ABB
![]() | |
Turi | Ommabop kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | ISIC |
Birja listingi | SSE3966|ABB, ABBN |
Qachon asos solingan | 1988 |
Joylashuvi |
![]() ![]() |
Direktori | Björn Rosengren |
Budjeti |
![]() |
Operatsion foydasi | ▼ $4,130 mlrd (2017) |
Kapitallashtirish |
![]() |
Sof foydasi |
![]() |
Ishchilar soni | 147 000 (2017)[2] |
Vebsayti | www.abb.com |
ABB (Asea Brown Boveri) — 1988-yilda Shvetsiyaning ASEA va Shveysariyaning Brown, Boveri & Cie kompaniyalarining birlashishi natijasida yaratilgan elektrotexnika va energetikaga ixtisoslashgan shved-shveysar transmilliy kompaniyasi. Bosh qarorgohi Westeros va Tsyurixda, ishlab chiqarish korxonalari esa Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, AQSh, Portugaliya, Braziliya, Finlandiya, Estoniya va boshqa bir qator mamlakatlarda joylashgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Faoliyatining birinchi yilidayoq korporatsiya 40 ta kompaniyani, jumladan, Westinghouse Electric korporatsiyaning energiya uzatish va tarqatish biznesini sotib oldi. Noorganik oʻsish strategiyasi 1990-yillargacha davom etdi, eng yirik xarid — Gollandiyadagi sanoatni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqaruvchisi — Elsag Bailey Process Automation boʻldi(1998).
1999-yilda ABB yadroviy biznesni sotdi.2001-yildan beri kompaniya aksiyalari bilan Nyu-York fond birjasida savdo qilinadi.2011-yilda axborot markazlari uchun uzluksiz quvvat manbalari ishlab chiqaruvchi „Newave“; 2013-yilda — quyosh fotovoltaiklari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi — „Power-One“ sotib olindi[3].2017-yilda GE Industrial Solutions boʻlimi (GE Power) General Electric kompaniyasidan sotib olindi[4].2018-yilda elektr tarmoqlari biznesini avtomatlashtirish boʻlimi Hitachi kompaniyasiga sotildi[5].
2020-yil holatiga koʻra, asosiy boʻlinmalar:
- elektr motorlar va robototexnika (jumladan, generatorlar, elektr drayvlar, mexanik transmissiyalar, tortish konvertorlari, shamol turbinalari uchun konvertorlar ishlab chiqaradi);
- sanoatni avtomatlashtirish (boshqaruv tizimlari, nazorat-oʻlchash va analitik uskunalar, kemalar uchun tizimlar, shaxtada koʻtaruvchi mashinalar, turbokompressorlar);
- elektrotexnika (jumladan, elektr transport vositalarini zaryadlash tizimlari, quyosh invertorlari, modulli podstansiyalar, elektr simli tovarlar, kabellar, oʻlchash vositalari va datchiklar, balastlar).
Boshqaruvchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil fevral oyidan beri bosh direktor — Björn Rosengren, sobiq direktorlar:
2019-yil aprel — 2020-yil fevral: Piter Foser
2013-yil sentabr — 2019-yil aprel: Ulrich Spieshofer
2008-yil sentabr — 2013-yil sentabr: Jozef Xogan
2008-yil fevral — 2008-yil sentabr: Mishel Desmarets — vaqtincha
2005-yil yanvar — 2008-yil fevral: Fred Kindle
2002-yil sentabr — 2004-yil dekabr: Yurgen Dorman
2001-yil yanvar — 2002-yil sentabr: Jorgen Centerman
1997-yil yanvar — 2000-yil dekabr: Goran Lindal
1987-1996: Persi Barnevik
Direktorlar kengashi raisi[6] — Hubertus fon Grünberg; direktorlar kengashining sobiq raislari:
- Yurgen Dorman
- Piter Sazerlend
- Donald Ramsfeld (1990-2001)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Facts and figures“ (deadlink). 18-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2018-yil.
- ↑ „АББ в России. Отчёты“ (deadlink). 12-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-avgust 2012-yil.
- ↑ „ABB completes acquisition of Power-One“. 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
- ↑ „ABB buys GE business for $2.6 billion in bet it can boost margins“. Reuters (25-sentyabr 2017-yil). 28-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2018-yil.
- ↑ „Hitachi поглощает электросетевой бизнес шведско-швейцарской ABB“ (ru). Росбалт. 27-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
- ↑ „ABB Совет директоров“ (deadlink). Abb.com (1-fevral 2010-yil). 15-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2010-yil.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ABB (2005): The Dormann Letters, Jürgen Dormann/ABB Group, Zurich
- Bélanger, Jacques et al. (2001): Being local worldwide: ABB and the challenge of global management, Cornell University Press, New York. ISBN 0-8014-3650-8
- Kevin Barham, Claudia Heimer (1998): ABB: the dancing giant — creating the globally connected corporation. Financial Times, London. ISBN 0-273-62861-5