Abbey Crown

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abbey Crown (inglizcha: Abbey crown) — Shotlandiya qiroli Jeyms V davrida zarb qilingan 20 shillinglik oltinga teng boʻlgan tangadir. Bu tangalar Holyrood Abbey’da zarb qilib muomalaga chiqarilganligi uchun shu joy nomi bilan atalgan.Kelib chiqish joyiga koʻra, bu pul birligi oʻz nomini oldi[1].Shuning uchun ham chiqarilgan joy nomi bilan bilan atalgan.Bu tangalar oltindan boʻlib, u quyidagicha yillarda, yaʼni 1526-yildan 1539 yillargacha zarb qilingan va muomalaga kiritilgan.Bu tangalardan savdo-sotiqda keng foydalanilgan.Aholi orasida bu tangalar keng miqyosda foydalanilgan.Oʻn uch yil davomida Abbey toji tangalari Shotlandiyada qirolligida pul sifatida muomalada foydalanilgan.

Abbey toji 1526-yildan 1539-yilgacha zarb qilingan. Old tomonda sher tasvirlangan qalqon. Dumaloq lotin yozuvi „Yoqub V, Xudoning inoyati bilan Shotlandiya qiroli“[2] degan maʼnoni anglatadi. Orqa tomonda xoch tasvirlangan, uning burchaklarida Shotlandiya qushqoʻnmasining milliy ramzlari joylashgan.Shotlndiya qirolligida pul birligi sifatida muomalaga kiritilgan.

21 karatli oltinning bir untsiyasidan (875-sinov) 9 ta abbey tojlari zarb qilingan. Bu zarb qilinib muomalaga kiritilgan tangalar oltin oʻrnini egalladi. Abbey tojining tangalari oʻrnini, qisqa vaqtdan soʻng, oltin dukat tangalari bilan almashtirildi[3].Abbey toji tangalari qisqa vaqt muomalada boʻlgan boʻlsa-da,Shotlandiya qirolligi savdo-sotiq munosabatlarida shotland xalqiga bu tangalar katta xizmat qildi.Keyinchalik bu tangalar oʻrninini, oltin dukat tangalar zarb qilana boshlagandan keyin, dukat tangalar egalladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кривцов В. Д. „Аббатская крона“,. Аверс №7, 2005 — 8 bet. 
  2. „Coin (obverse), crown, from reign of James V“ (inglizcha). National Museums Scotland. 7-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2015-yil.
  3. Gemmill E., Mayhew N.. Changing values in medieval Scotland. New York: Cambridge University Press, 1995 — 135—136 bet. ISBN 0-521-02709-8.