Kontent qismiga oʻtish

2028-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
XVIII Paralimpiada oʻyinlari
Mezbon shahar Los-Anjeles, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Atletlar 4,400 (kutilayotgan sportchilar soni)
Musobaqalar 23 ta sport turi boʻyicha 560 ta yoʻnalish[1]
Ochilish 2028-yil 15-avgust (23 oydan keyin)
Yopilish 2028-yil 27-avgust (23 oydan keyin)
Marosimini ochib beruvchi
Prezident Donald Trump (kutilmoqda)
Yopib beruvchi
Stadion SoFi Stadium (Ochilish marosimi)
Los Angeles Memorial Coliseum (Yopilish marosimi)[2]
Winter

2028-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari, shuningdek, 18-Yozgi Paralimpiada oʻyinlari nomi bilan ham mashhur, Los-Anjeles 2028 yoki LA28 nomi ostida tashkil etiladigan xalqaro darajadagi koʻp tarmoqli parasport musobaqasi. Ushbu musobaqa Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. 2028-yilning 15-avgust sanasidan 27-avgustiga qadar AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Los-Anjeles shahrida Paralimpiya oʻyinlari ilk marotaba oʻtkaziladi va bu tarixda muhim voqeaga aylanadi. 1996-yilda Jorjiya shtatining Atlanta shahrida oʻtkazilgan Yozgi Olimpiada oʻyinlardan soʻng ushbu Paralimpiada oʻyinlari AQShda boʻlib oʻtadigan ilk Yozgi oʻyinlar hisoblanadi. Shuningdek, AQSh umumiy hisobda 3-bor ushbu oʻyinlariga mezbonlik qiladi.

Oʻyinlarda paraalpinizm ilk bor rasmiy sport turi sifatida musobaqa jadvaliga kiritilgan.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) va Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) oʻrtasida 2001-yilda tuzilgan rasmiy kelishuvga muvofiq Yozgi Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritgan shahar shu bilan birga Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga ham mezbonlik qiladi[3].

2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari va 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun kechgan tanlov jarayonida bir qator shaharlar oʻz nomzodlarini qaytarib olganidan soʻng yuzaga kelgan xavotirlar sababli 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun nomzod boʻlgan so'nggi ikki shahar, yaʼni Los-Anjeles va Parij shaharlari orasida 2024 va 2028-yilgi oʻyinlarga mezbonlik qilish huquqini bir vaqtning oʻzida taqsimlash taklifi ilgari surildi. Bu taklif 2017-yil 11-iyulda Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullandi[4]. Parij 2024-yilgi oʻyinlar uchun asosiy nomzod sifatida koʻrilgan edi. 2017-yil 31-iyul kuni XOQ Los-Anjelesni 2028-yilgi oʻyinlarning yagona nomzodi sifatida eʼlon qildi, bu esa Parijning 2024-yilgi oʻyinlarga mezbonlik qilish huquqinining tasdiqlanishiga yoʻl ochdi. Har ikkala qaror ham 2017-yil 13-sentyabrda boʻlib oʻtgan 131-sessiyada rasman tasdiqlandi[5].

Tashkiliy ishlar va tayyorgarlik jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport inshootlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paralimpiya oʻyinlari uchun moʻljallangan sport inshootlari rejasi 2025-yil 3-iyun kuni eʼlon qilindi[6]. Bu rejada, asosan, Olimpiya oʻyinlari uchun belgilangan inshootlardan foydalanish koʻzda tutilgan. Ochilish marosimi SoFi stadionida (musobaqalar davomida „2028 Stadion“ deb ataladi), yopilish marosimi esa Los-Anjeles Memorial Coliseumda boʻlib oʻtadi[7][8].

Olimpiadaning suzish boʻyicha musobaqalari SoFi stadionida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, Paralimpiya oʻyinlaridagi suzish bahslari Long Beach Koʻrgazma va koʻngilochar markazi hududida quriladigan vaqtinchalik stadionda boʻlib oʻtadi. Ushbu qarorning sababi sifatida stadionning Amerika Futboli Milliy Ligasi (NFL) jamoalari tomonidan band boʻlishi koʻrsatilmoqda. Baʼzi Paralimpiya sportchilari bu qarordan norozi boʻlishgan, chunki bu holat Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻrtasida tengsizlik holatini yuzaga keltirayotganini taʼkidlaganlar[9].

