2025-yilgi Copa del Rey finali
|
Final uchrashuvi Sevilladagi La Cartuja stadionida o‘tkazildi. | |||||||
| Turnir | 2024–25-yilgi Copa del Rey | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| qoʻshimcha taymlardan soʻng | |||||||
| Sana | 2025-yil 26-aprel | ||||||
| Oʻyin oʻtkazilgan joy | Estadio de La Cartuja, Sevilla | ||||||
| Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Ferran Torres (Barcelona) | ||||||
| Hakam | Ricardo de Burgos Bengoetxea[1] | ||||||
← 2024 2026 → | |||||||
2025-yilgi futbol boʻyicha Ispaniya kubogi finali finali 2024–25-yilgi Copa del Rey gʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan futbol oʻyinidir, bu Ispaniyaning asosiy futbol kubogining 123-chi musobaqasidir. Bahs 2025-yil 26-aprelda Sevilladagi La Cartuja stadionida, ikki asosiy raqib – Barcelona va Real Madrid oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bu ikkala jamoa oʻrtasidagi 260-chi rasmiy oʻyin boʻlib, 2014-yildan beri ilk Copa del Rey finali edi.
Barcelona oʻyinni qoʻshimcha taymlar yakuniga koʻra 3:2 hisobida gʻalaba bilan yakunlab, 32-Copa del Rey chempionligini qoʻlga kiritdi.
Finalgacha yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Barcelona | Bosqich | Real Madrid | ||
|---|---|---|---|---|
| Raqib | Natija | Raqib | Natija | |
| Barbastro | 4–0 (M) | 1/32 bosqich | Minera | 5–0 (M)[a] |
| Real Betis | 5–1 (U) | Nimchorak final | Celta Vigo | 5–2 (q.v) (U) |
| Valencia | 5–0 (M) | Chorak final | Leganés | 3–2 (M) |
| Atlético Madrid | 4–4 (U), 1–0 (M) | Yarimfinal | Real Sociedad | 1–0 (M), 4–4 (q.v) (U) |
Maʼnosi: (U) = Uy; (M) = Mehmon
Referi qarorlari boʻyicha bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Final oldidan Real Madrid TV tayinlangan uchrashuv sudyasi Ricardo de Burgos Bengoetxeani tanqid qilgan video efirga uzatdi, unda Barcelona ushbu hakam boshqargan oʻyinlarida Real Madriddan koʻproq gʻalaba qozonganligi aytilgan edi. RMTV de Burgos Bengoetxeani UEFA Chempionlar Ligasi yoki FIFA musobaqalarida hech qachon tayinlanmagani uchun tanqid qildi va Real Madridga qarshi bir nechta sudyalik xatolari tasvirlangan kadrlarni ham kiritdi.
De Burgos Bengoetxea press-konferentsiyada sudyalar va ularning oilalari yuzlashayotgan qiyinchiliklarni taʼkidlab, ularning halolligi shubha ostiga olinishi haqida shunday dedi: „Agar bolangiz maktabga borib, boshqa bolalar uning otasini oʻgʻri deb aytsa, bu juda ogʻir“. Finaldagi video-assistent referi Pablo González Fuertes esa ispan sudyalari oʻzlariga boʻlgan munosabatga qarshiligini, hattoki, ish tashlash kabi choralar koʻrishi mumkinligini aytdi.
Real Madrid sudyalarning izohlarini „qabul qilib boʻlmaydigan“ deb atadi va final oldidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan barcha rasmiy ishlardan, jumladan, press-konferensiya va rasmiy mashgʻulotlarda qatnashishdan voz kechdi[3][4].
Oʻyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Barcelona | 3–2 (Q.v) | Real Madrid |
|---|---|---|
| Hisobot |
|
|
Uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi:
Yordamchi hakamlar:[1]
|
Oʻyin qoidalari
|
Oʻyin voqealari va oqibatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchrashuv sudyasi De Burgos Bengoetxea uchta qizil kartochka berdi – ularning barchasi Real Madrid futbolchilariga nisbatan. Antonio Rüdiger, allaqachon almashtirilganiga qaramay, ikkinchi ekstra taymning qoʻshib berilgan daqiqalarida texnik zonadan sudya tomon bir buyum uloqtirgani uchun qizil kartochka oldi. Lucas Vázquez esa referi qaroriga qarshi agressiv tarzda maydonga chiqib kelgani uchun, maydondan chetlatildi. Hal qiluvchi hushtak chalinganidan soʻng, Jude Bellingham ham De Burgosga nisbatan agressiv munosabatda boʻlib, jamoa aʼzolari tomonidan ushlab qolinish darajasiga borgani uchun qizil kartochkaga loyiq koʻrildi[5].
Maydondan chetlatilgach, Rüdiger oʻzining xatti-harakatlari uchun jamoatchilik oldida uzr soʻradi, oʻz harakatlariga hech qanday bahona yoʻqligini tan oldi va muxlislarni xafa qilgani uchun afsusdaligini bildirdi[6]. Biroq, Rüdiger toʻrt matchdan oʻn ikki matchgacha muddatga, yoki qoidabuzarlik yanada jiddiyroq deb tasniflangan taqdirda uch oydan olti oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Vázquez va Bellingham ikki oʻyinlik diskvalifikatsiya olishadi, ular kelgusi mavsumdagi Copa del Rey oʻyinlariga taʼsir qiladi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Designación arbitral completa de la final de la Copa del Rey“ (es). Royal Spanish Football Federation (2025-yil 21-aprel).
- ↑ „El Minera – Real Madrid se jugará en el Cartagonova con rebaja de 20 € para abonados locales“ (es). Marca (2024-yil 11-dekabr). 2024-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Real Madrid will play in Copa del Rey final despite referee furore“. Sky Sports (2025-yil 26-aprel).
- ↑ „Real Madrid dismiss cup final fears after referee's tears“. BBC Sport (2025-yil 25-aprel).
- ↑ „Real Madrid’s red cards: Antonio Rudiger ‘threw object’ at referee, Jude Bellingham’s ‘aggressive behaviour’“. The New York Times (2025-yil 27-aprel).
- ↑ Skelton, Jack „Rudiger apologises for throwing object at referee“. BBC Sport (2025-yil 27-aprel).
- ↑ Corrigan, Dermot „How 48 hours of rage and recrimination overshadowed the Copa del Rey final“. The New York Times (2025-yil 27-aprel).