Kontent qismiga oʻtish

A Silent Voice (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
A Silent Voice
yaponcha: 聲の形

Teatrda namoyish etilgan posteri
Rejissyor(lar) Naoko Yamada
Prodyuser(lar) Eharu Ōhashi, Shinichi Nakamura, Mikio Uetsuki, Toshio Iizuka, Kensuke Tateishi
Ssenariynavis(lar) Reiko Yoshida
Qaysi asarga
asoslangan
A Silent Voice – Yoshitoki Ōima
Rollarda Miyu Irino, Saori Hayami, Aoi Yūki, Kenshō Ono, Yūki Kaneko, Yui Ishikawa, Megumi Han, Toshiyuki Toyonaga, Mayu Matsuoka
Bastakor(lar) Kensuke Ushio
Kinematografiya Kazuya Takao
Muharrir(lar) Kengo Shigemura
Studiya(lar) Kyoto Animation
Distribyutor Shochiku
Chiqarilgan sanasi 17-sentyabr 2016-yil (Yaponiya)[1]
Davomiyligi 130 daqiqa[2]
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tillar Yaponcha, Yapon imo-ishora tili
Daromadi $30,8 million[3]

A Silent Voice (yaponcha: 聲の形, Koe no Katachi, soʻzma-soʻz maʼnosi – „Sassiz ovoz“) – 2016-yilda yaratilgan yapon animatsion drama film boʻlib[4], Yoshitoki Ōimaning xuddi shu nomdagi mangasi asosida suratga olingan.

Film Kyoto Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Rejissyor Naoko Yamada, ssenariyni Reiko Yoshida yozgan. Shuningdek, Futoshi Nishiya personajlar dizaynini yaratgan va Kensuke Ushio musiqasini bastalagan. Ushbu mangani animatsion filmga aylantirish rejasi 2014-yil noyabrida eʼlon qilingan[5]. 2015-yil noyabrida Kyoto Animation studiyasi filmni ishlab chiqarishi tasdiqlangan. Miyu Irino va Saori Hayami 2016-yil may oyida ovoz beruvchi aktyorlar tarkibiga qoʻshilgan. Filmning rasmiy afishasi va treyleri 2016-yil iyul oyida taqdim etilgan.

Film balogʻatga yetish va psixologik drama unsurlarini oʻz ichiga oladi. Unda zoʻravonlik, nogironlik, kechirimlilik, ruhiy salomatlik, oʻz joniga qasd qilish va qarama-qarshi jins vakillari oʻrtasidagi doʻstlik mavzulari koʻtarilgan. Syujet markazida ilgari boshqalarga ozor bergan, ammo hozirda jamiyatdan chetlashtirilgan yigit haqida hikoya qilinadi. U bir necha yil avval oʻzi kamsitgan kar qiz bilan aloqani tiklashga va doʻstlashishga qaror qiladi[6].

Filmning premyerasi 2016-yil 24-avgustda Tokioda boʻlib oʻtgan. U Yaponiyada 2016-yil 17-sentyabrda, xalqaro miqyosda esa 2017-yil fevral–iyun oylarida namoyishga chiqqan. Tanqidchilar filmni rejissyorlik mahorati, animatsiya sifati, ovozli ijro, musiqa hamda qahramonlarning psixologik murakkabligi uchun yuqori baholaganlar. Film dunyo boʻyicha 30,8 million AQSh dollari daromad keltirgan. A Silent Voice Yaponiyada Japanese Movie Critics Awards tomonidan Eng yaxshi animatsion film mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u Japan Academy Film Prizening „Yilning eng yaxshi animatsiyasi“ hamda Mainichi Film Awardsning „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyalariga nomzod boʻlgan, biroq ushbu toifalarda mos ravishda In This Corner of the World va Sening isming filmlari yutgan.

Shōya Ishida va uning sinfdoshlari yangi oʻquvchi – tugʻma kar boʻlgan Shōko Nishimiyani masxara qiladi va unga doimo bezorilik qiladi. Maktab direktori bu holatdan xabar topgach, Shōyaning doʻstlari barcha aybni faqat unga yuklaydi.

Shōko unga yordam bermoqchi boʻlganda, Shōya oʻz navbatida qizni ayblaydi va ular oʻrtasida janjal chiqib, jismoniy toʻqnashuv sodir boʻladi. Natijada Shōko boshqa maktabga oʻtkaziladi, Shōya esa uning kundaligini oʻzida olib qoladi.

Yuqori maktabda Shōya oʻzining ilgari bezori boʻlgani haqidagi yomon nomi tufayli tengdoshlaridan ajralib, yolgʻiz va tushkun hayot kechira boshlaydi. U asta-sekin oʻzini aybdor his qilib, faqat oʻz joniga qasd qilishgina aybini yuvadi, degan fikrga keladi. Ammo bunga qoʻl urishdan oldin, Shōya ilgari ozor bergan odamlardan uzr soʻrash va qilgan xatolarini tuzatishga qaror qiladi.

U imo-ishora markazida oʻqiyotgan Shōko Nishimiyani topib, uning daftarini qaytaradi va qiz hali ham tortinchoqligi sababli yolgʻiz yashayotganini tushunadi va u bilan yarashadi. Shuningdek, Shoya xuddi oʻzidek doʻstsiz boʻlgan sinfdoshi Tomohiro Nagatsuka bilan doʻstlashadi. Tomohiro Shoyani oʻzini bezorilardan qutqargani uchun minnatdorlik bildiradi.

Yil Mukofot Toifa Asar / gʻolib Natija Manba
2016 Yapon kino tanqidchilari mukofotlari Eng yaxshi animatsion badiiy film A Silent Voice Gʻolib [7]
2017 Yaponiya kino akademiyasi mukofoti Yilning aʼlo darajadagi animatsion filmi Gʻolib [8]
Yilning eng yaxshi animatsion filmi Nominatsiya
Mainichi kinomukofotlari Eng yaxshi animatsion film Nominatsiya [9]
ComicBook.com „Golden Issue“ mukofotlari Eng yaxshi anime filmi Nominatsiya [10]
Newtype anime mukofotlari Eng yaxshi anime filmi 2-oʻrin [11]
Tokyo Anime Award festivali Yilning anime filmi (toʻliq metrajli) Gʻolib [12]
Eng yaxshi ssenariy/asl hikoya Reyko Yoshida Gʻolib [12][13]
Yaponiya media san’atlari festivali Animatsiya yoʻnalishi – Aʼlo darajadagi mukofot A Silent Voice Gʻolib [14]
Annecy xalqaro animatsion film festivali Toʻliq metrajli film Nominatsiya [15][16]
Osiyo-Tinch okeani ekran mukofotlari Eng yaxshi animatsion badiiy film Nominatsiya [17]
Sitges kinofestivali Toʻliq metrajli film Nominatsiya [18]
Anim’est xalqaro animatsion film festivali Toʻliq metrajli film Nominatsiya [19]
Camera Japan festivali Gʻolib [20]
2018 Crunchyroll anime mukofotlari Eng yaxshi film Nominatsiya [21]
Eng yaxshi animatsiya Nominatsiya
Monstra Lissabon animatsion film festivali Toʻliq metrajli film Nominatsiya [22]
  1. „A SILENT VOICE“. British Board of Film Classification (2017-yil 8-fevral). 2019-yil 30-oktabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
  2. Green, Scott „"A Silent Voice" Anime Movie Listed For Over Two Hours“. Crunchyroll (2016-yil 7-avgust). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-avgust.
  3. „A Silent Voice“. Box Office Mojo. 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  4. „A Silent Voice“. British Board of Film Classification. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  5. „映画「聲の形」(2016)“ (ja). allcinema. Stingray. 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  6. Film, Into „A Silent Voice“ (en). www.intofilm.org. 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  7. „?26?????“ (ja). Japan Movie Critics Awards. 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  8. „日本アカデミー賞公式サイト“ (ja). Japan Academy Prize (2017-yil 16-yanvar). 2018-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.
  9. „第71回毎日映画コンクール:心に迫る一本 日本映画大賞・日本映画優秀賞候補作 - 毎日新聞“ (ja). Mainichi Newspaper (2016-yil 16-dekabr). 2018-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  10. Megan Peters „The 2017 ComicBook.com Golden Issue Awards Nominations for Anime“. Comicbook.com (2017-yil 22-dekabr). 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  11. Egan Loo „Fate/Apocrypha, Sword Art Online Movie Win Top Newtype Anime Awards“. Anime News Network (2017-yil 7-oktyabr). 2017-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  12. 12,0 12,1 „東京アニメアワードフェスティバル2017“ (ja). Tokyo Anime Award Festival (2017-yil 22-fevral). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  13. Lisa Dietrich. „Man braucht mehr solcher Filme“ (de). Leipzig lauscht (2018-yil 17-mart). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
  14. „The 20th Japan Media Arts Festival Award-winning Works“. Japan Media Arts Festival. 2018-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
  15. „A Silent Voice Animated Movie in Competition at Annecy“. Anime News Network. 2017-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-iyun.
  16. Amid Amidi „Annecy Unveils Full Lineup Of 23 Animated Features“. Cartoon Brew (2017-yil 27-aprel). 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  17. Jackie Keast „'Sweet Country' earns three Asia Pacific Screen Awards nominations“. if.com.au (2017-yil 13-oktyabr). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  18. „50 International Film Festival of Catalonia- Sitges 2017“. Filmaffinity.com. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  19. „Feature Film 2017“. Anim'est International Animation Film Festival. 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  20. Ard Vijn „Have Your Say: The Future Of Anime Is Bright“. Screenanarchy (2017-yil 5-dekabr). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.
  21. Sebastian Wienecke „Crunchyroll Anime Awards 2018 – Das sind die Gewinner“ (de). Moviepilot.de (2018-yil 28-fevral). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
  22. Mercedes Milligan „MONSTRA Fest Grows Up with 18th Edition“. Animation Magazine (2018-yil 5-mart). 2018-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-iyul.