Kontent qismiga oʻtish

5 Centimeters per Second

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Har soniyada 5 santimetr
秒速5センチメートル (Byōsoku Go Senchimētoru)

Kinoteatr uchun chiqarilgan plakat
Rejissyor(lar) Makoto Sinkay
Prodyuser(lar) Makoto Sinkay
Ssenariynavis(lar) Makoto Sinkay
Bastakor(lar) Tenmon
Studiya(lar) CoMix Wave Films
Chiqarilgan sanasi 3-mart 2007-yil
Davomiyligi 63 daqiqa
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til yapon tili

5 Centimeters per Second (yaponcha: 秒速5センチメートル, Byōsoku Go Senchimētoru; tarjimasi: „Sekundiga 5 santimetr“) – 2007-yilda yaratilgan yapon animatsion romantik drama filmi boʻlib, uni Makoto Shinkai yozgan va rejissyorlik qilgan. Film uch qismdan iborat triptix shaklida yaratilgan boʻlib, har bir qism bosh qahramon Takaki Tōno hayotining turli davrlarini hamda uning atrofidagi qizlar bilan boʻlgan munosabatlarini tasvirlaydi. Asar Yaponiyada 2007-yil 3-mart kuni ilk bor namoyish etilgan.

Film 2007-yilgi Asia Pacific Screen Awards mukofotida “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Shu yili, noyabr oyida film asosida romanlashtirilgan asar nashr etilgan, 2010-yilda esa Seike Yukiko tomonidan chizilgan manga chop etilgan.

Iwafune stantsiyasidagi xona

Voqealar Yaponiyada kechadi va 1990-yillarning boshidan 2008-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Har bir qism bosh qahramon Takaki Tōno hayotining ma’lum bir bosqichiga bag‘ishlangan[1].

1-qism: Cherry blossom

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda Takaki Tōno Tokiodagi boshlang‘ich maktabga o‘tganidan bir yil o‘tib, sinfiga yangi o‘quvchi — Akari Shinohara keladi. Ular tezda do‘stlashib ketishadi, chunki ikkisini ham o‘xshash tomonlari ko’p bo’ladi. Ikkovi ham kitob o‘qishni yoqtiradi va mavsumiy allergiya sababli tanaffus payti ko‘proq ichkarida qolishni afzal ko‘radi.

Vaqt o‘tishi bilan Takaki va Akari bir-birini yapon madaniyatida yaqinlikni bildiruvchi tarzda — ism bilan, hurmat qo‘shimchasiz chaqira boshlaydilar, bu esa ularning iliq va samimiy munosabatini ifodalaydi.

Boshlang‘ich maktabni 1994-yilda tugatgach, Akari ota-onasining ish joyi o‘zgargani sababli Tochigi prefekturasiga ko‘chib ketadi. U va Takaki bir-biriga xat yozib turadi, biroq vaqt o‘tishi bilan ularning orasidagi masofa nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham sezila boshlaydi.

1995-yilda Takaki oilasi bilan mamlakatning narigi chekkasida joylashgan Kagoshima shahriga ko‘chib o‘tishi kerakligini bilib qoladi. Shundan so‘ng u Akarini so‘nggi marta ko‘rish uchun yo‘lga chiqadi, chunki bu ularning oxirgi uchrashuvi bo‘lishini his qiladi. Yo‘lga chiqishdan avval Takaki o‘z tuyg‘ularini bildirish uchun Akariga maktub yozadi. Biroq kuchli qor bo‘roni tufayli poyezd bir necha soat kechikadi va Takaki maktubni yo‘qotib qo‘yadi. Kechasi ular nihoyat uchrashishadi.

Ertasi kuni ertalab Takaki stansiyadan poyezdga chiqadi. Ular bir-birlariga yozishishni davom ettirishga va’da berishadi. Poyezd asta uzoqlashar ekan, Takaki yo‘qotgan maktubi endi ahamiyatini yo‘qotganini his qiladi. Shu paytda Akari esa jim holda o‘z qo‘lida ushlab turgan, ammo berishga jur’at etmagan Takakiga atalgan maktubga qarab turadi.

2-qism: Cosmonaut

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda Takaki Tanegashima orolida joylashgan o‘rta maktabning uchinchi bosqichida o‘qimoqda. Bu orolda mashhur Tanegashima Space Center — Yaponiyaning kosmik tadqiqot markazi joylashgan. Takakining sinfdoshi Kanae Sumida o‘rta maktabda ilk marta uchrashgan paytdan boshlab uni sevib qolgan, biroq his-tuyg‘ularini bildirishga hech qachon jur’at topolmagan.

Kanae har kuni darslardan keyin uzoq vaqt kutib, Takaki bilan birga uyga qaytish uchun bahona izlaydi. Ammo Takaki uning hissiyotlaridan bexabar, u Kanaeni faqat yaxshi do‘st sifatida ko‘radi. Kanae Takakining doimo kimgadir elektron xatlar yozishini, go‘yo biror narsani izlayotgandek uzoqqa termulib qarashini sezadi. Keyinchalik Takaki bu xatlarni hech kimga yubormasligi, yozib tugatgach ularni o‘chirib tashlashi ma’lum bo‘ladi. U hali ham Akarini tushlarida ko‘radi.

Bir kuni, Kanae Takakiga sevgisini aytishga qaror qiladi. Ular shu paytda osmonga uchayotgan kosmik zondni kuzatishadi. U Quyosh tizimini o‘rganish uchun yo‘lga chiqqan, ammo cheksiz kosmosda asta yo‘qolib, Yerga tobora kamroq signal yuboradigan apparat edi.

3-qism: 5 Centimeters per Second

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikoya 2008-yilda davom etadi. Takaki endi Tokioda dasturchi sifatida ishlaydi, Akari esa boshqasiga turmushga chiqishga hozirlanmoqda. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa ham, Takaki hanuz Akarini sog‘inadi.

Bu orada Akari eski buyumlari saqlangan qutini ochadi va 1995-yilda, o‘sha qorli tun arafasida, Takaki uchun yozgan, ammo hech qachon bermagan maktubini topib oladi. Takaki esa bir do‘konda 10 yil avval uchirilgan kosmik zond haqida maqola o‘qib o‘tirgan bo‘ladi. U endi cheksiz kosmosda asta-sekin Yer bilan aloqasini yo‘qotayotgan apparat edi.

  1. „A Test of Love: 5 Centimeters Per Second“. Japan Info. Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.