Abdukarim Hazratqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abdukarim Hazratqulov (1895 — 1976) — shahrisabzlik kulol, koshinkor usta; ustazoda. Hunarni otasi usta Hazratqul va amakisi usta Rus-tam Egamberdiyevdan oʻrgangan; gʻijdu-vonlik usta Muroddan sopol buyumlarga naqsh ishlash usullarini, meʼ-moriy koshinlar tayyorlashni oʻzlashtirgan. H. Shahrisabz kulolligi anʼanalarini oʻz ijodida davom ettirdi: yengil gulli hoshiya bilan oʻralgan yirik (2—6 ta) aylanalarda "ol-malardan tup (daraxt)" yaratadi; mayin sariq, oq, yashil rang tuslari bilan sopolning tabiiy rangi uygʻunligida joʻshqin, ayni paytda nafis tasvirlar ishlaydi. Ifodalilik hamda shaf-fof yengil oquvchan boʻyoqlar ustaning oʻziga xos uslubini belgilaydi. H. ishlaridan namunalar respublika muzeylarida saqlanadi.