A mari usque ad mare
A mari usque ad mare (lotinch: [aː ˈmariː ˈuːskᶣɛ ad ˈmarɛ]; fransuzcha: D'un océan à l'autre, fransuzcha talaffuzi: [dœ̃nɔseˈã aˈloʊ̯tʁ]; inglizcha: From sea to sea) Kanadaning milliy shiori. Bu ibora Injilning eski ahd qismi boʻlmish Zaburning 72:8 oyatlaridagi lotincha Vulgate tarjimasidan kelib chiqqan:
"Et dominabitur a mari usque ad mare, et a flumine usque ad terminos terrae"(Qirol Jeyms Injili: „U dengizdan dengizgacha va daryodan yer yuzining barcha hududigacha hukmronlik qiladi“)[1].
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanadani bu shiorga egalik qilishi uchun, iboraning birinchi qaydlardagi ishlatilishi, Sandford Flemingning kotibi va Flemingning vaʼzlarida bu iborani ishlatgan Presbyterian vaziri boʻlgan George Monro Grant tomonidan amalga oshirilgan. Uning nevarasi Michael Ignatieffning aytishicha, George Monro Grant bu iborani Kanadada Tinch okeani temir yoʻli qurilishi paytida davlat qurish harakatlari davomida qilgan nutqlarida ishlatgan[2]. Jumlada „hukmronlik“ soʻzining ishlatilishi yangi mamlakat uchun „Kanada hukmronligi“ nomining umumiy ishlatilishini aks ettirgan.
Shior birinchi marta 1906-yilda Saskachewan yangi qonunchilik assambleyasining asosiy ramzi sifatida rasman ishlatilgan[1]. Bu ibora 1921-yilda Kanada gerbi qayta ishlab chiqilganida, oʻsha paytdagi Davlat kotibi oʻrinbosari Jozeph Pope tomonidan milliy shior sifatida taklif qilingan[3]. Jozeph Pope gerbni qayta ishlab chiqish uchun federal hukumat tomonidan tayinlangan toʻrt kishilik qoʻmita aʼzolaridan biri edi (boshqa aʼzolar Tomas Mulvey, A.G. Doughty va general-mayor W.G. Gwatkin)[4]. Asl dizaynga hech qanday shior kiritilmagan. General-mayor W.G.Gwatkin shior sifatida „In memoriam in spem“ („Xotirada, umidda saqla“) shiorini taklif qildi, biroq Poeaning taklifi ko‘proq qo‘llab-quvvatlandi[1]. Xomaki loyiha 1921-yil 21-apreldagi Kengash qarori va 1921-yil 21-noyabrda qirol George V ning Qirollik deklaratsiyasi bilan rasman tasdiqlandi[5].
Kanada gerbining bir qismi sifatida shior turli davlat idoralari va vakillik organlari tomonidan vakolat belgisi sifatida ishlatiladi[6]. Shuningdek, u Kanada qogʻoz pul birligining barcha nominallarida va Kanada pasportlarining ustki muqovasidan joy olgan[7]. Bu shior barcha federal hukumat eʼlonlarida namoyish etiladi[8].
Taklif etilayotgan tuzatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil mart oyida Kanadaning uchta shtati bosh vazirlari Kanada hududining keng geografik tabiatini aks ettiruvchi shiorga oʻzgartirish kiritishni talab qildi[9], chunki Kanada Arktika, Atlantika va Tinch okeanlari suvlari yuvib turuvchi qirgʻoqlarga ega. Yangi shior uchun ikkita taklif berildi — A mari ad mare ad mare (dengizdan dengizgacha) va A mari usque ad maria (bir dengizdan boshqa dengizlarga qadar)[10][11]. Shiorning kengaytirilgan norasmiy versiyasi („dengizdan dengizgacha“) Kanada haqidagi nutqlar va yozuvlarda qoʻllanilinishi shimoliy Kanada hududida istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan inklyuzivlikni va Kanadaning siyosiy va iqtisodiy kelajagida Arktikaning ortib borayotganligining ahamiyatini ifodalaydi[8]. Canwest Global tomonidan oʻtkazilgan soʻrov shuni koʻrsatdiki, shiorni oʻzgartirish tarafdorlari soni jami ishtirokchilarning uchdan bir qismni tashkil etadi va bu shiorga oʻzgartirish kiritishni xohlamaydiganlar sonidan biroz ortiq, soʻralganlarning uchdan bir qismi neytral fikrda[8].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Iona Abbey — interyer, oʻyilgan yogʻochdan yasalgan yozuv detallaridagi shior
-
Qadimiy fransuz jangchilari tasviri tushirilgan rasmdagi shiorning qoʻllanishi
-
Kanadaning Laval universiteti binosidagi chizilgan suratlarda „A mari usque ad mare“ shiorining qoʻllanishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Lamb. „A Mari usque ad Mare“. The Canadian Encyclopedia. 2017-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-noyabr.
- ↑ Ignatieff, Michael. True Patriot Love. Penguin Canada, 2009. ISBN 0-670-06972-8.
- ↑ „Ceremonial and Canadian Symbols Promotion - The arms of Canada (page 2)“. Canadian Heritage (2008-yil 23-iyun). Qaraldi: 2008-yil 21-noyabr.
- ↑ „Canadian Heritage: The arms of Canada“. Canadian Heritage. 2009-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Canadian Heritage: First "Canadian flags"“. Canadian Heritage. 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Library of Parliament - Canadian Symbols at Parliament“. Parliament of Canada. 2007-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Passport Canada: Features of the Passport“. Passport Canada. 2009-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-oktyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Boswell, Randy. „Ignatieff supports changing Canada's two-ocean motto“. National Post (2009-yil 10-may). 2009-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-iyun.
- ↑ Andrew Chung. „TheStar.com | Ideas | Time to herald our northern coast?“. Thestar.com (2007-yil 28-oktyabr). 2008-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-noyabr.
- ↑ Deveau. „From sea to sea to sea“. Theglobeandmail.com (2006-yil 3-sentyabr). 2012-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-noyabr.
- ↑ „'To sea' or not 'to sea': that is the question“. CBC News (2006-yil 10-mart). Qaraldi: 2008-yil 21-noyabr.