2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi — AFC 4-turi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi — AFC 4-turi
Turnir AFC saralash musobaqalari
Sana 2022-yil 7-iyun
Oʻyin oʻtkazilgan joy Ahmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar
Hakam Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)[1]
Tomoshabinlar soni 6,500

2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari AFC vakilini CONMEBOL vakiliga qarshi qitʼalararo pley-off bosqichida aniqlagan yagona oʻyindan iborat uchrashuv boʻldi[2]. Dastlab bu uchrashuvni 2021-yil 11 va 16-noyabr kunlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi[3][4]. Ammo Osiyo qitʼasiga COVID-19 pandemiyasining taʼsiri tufayli 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlarining sanasi va formati 2020-yil noyabrida oʻzgartirildi[5].

Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya milliy futbol terma jamoalari ishtirok etdi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyini 2022-yil 7-iyun kuni Qatarning Al Rayyan shahridagi Ahmad bin Ali stadionida boʻlib oʻtdi[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidan beri AFC saralashining soʻnggi bosqichi (bu holda, toʻrtinchi tur) oldingi bosqichdan oʻtgan ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyindan iborat hisoblanadi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari gʻolibi AFCni qitʼalararo pley-offda himoya qiladi (1998-yilgi uchrashuv bundan mustasno edi. Bunda pley-off gʻoliblari toʻgʻridan-toʻgʻri FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan, magʻlublar esa qitʼalararo pley-off bosqichiga yoʻl olgan).

Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi ushbu bosqichda bir marta oʻynagan. Bu uchrashuv 2002-yilgi pley-offda Eron milliy futbol terma jamoasi bilan toʻqnash kelgan va umumiy hisobda 0:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Avstraliya milliy futbol terma jamoasi ham bu bosqichda bir marta qatnashgan. Bu uchrashuv 2018-yilgi saralash oʻyinlarida edi. Ushbu uchrashuvda Avstraliya milliy futbol terma jamoasi Suriya milliy futbol terma jamoasini umumiy hisobda 3:2 hisobida magʻlub etgan edi[7].

Bu Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya milliy futbol terma jamoalari o‘rtasidagi AFC Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchinchi o‘yin bo‘ldi[8].

Format[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlarida uchinchi bosqichda uchinchi o‘rinni egallagan ikki jamoa (bir o‘yindan iborat pley-off bahslarida) kuch sinashdi. Agar oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqadan soʻng durang boʻlsa, jamoalar qoʻshimcha vaqtda kuch sinashadi. Agar qoʻshimcha vaqtdan keyin ham durang boʻlsa, gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasida jamoalar bahslashishadi[9].

2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari gʻolibi olti kundan soʻng, Qatarda boʻlib oʻtadigan qitʼalararo pley-off bosqichiga yoʻl oldi[10].

Guruh Uchinchi oʻrin
A  Birlashgan Arab Amirliklari
B  Avstraliya


Oʻyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa 1  Hisob  Jamoa 2
Birlashgan Arab Amirliklari  1-2  Avstraliya


Birlashgan Arab Amirliklari 1-2 Avstraliya
forma
Birlashgan Arab Amirliklari
forma
Avstraliya
GK 17 Khalid Eisa
CB 12 Khalifa Al Hammadi
CB 13 Mohammed Al-Attas
CB 3 Walid Abbas (c)
DM 14 Abdulla Hamad Substituted off 89'
RM 4 Khaled Ibrahim
CM 18 Abdullah Ramadan Substituted off 75'
CM 5 Ali Salmeen Substituted off 88'
LM 21 Harib Al-Maazmi
CF 11 Caio Canedo Substituted off 89'
CF 7 Ali Mabkhout Booked 34' Substituted off 75'
Oʻzgartirishlar:
MF 15 Yahia Nader Substituted in 75'
FW 16 Ali Saleh Substituted in 75'
MF 8 Majed Hassan Substituted in 88'
MF 10 Omar Abdulrahman Substituted in 89'
FW 20 Sebastián Tagliabúe Substituted in 89'
Menejer:
Argentina Rodolfo Arruabarrena
GK 1 Mathew Ryan (c)
RB 4 Nathaniel Atkinson
CB 8 Bailey Wright
CB 20 Kye Rowles
LB 16 Aziz Behich
RM 6 Martin Boyle
CM 13 Aaron Mooy
CM 22 Jackson Irvine
LM 19 Craig Goodwin Substituted off 72'
CF 10 Ajdin Hrustic Booked 55' Substituted off 90+1'
CF 7 Mathew Leckie Substituted off 90+1'
Oʻzgartirishlar:
FW 9 Jamie Maclaren Substituted in 72'
DF 2 Miloš Degenek Substituted in 90+1'
FW 11 Awer Mabil Substituted in 90+1'
Menejer:
Graham Arnold
Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (Oʻzbekiston) Timur Gaynullin (Oʻzbekiston) Toʻrtinchi hakam:Ko Hyung-jin (Janubiy Koreya)Video yordamchi hakam:

Muhammad Taqi (Singapur) Video yordamchi hakam yordamchisi:Fu Ming (Xitoy PR)

Uchrashuv qoidalari[9]:
  • 90 daqiqa.
  • Agar kerak boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt .
  • Qoʻshimcha vaqtdan keyin ham durang boʻlsa, penaltilar seriyasi .
  • Koʻpi bilan oʻn ikkita oʻrinbosar.
  • Maksimal beshta almashtirish, oltinchisi qoʻshimcha vaqtda ruxsat etiladi.

Gol mualliflari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „طاقم أوزبكي يُدير مواجهة الأبيض وأستراليا ضمن الملحق الآسيوي“ [A Uzbek team to officiate the match between the Al Abyad and Australia in the Asian play-off] (ar). United Arab Emirates Football Association (2022-yil 18-may). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  2. „AFC Executive Committee unveils dynamic enhancements to the AFC Club Competitions“. The AFC (2022-yil 25-fevral). Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  3. „AFC Competitions Calendar 2022“. The AFC (2021-yil 20-oktyabr). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  4. „INTERNATIONAL MATCH CALENDAR 2020-2024“. FIFA (2021-yil avgust).
  5. Loughton. „Socceroos in reported World Cup qualifying change that would've meant no famous '05 shootout“. Fox Sports Australia (2021-yil 19-noyabr).
  6. „Last two FIFA World Cup 2022 berths to be decided at Qatar's Ahmad Bin Ali Stadium“. FIFA (2022-yil 5-may).
  7. „Asian Playoffs: 4 Classic Encounters“. Asian Football Confederation (2022-yil 2-iyun).
  8. „Preview - Asian Playoff: United Arab Emirates v Australia“. Asian Football Confederation (2022-yil 6-iyun).
  9. 9,0 9,1 „REGULATIONS FIFA World Cup 2022 Preliminary Competition Including COVID-19 Regulations“. FIFA (2020-yil 29-sentyabr).
  10. Allen, William. „2022 World Cup inter-confederation play-off draw: fixtures and format“. as.com (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.