Kontent qismiga oʻtish

Abbos Kiarostami

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abbos Kiarostami
Tavalludi 22-iyun 1940-yil
Vafoti 4-iyul 2016-yil(2016-07-04)
(76 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Faoliyat yillari 1970—2012
Turmush oʻrtogʻi
Parvin Amir-Gholi
(turm. 1969; ajr. 1982)
[1]
Bolalari Ahmad, Bahman
Mukofotlari „Oltin palma novdasi“ (1977), Venetsiya kinofestivali hakamlar Granprisi {1999)

Abbos Kiarostami (forscha: عباس کیارستمی‎); 22-iyun 1940-yil, Tehron – 4-iyul 2016-yil, Parij) – eronlik kinorejissyor, ssenariynavis va prodyuser[2][3][4]. Eron yangi toʻlqini kinematografiyasining yetakchilaridan biri. Koʻplab kinomukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 50-Kann kinofestivalining „Oltin palma novdasi“ sovrindori (1997-yilda Taste of Cherry filmi uchun)[5], bu film „Oltin palma novdasi“ mukofotini olgan birinchi fors filmidir. Bundan tashqari, Kiarostami dizayner, fotograf va shoir sifatida ham tanilgan.

Abbos Kiarostami Tehron universitetining nafis sanʼati maktabida taʼlim olgan[6]. Maktabni tugatgach, dizayner sifatida ishlagan, soʻngra bolalar va yoshlarning intellektual rivojlanish markaziga qoʻshilib, u yerda kinematografiya boʻlimiga rahbarlik qilgan[7]. Oʻttiz yoshidan boshlab kino sohasida faoliyat yuritmoqda. 1977-yilda „Musofir“ filmi bilan katta kinodagi debyutini amalga oshirgan va shu yildan boshlab yangi tashkil etilgan Eron milliy kinematografiya markazida ishlashni boshlagan.

2008-yil sentyabr oyiga qadar 37 ta film suratga olgan. Kiarostami koʻplab xalqaro mukofotlar va festivallar, jumladan Kann („Oltin palma novdasi“, 1997), Venetsiya (4 ta mukofot, 1999), Lokarno kinofestivali (3 ta mukofot, 1987) va boshqalarning gʻolibi hisoblanadi.

Kiarostamining ikki farzandi bor. Ulardan biri rejissyor Bahman Kiarostami.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Badiiy filmlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Rejissyor Ssenariychi
1973 The Experience Ha Ha
1974 The Traveler Ha Ha
1976 A Wedding Suit Ha Ha
1977 The Report Ha Ha
1979 First Case, Second Case Ha Ha
1983 Fellow Citizen Ha Ha
1984 First Graders Ha Ha
1987 Where Is the Friend's House? Ha Ha
1987 The Key Yoʻq Ha
1989 Homework Ha Ha
1990 Close-Up Ha Ha
1992 Life, and Nothing More... Ha Ha
1994 Through the Olive Trees Ha Ha
1994 Safar Yoʻq Ha
1995 The White Balloon Yoʻq Ha
1997 Taste of Cherry Ha Ha
1999 Willow and Wind Yoʻq Ha
1999 The Wind Will Carry Us Ha Ha
2001 ABC Africa Ha Ha
2002 The Deserted Station Yoʻq Yoʻq
2002 Ten Ha Ha
2003 Crimson Gold Yoʻq Ha
2003 Five Dedicated to Ozu Ha Ha
2004 10 on Ten Ha Ha
2005 Tickets Ha Ha
2006 Men at Work Yoʻq Yoʻq
2006 Víctor Erice–Abbas Kiarostami: Correspondences Ha Ha
2007 Persian Carpet Ha Ha
2008 Shirin Ha Ha
2010 Certified Copy Ha Ha
2012 Like Someone in Love Ha Ha
2012 Meeting Leila Yoʻq Ha
2016 Final Exam Yoʻq Ha
2017 24 Frames Ha Ha

Qisqa metrajli filmlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Rejissyor Ssenariychi
1972 Recess Ha Ha
1975 Two Solutions for One Problem Ha Ha
1975 So Can I Ha Ha
1976 The Colours Ha Ha
1977 Tribute to the Teachers Ha Ha
1977 Jahan-nama Palace Ha Ha
1977 How to Make Use of Leisure Time Ha Ha
1978 Solution Ha Ha
1980 Driver Yoʻq Ha
1980 Orderly or Disorderly Ha Ha
1982 The Chorus Ha Ha
1995 Solution Ha Ha
1995 Abbas Kiarostami Ha Ha
1997 The Birth of Light Ha Ha
1999 Volte sempre, Abbas! Yoʻq Ha
2005 Roads of Kiarostami Ha Ha
2007 Is There a Place to Approach? Ha Ha
2013 The Girl in the Lemon Factory Yoʻq Ha
2014 Seagull Eggs Ha Ha
  1. دادخواهی بر سر میراث فرهنگی کیارستمی
  2. Panel of critics.. „The world's 40 best directors“. The Guardian (2003-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 23-fevral.
  3. Karen Simonian. „Abbas Kiarostami Films Featured at Wexner Center“. Wexner center for the art (2002). 2007-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-fevral.
  4. „2002 Ranking for Film Directors“. British Film Institute (2002). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-fevral.
  5. Stephen Holden. „Taste of Cherry“ (en). The New York Times. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  6. „Abbas Kiarostami: Biography“. Zeitgeist, the spirit of the time. 2007-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-fevral.
  7. Brody, Richard. „The Paradox at the Heart of Abbas Kiarostami's Early Films“ (2019-yil 26-iyul). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.