Dimetilamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(2nhdan yoʻnaltirildi)

Dimetilamin, (CH3)2NH - alifatik qatorning ikkilamchi amini. Qoʻlansa hidli rangsiz gaz; sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi; suyuqlanish temperaturasi — 92,2°, qaynash temperaturasi 6,9°. Suvda va organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan kristall tuzlar hosil qiladi, atsillanadi, alkillanadi va h. k. D. oqsil moddalar chiriganda hosil boʻladi; sanoatda metil spirt bilan ammiakdan, shuningdek, formaldegid bilan ammoniy xloriddan olinadi. Organik sintezda shifobaxsh dorilar (dikain, aminazin va b.,), raketa yoqilgʻisi (diametilgidrazin) va h. k. tayyorlashda qoʻllaniladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil