2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlari
Umumiy maʼlumotlar
Sana 3-aprel, 2017 – 1-dekabr, 2018
Jamoalar 144 (6 ta konfederatsiyadans)
Statistika
Oʻyinlar soni 392
Gollar soni 1562 (har oʻyinda oʻrtacha 3.98 ta)
Toʻpurar(lar) Jamaika bayrogʻi Yamayka Khadija Shaw (19 ta gol)
2015
2023

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlari 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha 23 jamoa nomini aniqlab bergan, mezbon Fransiya ayollar futbol terma jamoasi esa avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan[1]. 2019-yilgi Jahon kubogi sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib toʻrt-yilda bir marta oʻtkaziladigan ayollar futboli boʻyicha eng nufuzli jahon musobaqasidir.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1995-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2011-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlaridan keyin Yevropada oʻtkazilgan uchinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻldi.



2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlaridan o`ta olmagan davlatlar
  Saralash o`yinlaridan chiqarib yuborilgan jamoalar
  Saralash o`yinlarida ishtirok etmagan jamoalar
Terma jamoa 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yo`llanma olish asosi Saralash yakuniy turniridagi natijasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlaridagi oxirgi ishtiorki FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtiroklar soni FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi
Fransiya bayrogʻi Fransiya Mezbon davlat 4 2015 3 To`rtinchi o`rin (2011)
Xitoy bayrogʻi Xitoy 2018-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiya kubogi uchinchi o`rin egasi 7 2015 2 Ikkinchi o`rin (1999)
Tailand bayrogʻi Tailand 2018-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiya kubogi to`rtinchi o`rin egasi 2 2015 2 Guruh bosqichi (2015)
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 2018-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiya kubogi ikkinchi o`rin egasi 7 2015 7 Chorak final (2007, 2011, 2015)
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 2018-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiya kubogi g`olibi 8 2015 8 Chempion (2011)
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 2018-yilgi ayollar o`rtasidagi Osiya kubogi beshinchi o`rin egasi 3 2015 2 Nimchorak (1/8) final (2015)
Braziliya bayrogʻi Braziliya 2018-yilgi Copa América Femenina kubogi g`olibi 8 2015 8 Ikkinchi o`rin (2007)
Chili bayrogʻi Chili 2018-yilgi Copa América Femenina kubogi ikkinchi o`rin egasi 1 1 Debyut
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya UEFA 7-saralash guruhining g`olibi 2 2015 2 Guruh bosqichi (2015)
Italiya bayrogʻi Italiya UEFA 6-saralash guruhining g`olibi 3 1999 1 Chorak final (1991)
Angliya bayrogʻi Angliya UEFA 1-saralash guruhining g`olibi 5 2015 4 Uchinchi o`rin (2015)
Shotlandiya bayrogʻi Shotlandiya UEFA 2-saralash guruhining g`olibi 1 1 Debyut
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya UEFA 3-saralash guruhining g`olibi 8 2015 8 Chempion (1995)
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya UEFA 4-saralash guruhining g`olibi 8 2015 8 Ikkinchi o`rin (2003)
Olmoniya bayrogʻi Germaniya UEFA 5-saralash guruhining g`olibi 8 2015 8 Chempion (2003, 2007)
Kanada bayrogʻi Kanada 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati ikkinchi o`rin egasi 7 2015 7 To`rtinchi o`rin (2003)
AQSH bayrogʻi AQSh 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati g`olibi 8 2015 8 Chempion (1991, 1999, 2015)
Jamaika bayrogʻi Yamayka 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati uchinchi o`rin egasi 1 1 Debyut
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya UEFA saralash play-off o`yini g`olibi 2 2015 2 Nimchorak (1/8) final (2015)
Argentina bayrogʻi Argentina CONCACAF–CONMEBOL play-off o`yini g`olibi 3 2007 1 Guruh bosqichi (2003, 2007)
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya 2018-yilgi Afrika ayollar kubogi g`olibi 8 2015 8 Chorak final (1999)
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi 2018-yilgi Afrika ayollar kubogi ikkinchi o`rin egasi 1 1 Debyut
Kamerun bayrogʻi Kamerun 2018-yilgi Afrika ayollar kubogi uchinchi o`rin egasi 2 2015 2 Nimchorak (1/8) final (2015)
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 2018 OFC ayollar o`rtasidagi Millatlar kubogi g`olibi 5 2015 4 Guruh bosqichi (1991, 2007, 2011, 2015)