Paralimpiya oʻyinlari tarkibiga kiritilishi uchun rekord darajada yaʼni 33 ta sport turi boʻyicha arizalar topshirildi. Ular orasida serebral falajga chalingan sportchilar uchun moʻljallangan 7 kishilik futbol (CP futbol) hamda yelkanli kema sportini dasturga qaytarish boʻyicha arizalar, shuningdek, yangi sport turlari boʻyicha ham takliflar ham mavjud edi. Ularga armrestling, sohil paravoleyboli, paraalpinizm, para raqs sporti, golf, karate, elektr nogironlar aravachasida oʻynaladigan futbol, syorfing va nogironlar aravachasida oʻynaladigan gandbol turlari bor[10].

2023-yil yanvar oyida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi boshqaruv kengashi yigʻilishida dastlabki 22 ta sport turi tasdiqlandi. Bu roʻyxat 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari dasturidan farq qilmaydi. XPQ yangi sport turlari sifatida paraalpinizm va parasyorfing sport turlarini LA28 tashkiliy qoʻmitasi tomonidan dasturga kiritish boʻyicha koʻrib chiqish uchun saralab oldi[11]. 2024-yil iyun oyida LA28 qoʻmitasi XPQga paraalpinizm sport turini Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritishni taklif qildi va bu taklif 2024-yil 26-iyunda rasman tasdiqlanishi rejalashtirilgan edi[12][13].

2025-yil iyun oyida Xalqaro Paralimpiya Qoʻmitasi va LA28 tashkiliy qoʻmitasi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari tarkibidan oʻrin olgan medallar uchun kechuvchi musobaqalar sonini eʼlon qildi, ular jami 560 tani tashkil qilib, bu koʻrsatkich 2024-yildagidan 11 taga koʻpdir. Dastlabki sport dasturi bilan solishtirilganda, ayrim musobaqalar qayta taqsimlandi va yangilari qoʻshildi, natijada umumiy son yuqori boʻldi. Erkaklar oʻrtasidagi musobaqalar soni 4 taga kamaygan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi oʻyinlar 12 taga, aralash/ochiq yoʻnalishlar 3 taga koʻpaydi. Muhim oʻzgarishlardan biri esa paraalpinizm sport turining joriy etilishi boʻlib, ushbu tur boʻyicha musobaqalar jami 8 ta (4 ta erkaklar va 4 ta ayollar oʻrtasida) oʻyinlarni oʻz ichiga oladi. Anʼanaviy sport turlariga ham tuzatishlar kiritildi. Jumladan, yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkaziladigan 6 ta turdagi oʻyinlar ayollar toifasiga oʻtkazildi. Velosport boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtkaziladigan 1 ta turdagi oʻyinlar ham ayollar toifasiga oʻtkazildi. Suzish va stol tennisi sport turlari boʻyicha aralash oʻyinlayangi tarkibga kiritildi. Triatlon boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqalarga qoʻshimcha ravishda 1 ta tur qoʻshildi. Qilichbozlik boʻyicha 1 ta erkaklar va 1 ta ayollar oʻrtasidagi oʻyinlar tarkibdan olib tashlandi, biroq 2 ta aralash turdagi oʻyinlar jadvalga qoʻshildi. Shunga qaramay, umumiy ishtirokchi sportchilar soni 4 400 nafar sifatida saqlab qolindi. Bu esa jinsiy tenglikni taʼminlashga eʼtibor qaratilganini koʻrsatadi. Bunda 23 ta sport turining 17 tasida toʻliq ravishda gender muvozanati taʼminlanadi, bu esa 2024-yilga nisbatan 6 taga koʻpdir. Shu bilan birga, oʻyinlar miqyosi oshirilmasdan turib, ishtirok etish imkoniyatlari kengaytirildi[14].

2025-yil 22-iyul kuni AQSh Olimpiya va Paralimpiya Qoʻmitasi prezident Donald Trumpning 2025-yil fevral oyidagi farmoniga asosan transgender sportchilarning ayollar sport turlarida ishtirok etishini rasman taqiqladi[15].

2028-yilgi Yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun emblema 2020-yil 1-sentyabrda taqdim etilgan. Ushbu emblema „LA“ va „28“ harflarining ustma-ust joylashtirilgan koʻrinishidan iborat. „LA“ soʻzidagi „A“ harfi oʻzgaruvchan tarzda ishlab chiqilgan boʻlib, u turli sportchilar, rassomlar va mashhur shaxslar bilan hamkorlikda yaratilgan koʻplab variantlarga ega[16][17][18]. Ushbu logotiplar toʻplami ichida Paralimpiya sportchilari bilan yaratilgan versiyalar ham mavjud. Masalan, Scout Bassett bilan yaratilgan variant cheksizlik belgisidan ilhomlangan holda ishlangan[19]. Shuningdek, Ezra Frech, Lex Gillette, Jamal Hill va Oz Sanchez bilan birgalikda ham maxsus logotiplar ishlab chiqilgan[16][17][18].

  1. „LA28 Paralympic Games medal event programme and athlete quotas confirmed“. International Paralympic Committee (2025-yil 3-iyun). Qaraldi: 2025-yil 3-iyun.
  2. „LA28 Unveils 2028 Olympic and Paralympic Opening and Closing Ceremony Locations“. LA28.org. Los Angeles Organizing Committee for the 2028 Olympic and Paralympic Games (2025-yil 8-may). Qaraldi: 2025-yil 8-may.
  3. „Paralympics 2012: London to host 'first truly global Games'“. BBC Sport (2012-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 1-avgust.
  4. „IOC Executive Board approve joint awarding plans for 2024 and 2028 Olympics“. Inside the Games (2017-yil 9-iyun).
  5. „Paris set to host 2024 Olympics, Los Angeles to be awarded 2028 Games by IOC“. ABC News Australia (2017-yil 1-avgust). Qaraldi: 2017-yil 1-avgust.
  6. „LA28 Unveils Venue Plan for 2028 Paralympic Games, A Historic First for the City of Los Angeles“. LA28.org (2025-yil 3-iyun).
  7. „LA28: Los Angeles to host 2028 Olympic Games opening ceremony in two stadiums“ (en-GB). BBC Sport (2025-yil 8-may). Qaraldi: 2025-yil 22-may.
  8. Graham, Bryan Armen. „LA to make Olympic history with two-venue opening ceremony in 2028“ (en-GB). The Guardian (2025-yil 8-may). Qaraldi: 2025-yil 22-may.
  9. „Paralympians express upset and disappointment over swimming venues for LA28“ (en-AU). ABC News (2025-yil 10-iyul). Qaraldi: 2025-yil 16-iyul.
  10. „Record 33 sports bid for LA28 Paralympic Games inclusion“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  11. „LA28 Paralympic Games initial sport programme to feature 22 sports“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
  12. „LA 2028 proposes para-climbing for the Paralympic programme“. Inside the Games (2024-yil 13-iyun). Qaraldi: 2024-yil 16-iyun.
  13. „Para climbing to be included in the LA28 Paralympic Games“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2024-yil 26-iyun.
  14. „LA28 Paralympic Games medal event programme and athlete quotas confirmed“. Paralympic.org (2025-yil 3-iyun). Qaraldi: 2025-yil 4-iyun.
  15. „U.S. Olympic and Paralympic officials bar transgender women from Olympic women's sports“. NPR (2025-yil 22-iyul).
  16. 1 2 „L.A. 2028 unveils dynamic Olympics logo, updated by athletes and celeb creators“ (en). adage.com (2020-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  17. 1 2 „Athletes, artists and celebrities create unique logos for the 2028 L.A. Olympics“ (en-US). Los Angeles Times (2020-yil sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  18. 1 2 „Celebrities, Artists, Athletes Contribute To Animated Logo For 2028 LA Olympics“ (en-US). CBS Los Angeles (2020-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  19. Juliano. „Meet L.A.'s 35 different logos for the 2028 Olympic and Paralympic Games“. Time Out Los Angeles (2020-yil sentyabr). 2021-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
Oʻtmishdoshi:
Parij 2024
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari
Los-Anjeles
XVIII Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

2028
Vorisi:
Brisben 2032