Abbos Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbos Zafar oʻgʻli Rahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 7-iyul 1998-yil (1998-07-07) (25 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Bishkek 2018 61kg gacha
Bronza Ulan-Bator 2022 65kg gacha

Abbos Zafar oʻgʻli Rahmonov (1998-yil 7-iyul, O'zbekiston) — oʻzbekistonlik erkin kurashchi, 61 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etad. XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, kurash boʻyicha Osiyo chempionati bronza medali sovrindori, kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempioni.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Sarayevoda (Bosniya va Gersegovina) boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 54 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali uchun kurashda amerikalik Deyton Fiksga yutqazib qoʻydi[1].

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 57 kg vazn toifasida kubalik kurashchi Yovlis Bonnet bilan dastlabki raundda kuch sinashadi, ammo magʻlubiyatga yuz tutadi[2].

2018-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida 61 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yarim finalda yaponiyalik kurashchi Kazuya Koyanagiga imkoniyatni boy berib qoʻygandi. U tasalli raundda hindistonlik kurashchi Sharvan Sharvanni ustidan gʻalaba qozondi va shu tariqa turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi[3]. Nyu-Dehli (Hindiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida  Rahmonov 61 kilogrammgacha boʻgan vazn toifasida finalda qozogʻistonlik polvon Talgat Sirbazdan qoʻli baland keldi[4].

2019-yilda Nur-Sulton (Qozogʻiston) shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 61 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u chorak finalda rossiyalik kurashchi Magomedrasul Idrisovga imkoniyatni boy berib qoʻygandi. Tasalli berish raundida Rahmonov  avvaliga belaruslik raqibi Andrey Bekrenevni magʻlub etdi, keyin esa eronlik kurashchi Benam Ehsanpurga imkoniyatni boy berib, bor-yoʻgʻi beshinchi oʻrinni egallaydi[5].

2022-yilgi Osiyo chempionatida Abbos Rahmonov 65 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Navoiylik polvon bu bosqichda 9:0 hisobida bahraynlik Xoji Ali ustidan gʻalaba qozonadi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]