Kontent qismiga oʻtish

Abakar Sylla

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abakar Sylla
Abakar Sylla „Strasbourg“ safida, 2024-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Loubadhe Abakar Sylla
Tavallud sanasi 25-dekabr 2002-yil (2002-12-25) (22 yosh)
Tavallud joyi Yamoussoukro, Kot-dʼIvuar
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Strasbourg
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2021 SO Armée
2021 Club NXT
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020–2023 Club Brugge 21 (0)
2023– Strasbourg 43 (3)
Milliy terma jamoa
2022– Kot-dʼIvuar 5
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 25-may uchun)

Loubadhe Abakar Sylla (2002-yil 25-dekabrda tugʻilgan) – Kot-dʼIvuarlik professional futbolchi, Ligue 1ning „Strasbourg“ klubi markaziy himoyachisi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sylla futbolchilik faoliyatini Kot-d’Ivuardagi „SO Armée“ jamoasida boshlagan.

2021-yil sentyabr oyida u Belgiyaning „Brugge“ zaxira jamoasi „Club NXT“ tarkibiga qoʻshilgan[1]. 2022-yil 22-may kuni Sylla asosiy jamoa safida debyut qilgan[2]. Jamoaning oʻz maydonida kechgan "R. S. C. Anderlecht klubiga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda futbolchi zaxiradan maydonga tushirilgan. 2022-yil 7-sentyabr kuni UEFA Chempionlar ligasidagi debyutida Sylla klub safidagi ilk golni kiritib, jamoasiga „Bayer Leverkusen“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonishga yordam bergan[3].

2023-yil 15-iyul kuni Sylla Ligue 1ning „Strasbourg“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[4]. Transfer summasi klub tarixidagi rekord miqdor boʻlib, 20 million funt sterling va qoʻshimcha 2 million bonusni tashkil etdi[5].

2025-yil 11-may holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Club Brugge 2021–2022 Belgian Pro League 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2022–2023 Belgian Pro League 20 0 1 0 6[izoh 1] 1 0 0 27 1
Umumiy 21 0 1 0 6 1 0 0 28 1
Strasbourg 2023–2024 Ligue 1 22 2 2 1 24 3
2024–2025 Ligue 1 21 1 3 0 24 1
Umumiy 43 3 5 1 48 4
Karyerasidagi umumiy 64 3 6 1 6 1 0 0 76 5
2023-yil 28-mart holatga koʻra
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Kot-dʼIvuar 2022 3 0
2023 2 0
Umumiy 5 0

Club Brugge

  • Belgiya Pro ligasi: 2021–2022
  1. „Club NXT versterkt zich met 'nieuwe Kossounou'“ (nl-BE). VoetbalPrimeur.be (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  2. „Club Brugge vs. Anderlecht - 22 May 2022 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2024-yil 18-iyun.
  3. „Teenager Sylla earns Club Brugge winning start in Group B“. Reuters.com.
  4. „Abakar Sylla joins Racing Club de Strasbourg Alsace!“. RC Strasbourg Alsace (2023-yil 15-iyul).
  5. „RC Strasbourg shatter club transfer record for Club Brugge KV defender Abakar Sylla“. 101 Great Goals (2023-yil 15-iyul).