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun kvotalar miqdori FIFA Kengashi tomonidan 2016-yil 13-14-oktyabrda tasdiqlangan[2]. Har bir konfederatsiya uchun oʻrinlar 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan oʻzgarmadi, faqat mezbon davlat uchun beriladigan kvota CONCACAFdan (Kanada) UEFAga (Fransiya) koʻchirildi[3].

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarining qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bahslari 2017-yil 3-aprelda boshlangan va 2018-yil 1-dekabrda yakunlangan.

Mezbon Fransiyadan tashqari, FIFAga aʼzo boʻlgan 210 ta futbol assotsiatsiyadan 207 tasi oʻz konfederatsiyasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida ishtirok etishni istasa, qatnashishi mumkin edi (3ta istisno: Gvatemala[4] va Quvayt[5] futbol assotsiatsiyalari FIFA tomonidan toʻxtatilgan va Ekvatorial Gvineya 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan chetlashtirilgan)[6]. Guam, Livan, Syerra-Leone ayollar terma jamoalari dastlab 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida qatnashish taklifi bilan chiqqan, biroq ular keyinchalik saralash bahslaridan chiqib ketishgan[7].

Konfederatsiya Turnir 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga ajratilgan kvota Saralash oʻyinlarida qatnashgan davlarlar soni Saralash oʻyinlaridan oʻta olmagan davlatlar soni 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan davlatlar soni Saralash oʻyinlari boshlangan sana Saralash oʻyinlari tugagan sana
AFC 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi 5 24 19 5 2017-yil 3-aprel 2018-yil 20-aprel
CAF 2018 Afrika ayollar kubogi 3 24 [1] 21 3 2018-yil 4-aprel 2018-yil 1-dekabr
CONCACAF 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati 3.5 28 [2] 25 3 2018-yil 5-may 2018-yil 17-oktyabr [3]
CONMEBOL 2018-yilgi Copa Amerika Femenina kubogi 2.5 10 7 3 2018-yil 4-aprel 2018-yil 22-aprel [3]
OFC 2018-yilgi OFC ayollar Millatlar kubogi 1 11 10 1 2018-yil 24-avgust 2018-yil 1-dekabr
UEFA 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi (UEFA) 8+mezbon davlat 46+H 38 8+H 2017-yil 6-aprel 2018-yil 13-noyabr
Jami 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi 23+Mezbon davlat 143+H 120 23+H 2017-yil 3-aprel 2018-yil 1-dekabr

Konfederatsiyalar kesimida saralash oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi AFC aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri vazifasini oʻtadi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha edi:[8]

  • Saralash bosqichi: 2017-yilning 3-12-aprel kunlari 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi[9]. Musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etdi. 2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogidagi kuchli uchlikdagi oʻrniga koʻra Yaponiya, Avstraliya va Xitoy terma jamoalari avtomatik tarzda yakuniy turnir (2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi)ga yoʻllanma oldi. Iordaniya terma jamoasi ham avtomatik tarzda mezbon sifatida final turnirga yoʻllanma olgan edi, biroq jamoa saralash musobaqasida ham ishtirok etishga qaror qildi[10]. 21 jamoa oltita jamoadan iborat bitta guruhga va beshta jamoadan uchta guruhga boʻlingan. Har bir guruhda jamoalar markazlashgan-maydonda bir martadan oʻzaro oʻynashdi va toʻrtta guruh gʻoliblari yakuniy turnirga yoʻllanma oldi. Iordaniya oʻz guruhida gʻalaba qozonganligi sababli, ushbu guruhning ikkinchi oʻrinini olgan jamoa ham yakuniy turnirga yoʻllanma oldi.
  • Yakuniy turnir: 2018-yilning 6-20-aprel kunlari Iordaniyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida sakkizta jamoa ishtirok etdi[11][12]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlindi. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Har bir guruhning uchinchi oʻrinni egallagan jamoalari esa beshinchi yoʻllanmaga ega boʻlish uchun pley-off oʻyinida kuch sinashishdi. Bunda pley-off oʻyini gʻolibi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.

