Abdukarimxoʻja sulolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdukarimxo'ja sulolasidan yoʻnaltirildi)

Abdukarimxoʻja sulolasi — gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi.

Shajarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1) Abdukarimxoʻja (1800-1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz; 2) Siddiq kalon (1858-1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masharaboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masharaboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan; 3) Xolmurod bobo Siddiqov (1891-1967) — qoʻgʻirchoqboz. U „Polvon Kachal“, „Bichaxon“, „Usmaxon“ kabi qoʻgʻirchoklarini oʻinatib kelgan.

Anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil