Aaron Morris

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aaron Morris
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aaron John Morris[1]
Tavallud sanasi 30-dekabr 1989-yil (1989-12-30) (34 yosh)
Tavallud joyi Rumney, Cardiff,Uels
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2008 Cardiff City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 Cardiff City 1 (0)
2009—2010Newport County (ijara) 5 (0)
2010—2013 Aldershot Town 98 (2)
2014 AFC Wimbledon 17 (0)
2014—2018 Gillingham 58 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010

Uelsning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2017-yil 3-iyun uchun)

Aaron John Morris (talaffuzi: Aaron Jon Morris) (1989-yil 30-dekabrda tugʻilgan)—uelslik professional futbolchi. Aaron Morris oxirgi marta Birinchi Liga vakili „Gillingham“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cardiff City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aaron Morris Cardiffning Rumney shahrida tugʻilgan.

„Cardiff City“ futbol klubi safiga yosh oʻyinchi sifatida qoʻshilgan holda, Aaron Morris 2007-yil 23-yanvarda FAW Premer kubogi doirasida „Welspool Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) asosiy jamoada debyut qildi.

2008—2009-yilgi mavsum boshida Aaron Morris birinchi marta toʻliq birinchi jamoa tarkibida barcha oʻyinlarda ishtirok etdi. 2008-yilning avgust oyida Morris „Cardiff“ klubi oʻyinchisi Jonathan Brown bilan birga „Bournemout“ futbol klubiga ijaraga oʻtmoqchi edi. Har ikkala klub ham Morrisning Cardiffdagi akademiya futbolchisi boʻlganini va uni ijaraga olish huquqiga ega emasligini eʼtibordan chetda qoldirganidan keyin bu harakat amalga oshmadi[2]. 2008-yil 26-avgustda Morris „Cardiff“ klubining „Milton Keynes Dons“ klubi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan Liga kubogi doirasidagi bahsida Darcy Blake tizzasidan jarohati olganidan keyin zaxiradan maydonga tushirildi[3].

Aldershot Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aaron Morris „Cardiff“ futbol klubini tark etganidan soʻng, „Brighton & Hove Albion“ va „Exeter City“ futbol klubi jamoalarida sinovdan oʻtdi va 2010-yil 30-iyul kuni „Aldershot Town“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[4]. 2010-yil 18-sentabrda „Wycombe Wanderers“ futbol klubi bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng Morris oʻzining ilk start oʻyinida „Oʻyinning eng yaxshi odami“ deb topildi. „Aldershot“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Morris barcha musobaqalarda 25 ta oʻyinda maydonga tushdi[5]. Keyingi mavsumda Aaron Morris asosiy jamoa tarkibida doimiy maydonga tusha boshladi va barcha musobaqalarda 45 ta oʻyin oʻtkazdi[6]. Aaron Morrisning „Aldershot“ klubi safidagi uchinchi mavsumidan keyin uning „Aldershot“ klubi bilan shartnoma mudddati yakunlandi va u klubni tark etdi[7].

AFC Wimbledon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aaron Morris 2014-yilning 10-yanvarida „Wimbledon“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[8]. Transfer haqida klub murabbiyi Ardley „Agar Aaron jarohati boʻlmaganida men yozda shartnoma imzolagan boʻlardim. Aaron bir qancha pozitsiyalarda oʻynay oladi, lekin u mening nazarimda juda yaxshi markaziy himoyachi boʻla oladi“ dedi[9]. Keyinroq Morris oʻzining twitter sahifasida „Orqaga qaytsih qiyin boʻldi, lekin qaytganimdan va „AFC Wimbledon“ klubi bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman, ishonchim komilki, oldinda yaxshi narsalar boʻladi“ deb yozgan edi.

Gillingham[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013—2014-yilgi mavsumdan soʻng Aaron Morris „Gillingham“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. 2015—2016-yilgi mavsum yakunida Morris klub bilan yana ikki yillik uzytirilgan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Cardiff City 2008—2009[12] Chempionat 0 0 0 0 1 0 1 0
2009—2010[13] Chempionat 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 1 0 0 0 1 0 2 0
Newport County (ijara) 2009—2010[14] Shimoliy konferensiya 5 0 2 0 7 0
Aldershot Town 2010—2011[5] Ikkinchi liga 22 0 2 0 0 0 1 0 25 0
2011—2012[6] Ikkinchi liga 39 2 2 0 4 0 0 0 45 2
2012—2013[15] Ikkinchi liga 37 0 4 0 1 0 2 0 44 0
Jami 98 2 8 0 5 0 3 0 114 2
AFC Wimbledon 2013—2014[16] Ikkinchi liga 17 0 17 0
Gillingham 2014—2015[17] Birinchi liga 23 0 0 0 2 1 0 0 25 1
2015—2016[18] Birinchi liga 35 0 1 0 0 0 1 0 37 0
2016—2017[19] Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 58 0 1 0 2 1 1 0 62 1
Jami 179 2 9 0 8 1 6 0 202 3

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 295 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  2. „Cardiff link up hits buffers“. Vitalfootball.co.uk. 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2008-yil.
  3. „Cardiff 2–1 MK Dons“. BBC Sport (26-avgust 2008-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2008-yil.
  4. „Aldershot manager Dillon completes quadruple signing“. BBC Sport (30-iyul 2010-yil). Qaraldi: 30-iyul 2010-yil.
  5. 5,0 5,1 „Games played by Aaron Morris in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  6. 6,0 6,1 „Games played by Aaron Morris in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  7. „Transfer window: Aaron Morris joins AFC Wimbledon“. BBC Sport. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  8. „Dons swoop for defender“. AFC Wimbledon (10-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  9. „Transfer window: Aaron Morris joins AFC Wimbledon“. BBC Sport. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil. „Transfer window: Aaron Morris joins AFC Wimbledon“.
  10. „Gillingham sign Glenn Morris and Aaron Morris“. BBC (29-may 2014-yil). Qaraldi: 29-may 2014-yil.
  11. „Aaron Morris: Gillingham midfielder signs new contract“. BBC Sport. Qaraldi: 18-iyun 2016-yil.
  12. „Games played by Aaron Morris in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  13. „Games played by Aaron Morris in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  14. Non-League Club Directory 2011 Williams: . Tony Williams Publications, 2010 — 130–131 bet. ISBN 978-1-869833-68-8. 
  15. „Games played by Aaron Morris in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  16. „Games played by Aaron Morris in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-yanvar 2014-yil.
  17. „Games played by Aaron Morris in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-may 2015-yil.
  18. „Games played by Aaron Morris in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 6-iyun 2016-yil.
  19. „Games played by Aaron Morris in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 16-iyul 2017-yil.