Kontent qismiga oʻtish

ADRA (Adventist Development and Relief Agency)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ADRA - (Adventist Development and Relief Agency - Adventistlarning beg‘araz yordam va taraqqiyot agentligi)- 1956 yilda missionerlik harakatlarini rivojlantirish maqsadida tuzilgan. Agentlik o‘zining 125 mintaqaviy bo‘limlari orqali dunyoning turli nuqtalarida bepul tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ushbu agentlikning MDH bo‘yicha mintaqaviy markazi 1992-yili Moskva shahrida ochilgan bo‘lsa, 1998-yildan Qozog'istonda uning vakolatxonasi ish olib bormoqda. Agentlik tomonidan 2006-yilda Tojikistonda bepul tikish-bichish kurslari ochilib, 2008-yilning oktyabrida kurs bitiruvchilari va boshqa uy bekalariga bepul tikuv mashinalari tarqatilgan. 2008-yilda ushbu agentlik Qirg'izistonga virusli geppatitga qarshi 9,6 million AQSH dollari qiymatiga teng vaksinalar yetkazib bergan. Janubiy Osetiyada ham mazkur agentlik bir necha xayriya tadbirlarini amalga oshirgan. Shunisi alohida e’tiborga molikki, agentlik Markaziy Osiyodagi barcha xayriya tadbirlarini AQSH hukumati nomidan amalga oshirib kelmoqda. Agentlik tomonidan olib borilayotgan harakatlarda ba’zan ochiqdan-ochiq, aksariyat hollarda zimdan xristianlikning targ‘ib qilinishi uning yordamlari aslo beg‘araz emasligini ko‘rsatadi[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 21.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.