Abbosa bint al-Mahdiy
Abbosa bint Muhammad al-Mahdiy al-Abbosiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 798-yil (hijriy 182-yil) Raqqa |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | xalifalar xonadonidan |
Abbosa bint al-Mahdiy (arabcha: عباسة بنت المهدى — Abbosa bint Muhammad al-Mahdiy al-Abbosiy) — xalifalar xonadonidan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abbosa abbosiy xalifalaridan Muhammad Mahdiyning qizi, Hodiy va Horun ar-Rashidning singlisi. Abbosa bint al-Mahdiy Muhammad ibn Sulaymon ibn Aliga, uning o‘limidan so‘ng Ibrohim ibn Solih ibn al-Mansurga, uning vafotidan keyin Muhammad ibn Ali ibn Dovudga turmushga chiqqan. Uchinchi erining vafotidan so‘ng, Iso ibn Ja’far Abbosa bint al-Mahdiyga sovchi qo‘yishni xohlagan. Abu Nuvosning xalifaga yozgan „Bir xoinni o‘ldirishni istasang, uni qilich bilan emas, Abbosaga nikohlab qo‘yish bilan o‘ldir“, degan sheʼrini eshitib o‘z fikridan qaytgan.
Baʼzi manbalardagi rivoyatga ko‘ra, Horun ar-Rashid o‘z majlislarida ularning ikkisi ham qatnashishligini taʼminlash uchun singlisi Abbosa bint al-Mahdiy va Jaʼfar ibn Yahyo al-Barmakiyni nikohlab qo‘ygan, ammo er-xotinlik munosabatlarini taʼqiqlagan. Biroq ular mazkur buyruqqa bo‘ysunmasdan Abbosa bint al-Mahdiy homilador bo‘lgan. Horun ar-Rashid Jaʼfarni darhol qatl qildirgan.
Manbalarda hikoya tarzida kelgan bu voqea keyinchalik romanlarga mavzu bo‘lgan. Jurji Zaydonning "Abbāsa" nomli romani turk tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan (tarjimon Hasan Badriddin, 1923-yil).
Abbosa bint al-Mahdiyga otasi Mahdiy Abadon shahrining sharqiy tomonidan baʼzi hududlarni ajratib berganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. "Suvayqa al-Abbosa" Abbosa bint al-Mahdiyning nomi bilan ataladi[1].
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1957. III, 287-288;
- Ibn Xallikon. Vafayāt. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1978. I, 332-334;
- Mustafa Fayda. „Abbase bint Mehdi“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 30;
- J. Horovitz. "Abbasa". EI2 (Ing.). I, 14.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
![]() | Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |