Abdurashid Abdugʻafurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurashid Abdugʻafurov
Tavalludi 1931-yil 15-yanvar
Toshkent
Kasbi filolog, manbashunos
Sohasi adabiyot, filologiya
Ish joylari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti
Institutlar O'rta Osiyo Davlat universiteti
Taʼlimi oliy
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mashhur ishlari „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil)
Mukofotlari Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti

Abdurashid Xoʻjayevich Abdugʻafurov — (15-yanvar 1931-yil, Toshkent) — adabiyotshunos, matnshunos.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), filologiya fanlari doktori (1970), professor (1979). Oʻrta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1951).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim (1958-1976-yillar; 1981-1992-yillar), boʻlim mudiri (1992-yildan) lavozimida faoliyat yuritgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Chet tillar kafedrasi mudiri (1977—1981-yillar) boʻlib ishlagan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurashid Abdugʻafurovning oʻzbek mumtoz adabiyotining muhim ilmiy-amaliy masalalariga bagʻishlangan „Oʻzbek demokratik adabiyotida satira“ (1961), „Navoiy sa-tirasi“ (1-jild, 1966), „Navoiy ijo-dida satira“ (2-jild, 1972), „Zokirjon Furqat“ (1977) kabi yirik monografiyalari bor. Muqimiy, Zavqiy, Kamiy, Bobur, Mashrab kabi qator ijodkorlar asarlarini nashrga tayyorlagan. Shuningdek uning „Qalb qaʼridagi qadriyatlar“ (1999-yil) va „Muhammad Rizo Ogahiy“ (1999-yil) asarlari ham mavjud.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992) boʻlgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abdurashid Abdugʻafurov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil