya masjid qurilishida olti oy davom faoliyat olib borgan. Masjidning ochiq tashqi maydoni dizayni al-Masjid al-Haromdagi Kaʼbaga yaqin joylashgan Hijr Ismoil (Hatim)dan ilhomlanib yaratilgan[14][15].
Abdulaziz Abdulloh ash-Sharbatli masjidi Dubayda 2025-yilgacha qurilishi rejalashtirilgan dunyodagi birinchi 3D – bosib chiqarish texnologiyasi yordamida quriladigan masjiddan deyarli bir yil oldin qurib bitkazilgan[16][17][18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fatima. „Video: World's first 3D-printed mosque opens in Saudi Arabia“ (en-US). The Siasat Daily (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia unveils world's first-ever 3D printed mosque“. The Times of India. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia Is Now Home To The World's First 3D-Printed Mosque“ (en). Times Now (2024-yil 13-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „افتتاح أول جامع بتقنية الطباعة ثلاثية الأبعاد في جدة“ (ar). صحيفة صدى الالكترونية. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ الصائغ (جدة). „أبو زيد والدباغ.. يحتفلان بعقد قران عبدالله“ (ar). Okaz (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „أعيان ورجال أعمال يعزون بوفاة عبدالعزيز شربتلي“ (ar-SA). www.watannews-sa.com (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ جودة. „افتتاح أول جامع أنشئ بتقنية الطباعة ثلاثية الأبعاد في العالم بجدة“ (ar). Al-Jazeera. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia opens world's first 3D-Printed mosque“. EgyptToday (2024-yil 29-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ (2024-yil 7-mart). „Saudi Arabia Unveils World's First 3D-Printed Technology Mosque“ (en-US). Press-reliz.
- ↑ حاجب. „أول جامع مطبوع '3D' في العالم بـ'جدة'“ (ar). أخبار 24 (2024-yil 7-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „World's first 3D-printed mosque built in Jeddah“ (en). Fast Company Middle East | The future of tech, business and innovation.. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ الراجحي. „افتتاح أول مسجد في العالم بُني بتقنية الطباعة ثلاثية الأبعاد بمحافظة جدة“ (ar). صحيفة سبق الالكترونية (2024-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „صحيفة سبق | افتتاح أول جامع في العالم يُبنى بتقنية الطباعة ثلاثية الأبعاد بجدة في (ضاحية_الجوهرة) إحدى ضواحي ية_للإسكان باسم جامع السيد/ عبدالعزيز عبدالله شربتلي رحمه الله، على مساحة 5600 م2، كإهداء من زوجته رئيسة مجلس إدارة منظومة فرسان العقارية المنفّذة للمشروع“. موقع نبض. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „No title“ (fa). Abna 24. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „World's first 3D-printed mosque unveiled in Jeddah“ (en). Arab News (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „Saudi Arabia inaugurates world's first 3D printed mosque“ (en). The Peninsula Newspaper (2024-yil 13-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ „دبي تبني أول مسجد بتقنية الطباعة ثلاثية الأبعاد في العالم“ (ar). CNN Arabic (2023-yil 5-may). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.
- ↑ P. „World's First 3D Printed Mosque Completed in Saudi Arabia“ (en-US). 3Dnatives (2024-yil 12-mart). Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.