Otajon Abdalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdalov otajondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Abdalov otajon (1856-1939) -ilk o‘zbek matbaachisi va noshiri. Mat-baachilik faoliyatini 1874 yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. A.0.1876 yilda Ab-dunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga tak-dim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun O‘rta Osiyo miqyosida birin-chi bosma kitob hisoblanadi. A.O. bo-sib chiqarish uchun loyiq asarlarni o‘zi tanlab, ularni Muhammad Rahimxonga chop etishga ruxsat berish uchun tavsiya qilgan. Qo‘lyozmalarni nashrga tayyor-lashda o‘ziga zamondosh bo‘lgan taniqii hattot va shoirlarning ko‘magidan foy-dalangan. 1876—1910 yillarda A. O. Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashr-dan chiqardi. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (asarning "Hayrat-ul Abror" qismi; 1880), "Xazoyin-ul Maoniy", 1881, "Chor devon" (1882), Ogahiyning "Tavizul oshiqin" (1882) nomli asar-lari, Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning g‘azallari (1897) va "Majmuat ush-shuaro" (1900) to‘plamlari bor. A. O. Xo-razm xalq hukumatining bir qancha xitob-nomalari, tarixiy hujjatlarini, Xiva shahrida o‘zbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarishga boshchi-lik qilgan.Ad.: Pidayev T., Matbuot — millat chirog‘i, 1999.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil