Abbos Ashrabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbos Ashrabov
Ashrabov Abbos Boboyevich
Tavalludi 2-oktyabr 1913-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Ashrabov Abbos Boboyevich (1913.2.10, Piskent) — qurilish sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Texnika fanlari doktori (1961), professor (1960). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1940), shu institutda ishlagan (1935-91), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Inshootlar instituti direk-tori (1958-63), Toshkent arxitektura va qurilish institutida professor (1992-96). Ilmiy ishlari qurilish materiallari-ga, binokorlik nazariyasi va amaliyotiga, zilzilabardosh binolar va inshootlarga doir. A. zilzilabardosh binolar yaratishga asos solganlardan biri. U Oʻrta Osi-yoda birinchi boʻlib beton va temir-beton buyumlarga yengil toʻldirgich — keramzit ishlatishni, qurilishni industrlashti-rish usullarini, tarixiy yodgorliklardan zamonaviy binolar qurilishida foy-dalanishni tavsiya etdi. A.ning beton va temir-beton sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Davlat standartlari meʼyorlari (normalari)ga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil