Abat Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abat Aliyev (1930.25.10, Chimboy tumani) – Qoraqalpog‘iston xalq shoiri (1992). Nukus pedagogika institutini tamomlagan (1951). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1974–76), "Yerkin Qaraqalpaqstan" gazetada bo‘lim mudiri (1976–81), Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1991–92). Aliyev "Yoshlik kuchi" (1956), "Bizning ovul yigiti" (1961), "Haqiqat shajarasi" (1973), "Mening Guljamolim" (1974), "Umr tashvishlari" (1987), "Ko‘rmaganimiz ko‘p ekan" (1991), "Hayotning qizig‘i" (1993) kabi hikoya, povest va romanlar muallifi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil