Abas tumani astrofizika rasadxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abastumani astrofizika rasadxonasi – Gruziya Fanlar Akademiyasi astronomik ilmiy tadqiqot muassasasi; 1932 yilda Abastumani qishlog‘i yonida tashkil qilingan. 1937 yildan dengiz sathidan 1650 m balandlikdagi Kanobili tog‘ida ish olib boradi. Yulduzlarning spektral ko‘rsatkichlari, yulduzlararo muhitda yorug‘likning yutilishi, yulduzlarning Galaktikadagi harakati, Yerning yuqori atmosferasi o‘rganiladi. O‘zgaruvchan yulduzlar va Oy sathi elektrofotometriya qilingan; yulduzlar va boshqa osmon jismlarining rang ko‘rsatkichlari ro‘yxati tuzilgan, yangi kometalar, kichik sayyoralar, yangi yulduzlar, emission yulduzlar ochilgan. Asosiy asboblari: 70 sm li meniskli teleskop, 125 sm li reflektor, 40 sm li reflektor, Shmidt tizimidagi 36 sm li teleskop, elektrofotometr o‘rnatilgan 32 sm li reflektor, xromosfera teleskopi, 40 sm li qo‘shaloq astrograf va boshqa 1937 yildan "Byulleten" chop etadi. Osmonning 100 mingdan ortiq fotosurati saqlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil