Gʻani Aʼzamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(A'zamov G'anidan yoʻnaltirildi)
Gʻani Aʼzamov
Tavalludi 7-yanvar 1909-yil
Vafoti 2001-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Filmlari Maftuningman
Janr komediya
Faoliyat yillari 19531991

Gʻani Aʼzamov (1909-yil 7-yanvar, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 2001, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek-sovet teatr va kino aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1961). Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyorlik faoliyatini 1930-yil Hamza teatrida boshlagan. „Halima“ musiqali dramasidagi Rahim yamoqchi uning birinchi roli. Uygʻunning „Qaltis hazil“ komediyasidagi Mamarasul sahnadagi ilk yutugʻidir. U yuzga yaqin mukammal obrazlar yarat-gan. Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Munajjim („Alisher Navoiy“), Arslonsher („Chin muhabbat“), Soqi sum-bat („Togʻa-jiyanlar“), Qambar („Qutlugʻ qon“), Yusuf („Soʻnggi nusxalar“), Omo-nyor („Qonli sarob“), Bobchinskiy („Revizor“), Launs („Veronalik ikki yigit“) va boshqa shular jumlasidan. A. hajviy, dramatik, lirik rollarni bir xil mahorat bilan oʻynaydi. U qanday rol oʻynamasin, oʻzining hajvkorlik isteʼdodini, oʻtkir kiioyasini ishga so-ladi, ushoqrollarni ham hayotiy tafsi-lot bilan boyitib esda qoldiradi. „Romeo va Juletta“, „Gang daryosining qizi“ spektakllaridagi Petr va Nabikori rollarida bir soʻz demasada, oʻz shaxsiya-tidan mahrum, mudroq bosgan, nimjon, irodasiz kishilar qiyofasini gavdalan-tirdi. U yaratgan Moʻmin („Oltin devor“), Almandar („Almandar“) obrazlari aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi. Us t a Moʻminda aktyor kulgi talqinini oʻrni-oʻrnida fojiaga yaqinlashtirdi. S. Ahmadning unga atab yozgan „Kuyov“ komediyasida A. gavdalantirgan Gʻani timsolida yolgʻizlik fojiasi yoritildi. Filmlardagi asosiy rollari: Sarta-rosh („Maftuningman“), Qambar choʻloq („Qutlugʻ qon“), Domla imom („Boy ila xizmatchi“), Qora shoh („Ikki dil dosto-ni“), Xolmat („Suyunchi“), Serhunar choy-xonachi („Temir xotin“) va boshqa „Nashtar“ satirik kinojurnalining eng faol ishtirokchilaridan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati. F. Aʼzamov Moʻmin rolida (E. Vohidov, „Oltin devor“)[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]