Abduaziz Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abduaziz Yusupovich Yusupovdan yoʻnaltirildi)

Abduaziz Yusupovich Yusupov (1927. 17.10, Samarqand) — oftalmolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). SamTIning davolash fakultetini tugatgach (1949), koʻz kasalliklari kafedrasida aspirant (1949—52), assistent (1953—58), dotsent (1958—68), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1969—74), koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri (1974-yildan), shu kafedrada professor (1996-yildan). Asosiy ilmiy ishlari traxomatsan keyin qovoqda boʻladigan asoratlarni jarrohlik usulida davolash, glaukoma va oʻlkaga xos koʻz kasalliklarini oʻrganishga oid. U ilk bor uzoqni yaxshi koʻra olmaslik kasalligini davolashda koʻzning shox pardasi va oqsil pardasida operatsiya oʻtkazish usulini amaliyotga joriy etgan.