Abd al-Azim al-Hasaniy

Abd al-Azim al-Hasaniy (arabcha: عَبْد ٱلْعَظِيم ٱلْحَسَنِيّ; Shoh Abdulazim nomi bilan tanilgan[1][2][3]) – shia Islomining ikkinchi imomi boʻlmish Hasan ibn Alining avlodidan boʻlgan olimlardan[4]. Toʻliq ismi: Abulqosim Abd al-Azim bin Abdulloh bin Ali bin al-Hasan bin Zayd (bin Ali) bin al-Hasan bin Ali bin Abu Tolib[5][6].
Abd al-Azim, ayniqsa rasmiy nutq va xabarlarda Hazrat Abd al-Azim Hasaniy nomi bilan tanilgan, hadis rivoyat qiluvchi edi[7][8][9][10]. Ibn Bobovay Abd al-Azim tomonidan yetkazilgan islomiy rivoyatlarni jamlagan boʻlib, bu toʻplam „Jomi’-al-Axbor Abd al-Azim“ nomi bilan mashhurdir[11].

Kunyalari Abul-Qosim[12][13] va Abul-Fath [14] boʻlgan Abd al-Azim shialarning toʻqqizinchi va oʻninchi imomlari, yaʼni Muhammad al-Javod va Ali al-Hadiyning hamrohlari edi[15][16]. Bundan tashqari, Rijol at-Tusiyning yozishicha, Abd al-Azim shialarning oʻn birinchi imomi Hasan al-Askariyning ham hamrohlaridan boʻlgan[17]. 866-yil 2-noyabrda vafot etgan[18] va Eronning Ray shahridagi Shoh Abd al-Azim ziyoratgohida dafn etilgan[19][20]. Sayyid Ali Qozi Asqar Abd al-azim Hassaniy ziyoratgohining yangi homiysi boʻlib, u Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari Ali Xomanaiy tomonidan 2022-yil 27-martda bu lavozimga tayinlangan[21].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abdol Azim Hasani iribnews.ir
- ↑ Shrine of Shah Abdol-Azim (Wayback Machine saytida 2018-09-08 sanasida arxivlangan) aparat.com
- ↑ Shah Abd al-Azim mashreghnews.ir
- ↑ Rey, Hazrat Abdol Azim mashreghnews.ir
- ↑ Rijal al-Najashi, Vol.2, P.65
- ↑ Hazrat Abd al-Azim erfan.ir
- ↑ Hazrat Abd al-Azim yjc.ir
- ↑ Hazrat Abd al-Azim Hasani old.aviny.com
- ↑ 'Adarudi, Musnad al-Imam al-Jawad (a), p. 302.
- ↑ The martyrdom date of Hazrat Abd al-Azim hadana.ir
- ↑ Saduq, al-Hedaayah, p. 174 (introduction)
- ↑ Qomi, Abbas, Montahi al-Amal, Vol.1
- ↑ Sayyid Abd Al-Azim Al-Hasani al-islam.org
- ↑ The articles collection of congress of Hazrat Abdol-Azim, Vol.3, P.181-185
- ↑ Maʼjam Rejal al-Hadith lib.eshia.ir
- ↑ Maʼjam Rijal al-Hadith, Khooei, abolqasem, Vol.10, P.49
- ↑ Rijal Tusi, P.401
- ↑ al-Turayhi, P.8
- ↑ The shrine of Hazrat Abdol Azim Hasani abdulazim.com
- ↑ The Ziyarah of Hazrat abd al-Azim (Wayback Machine saytida 2018-10-20 sanasida arxivlangan) article.tebyan.net
- ↑ Appointment of Hojjatoleslam Qazi Askar to the tutelage of Hazrat Abdul Azim (AS) Farsnews.ir, Retrieved 28 March 2022
Yana oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Calmard, J. (1997). "S̲h̲āh ʿAbd al- ʿAẓīm al-Ḥasanī". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume IX: San–Sze (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. ISBN 978-90-04-10422-8. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/shah-abd-al-azim-al-hasani-COM_1022?s.num=0&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&s.q=al+azim.
- Madelung, W. (1982). "ʿABD-AL-ʿAẒĪM AL-ḤASANĪ". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume I/1: Āb–ʿAbd-al-Hamīd. London and New York: Routledge & Kegan Paul. 96–97 b. ISBN 978-0-71009-090-4. https://iranicaonline.org/articles/abd-al-azim-al-hasani.