AQSh — Janubiy Koreya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AQSh — Janubiy Koreya munosabatlari

AQSh

Janubiy Koreya

AQSh — Janubiy Koreya munosabatlari Qo'shma Shtatlar va Koreya Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1882-yilda Qo'shma Shtatlar va Choson sulolasi Tinchlik, Do'stlik, Savdo va Navigatsiya shartnomasi bilan diplomatik munosabatlar o'rnatdi va birinchi Amerika diplomatik elchisi 1883-yilda Koreyaga keldi. 1910-yilda Koreyada yaponlarning 35 yillik mustamlakachilik davri boshlandi. 1945-yilda Ikkinchi jahon urushi oxirida Yaponiya taslim boʻlganidan keyin Koreya yarim oroli 38-parallel boʻylab ikki ishgʻol zonasiga boʻlingan. Amerika Qo'shma Shtatlari mamlakat janubini, Sovet Ittifoqi esa shimolni egallab oldi. 1948-yilda sobiq birlashgan Koreya hududida ikki davlat — janubda Koreya Respublikasi va shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tashkil etildi. 1950-yil 25-iyunda Shimoliy Koreya qo'shinlari Janubiy Koreyaga bostirib kirdilar. Amerika Qo'shma Shtatlari boshchiligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16 davlatidan iborat koalitsiya Janubiy Koreyani himoya qilishni o'z zimmasiga oldi. Buning ortidan Xitoyning Shimoliy Koreya tomonida urushga kirishi, mojaroning uzoq davom etishiga sabab bo'ldi. 1953-yil 27-iyulda harbiy harakatlarning faol bosqichi tugadi, tinchlik shartnomasi imzolanmadi. Shimoliy va Janubiy Koreya urush tugaganidan beri murakkab munosabatlarga ega. Ikki davlatni qurolsizlantirilgan zona ajratib turadi.

Urushdan keyingi o‘n yilliklar davomida Janubiy Koreya avtoritar rahbarlik ostida qator siyosiy to‘ntarishlarni boshdan kechirdi, biroq fuqarolik jamiyatining sa’y-harakatlari va noroziliklari tufayli mamlakat demokratik boshqaruv yo‘liga o‘tdi. 1980-yillarda liberal-demokratik harakat kuchaydi va Janubiy Koreyada demokratiyaga oʻtish boshlandi.

AQSh va Janubiy Koreya umumiy qadriyatlar va manfaatlarga asoslangan uzoq yillik do'stlik va hamkorlik tarixiga ega. Ikki davlat mintaqaviy va global xavf-xatarlarga qarshi kurashish, iqtisodiyotni mustahkamlash yo‘lida hamkorlik qilmoqda. Amerika Qo'shma Shtatlari Janubiy Koreyada AQSh va Janubiy Koreya o'zaro mudofaa shartnomasi bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish uchun harbiy bazalarini saqlaydi (ya'ni AQSh Janubiy Koreyani tashqi tajovuzdan himoya qilishda yordam beradi). AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning yadroviy muammosi va Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo'yicha sa'y-harakatlar olib bormoqda.

Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

So'nggi bir necha o'n yilliklar ichida Janubiy Koreya sezilarli darajada yuqori iqtisodiy o'sishga erishdi va hozirda AQShning yettinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. Mamlakatlar o‘rtasida sanoat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xizmatlar va texnologiyalar yetkazib berish bo‘yicha aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. 2012-yil 15-mart kuni Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi, bu mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo aloqalari chuqurligini ta’kidlaydi.

2018-yil 11-maydan 12-maygacha Amerika Qo'shma Shtatlari va Koreya Respublikasi qurolli kuchlari o'rtasida havo kuchlarining Maks Thunder qo'shma manevrlari o'tkazildi[1].

AQSH va Koreya Respublikasining Key Resolv va Foal Eagle qoʻshma harbiy mashgʻulotlari 2018-yil 1-apreldan o'tkazilmoqda[2].

2019-yil 9-may Seulda AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiyaning yuqori martabali harbiy amaldorlari uchun uch tomonlama muzokaralar rejalashtirildi. Uchrashuv ishtirokchilari xavfsizlik masalalari, xususan, KXDRdagi vaziyat munosabati bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi[3].

2020-yilda Qo'shma Shtatlar va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya yo'nalishidagi diplomatik sa'y-harakatlarni hisobga olgan holda qo'shma harbiy manevrlar o'tkazishda davom etadi[4].

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chung Ui Yong 2021-yil 10-fevral AQSH-Janubiy Koreya ittifoqini yanada mustahkam, oʻzaro manfaatli va keng qamrovli tarzda rivojlantirish zarurligini eʼlon qildi.

Kosmosdagi hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In AQSh bilan hamkorlikda koinotni o‘rganish dasturi doirasida kosmik raketalarni yaratishni jadallashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

2021-yil 29-avgust Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general-leytenant Pak In Xo va AQSh kosmik operatsiyalari qo‘mondoni Jon Reymond kosmik xavfsizlik bo‘yicha yagona maslahat markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Harbiy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 31-oktabrdan 4-noyabrgacha AQSh va Koreya Respublikasi keng ko‘lamli havo mashqlarini boshlashini e'lon qildi. Mashg‘ulotlarda Koreya Respublikasi Harbiy havo kuchlaridan 140 ga yaqin samolyot, jumladan F-35A, F-15 va KF-16 qiruvchi samolyotlari, AQShning Yaponiyadagi bazasidan 100 ta samolyot, shu jumladan Amerika harbiylarining F-35B qiruvchi samolyotlari ishtirok etadi.

AQSh va Koreya Respublikasi 2022-yil 7-8-oktyabr KXDRning raketa-yadroviy dasturiga qarshi turish maqsadida Yaponiya dengizida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining “Ronald Reygan” atom aviatashuvchisi ishtirokida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlari o‘tkazildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]