Guruh bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

A guruhi B guruhi
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochko Natija
1 Xitoy 3 3 0 0 15 1 +14 9 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
2 Tailand 3 2 0 1 9 6 +3 6
3 Filippin 3 1 0 2 3 7 −4 3 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma uchun pley-off oʻyinida oʻynaydi
4 Iordaniya (Mezbon davlat) 3 0 0 3 3 16 −13 0
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochko Natija
1 Avstraliya 3 1 2 0 9 1 +8 5 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
2 Yaponiya 3 1 2 0 5 1 +4 5
3 Janubiya Koreya 3 1 2 0 4 0 +4 5 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma uchun pley-off oʻyinida oʻynaydi
4 Vetnam 3 0 0 3 0 16 −16 0

Beshinchi kvota uchun pley-off oʻyini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa 1  Hisob  Jamoa 2
Filippin bayrogʻi Filippin 0-5 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi


CAF[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, Afrika ayollar kubogi CAF aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:

  • Saralash bosqichi: 2018-yilning 4-aprelidan 9-iyuniga qadar ayollar oʻrtasidagi Afrika ayollar kubogi uchun saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Saralash musobaqasida 24 ta jamoa ishtirok etdi. Toʻrtta jamoa (Nigeriya, Kamerun, Ekvatorial Gvineya, Janubiy Afrika) toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichga oʻtdi, qolgan 20 ta jamoa esa birinchi bosqichda ishtirok etishdi. Saralash bahslari uy va safar uchrashuvlaridan iborat ikki oʻyinli tizimda oʻtkazildi. Ikkinchi bosqichning yetti nafar gʻolib jamoasi avtomatik tarzda saralashdan oʻtgan mezbon Gana bilan birga yakuniy turnir (Afrika ayollar kubogi)ga yoʻllanma oldi[13].
  • Yakuniy turnir: 2018-yilning 17-noyabridan 1-dekabriga qadar Ganada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Afrika ayollar kubogida sakkizta jamoa ishtirok etdi[14][15]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlinishgan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Afrika ayollar kubogi yarim finalidan oʻtgan jamoalar (har ikki finalchi) va uchinchi oʻrinni egallagan jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.

FIFA Ekvatorial Gvineya ayollar terma jamaosiga 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishni taqiqladi, yaʼni ular Afrika ayollar oʻrtasidagi Millatlar Kubogi (Afrika ayollar kubogi) dagi ishtirokidan qatʼi nazar, Jahon chempionatiga chiqa olmasdi[16].

Afrika ayollar kubogi pley-off bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 
Yarim finalFinal
 
      
 
27-noyabr – Accra
 
 
Kamerun bayrogʻi Kamerun 0 (2)
 
1-dekabr — Accra
 
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya (p)0 (4)
 
Nigeriya bayrogʻi Nigeriya (p)0 (4)
 
27-noyabr — Cape Coast
 
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi0 (3)
 
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi2
 
 
Mali bayrogʻi Mali 0
 
3-oʻrin uchun oʻyin
 
 
30-noyabr — Cape Coast
 
 
Kamerun bayrogʻi Kamerun 4
 
 
Mali bayrogʻi Mali 2

CONCACAF[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, CONCACAF ayollar chempionati CONCACAF aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri sifatida ham xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:

  • Saralash bosqichi: Markaziy Amerika zonasi va Karib dengizi zonasida mintaqaviy saralash turnirlari oʻtkazildi. Markaziy Amerika zonasidan ikkita jamoa va Karib dengizi zonasidan uchta jamoa Shimoliy Amerika zonasidagi avtomatik ravishda saralangan uchta jamoaga (Kanada, Meksika va Qoʻshma Shtatlar) qoʻshilish uchun yakuniy turniriga yoʻllanma oldi.
  • Yakuniy turnir: 2018-yil 4-17-oktabr kunlari AQShda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionatida sakkizta jamoa ishtirok etdi[17]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi. CONCACAF ayollar chempionatida yarim finaldan oʻtgan jamoalar (har ikki finalchi) va uchinchi oʻrinni egallagan jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Uchinchi oʻrin uchun oʻtkazilgan pley-off oʻyinida magʻlub boʻlgan jamoa CONCACAF-CONMEBOL pley-off oʻyiniga chiqishdi. Agar shu oʻyinda gʻalaba qozonishsagina Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi mumkin edi.

Gvadelupa va Martinika 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionatiga Karib dengizi saralashidan oʻtib kirishdi. Biroq ular FIFA aʼzosi boʻlmagani uchun Jahon chempionatiga chiqish huquqidan mahrum edilar.

CONCACAF ayollar chempionati pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 
Yarim finalFinal
 
      
 
14-oktabr – Frisco
 
 
Panama bayrogʻi Panama 0
 
17-oktabr — Frisco
 
Kanada bayrogʻi Kanada7
 
Kanada bayrogʻi Kanada0
 
14-oktabr — Frisco
 
AQSH bayrogʻi AQSh2
 
AQSH bayrogʻi AQSh6
 
 
Jamaika bayrogʻi Yamayka 0
 
3-oʻrin uchun oʻyin
 
 
17-oktabr — Frisco
 
 
Panama bayrogʻi Panama 2 (2)
 
 
Jamaika bayrogʻi Yamayka (p)2 (4)

CONMEBOL[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, Copa America Femenina kubogi CONMEBOL aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:

  • Yakuniy turnir: 2018-yil 4-22-aprel kunlari Chilida boʻlib oʻtgan Copa America Femenina kubogi musobaqasida oʻnta jamoa ishtirok etd[18][19]. Jamoalar beshta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrastgan ikki jamoasi yakuniy bosqichga yoʻl oldi. Yarim finalda raqibini yengib Copa America Femenina kubogi finaliga yoʻl olgan jamoalar avtomatik tarzda Jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi. Copa America Femenina kubogida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa CONCACAF — CONMEBOL pley-off oʻyinida ishtirok etishi kerak edi. Agar shu oʻyinda gʻalaba qozonishsagina Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi mumkin edi.

Copa America Femenina kubogi yakuniy natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochko Natija
1 Braziliya 3 3 0 0 9 1 +8 9 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
2 Chili

(Mezbon davlat)

3 1 1 1 5 3 +2 4
3 Argentina 3 1 0 2 3 8 −5 3 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma uchun pley-off oʻyinida oʻynaydi
4 Kolombiya 3 0 1 2 1 6 −5 1 -

OFC[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, OFC ayollar millatlar kubogi OFC aʼzo davlatlari uchun Jahon chempionati saralash turniri boʻlib xizmat qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:

  • Saralash bosqichi: Barcha OFC ayollar terma jamoalarining oldingi mintaqaviy musobaqadagi natijasi asosida tizilgan reytingga koʻra eng past reytingdagi toʻrtta jamoa (Amerika Samoasi, Solomon orollari, Vanuatu va Fiji) 2018-yil 24-30-avgust kunlari Fijida boʻlib oʻtgan saralash bosqichida ishtirok etishdi[20]. Gʻolib avtomatik ravishda saralashdan oʻtgan boshqa ettita jamoaga qoʻshilib, final turniriga yoʻllanma oldi.
  • Yakuniy turnir: 2018-yilning 18-noyabridan 1-dekabriga qadar Yangi Kaledoniyada boʻlib oʻtgan yakuniy turnirda sakkizta jamoa oʻynadi[20]. Jamoalar toʻrtta jamoadan iborat ikki guruhga boʻlinishdi. Har bir guruhning eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoasi pley-off bosqichiga (yarim final va final) yoʻl oldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma olish huquqini ham beradigan OFC ayollar Millatlar kubogi gʻolibini aniqlashdi.

OFC ayollar oʻrtasidagi Millatlar kubogi pley-off bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 
Yarim finalFinal
 
      
 
28-noyabr – Maré
 
 
Papua Yangi Gvineya bayrogʻi Papua Yangi Gvineya 1
 
1-dekabr — Nouméa
 
 Fiji5
 
 Fiji0
 
28-noyabr — Lifou
 
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 8
 
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 8
 
 
Yangi Kaledoniya bayrogʻi Yangi Kaledoniya 0
 
Uchinchi o`rin uchun o`yin
 
 
1-dekabr — Nouméa
 
 
Papua Yangi Gvineya bayrogʻi Papua Yangi Gvineya 7
 
 
Yangi Kaledoniya bayrogʻi Yangi Kaledoniya 1

UEFA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi Jahon chempionati saralash bahslari kabi, UEFA oʻz aʼzo davlatlari uchun faqat Jahon chempionati saralashiga moʻljallangan turnir tashkil qildi. Jahon chempionati saralash jarayoni quyidagicha boʻldi:[21]

  • Dastlabki oʻtish bosqich: UEFA koeffitsienti boʻyicha 46 ta ishtirokchidan eng past oʻrinni egallagan 16 ta jamoa 2017-yil 3-dan 11-aprelgacha boʻlib oʻtgan saralash bosqichiga[22] kirishdi. Ular toʻrtta jamoadan iborat toʻrtta guruhga boʻlingan holda har bir guruh oldindan tanlangan mezbon davlatlardan birida bitta davra tizimida oʻynashdi. Toʻrtta guruh gʻolibi va eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi (lekin bunda guruhida toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoaga qarshi natijalarni hisobga olinmaydi) saralash guruh bosqichiga yoʻl oldi.
  • Saralash guruhi bosqichi: 2017-yil 11-sentabrdan boshlab FIFA ayollar oʻrtasidagi xalqaro oʻyinlar taqvimiga koʻra boʻlib oʻtgan saralash guruh bosqichida 35 ta jamoa, shu jumladan, saralash bosqichida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadigan UEFA reytingida 30 ta eng yuqori oʻrinni egallagan jamoalar va dastlabki oʻtish bosqichidan oʻtgan 5 ta jamoa ishtirok etdi. Saralash guruhi bosqichi doirasidagi oʻyinlar 2018-yil 4-sentyabrgacha davom etdi. Jamoalar beshta jamoadan iborat yettita guruhga boʻlingan holda har bir guruh uy va safar davrasida oʻynashdi. Yetti guruh gʻoliblari 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi, toʻrtta eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohiblari (oʻz guruhida beshinchi oʻrinni egallagan jamoaga qarshi natijalarni hisobga olinmaydi) esa pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
  • Pley-off bosqichi: Saralsh guruhi bosqichidagi toʻrtta eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohiblari 2018-yilning 1-9-oktabr va 5-13-noyabr kunlari ikkita (uy-safar)dan pley-off oʻyinlarini oʻtkazishdi. ushbu oʻyinlarda gʻolib boʻlgan ikki jamoa UEFA pley-offi finalida oʻzaro kuch sinashdi. Pley-off final oʻyini gʻolibi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Saralash guruh bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Pley-off bosqichida ishtirok etadi
GURUH: 1 GURUH: 2 GURUH: 3
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Angliya 8 22
2 Uels 8 17
3 Rossiya 8 13
4 Bosniya va Gersegovina 8 3
5 Qozogʻiston 8 3
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Shotlandiya 8 21
2  Shveysariya 8 19
3 Polsha 8 11
4 Albaniya 8 4
5 Belarus 8 3
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Norvegiya 8 21
2 Niderlandiya 8 19
3 Irlandiya Respublikasi 8 13
4 Shimoliy Irlandiya 8 3
5 Slovakiya 8 3
GURUH: 4 GURUH: 5 GURUH: 6
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Shvetsiya 8 21
2 Daniya 8 16
3 Ukraina 8 13
4 Vengriya 8 4
5 Xorvatiya 8 3
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Germaniya 8 21
2 Islandiya 8 17
3 Chexiya 8 14
4 Sloveniya 8 6
5 Faror Orollari 8 0
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Italiya 8 21
2 Belgiya 8 19
3 Portugaliya 8 11
4 Rumaniya 8 5
5 Moldova 8 1
GURUH: 7
Oʻrni Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Ochko
1 Ispaniya 8 24
2 Avstriya 8 16
3 Finlandiya 8 10
4 Serbiya 8 7
5 Isroil 8 1

Saralash guruhi bosqichida eng yaxshi natijani koʻrsatgan toʻrtta ikkinchi oʻrinni olgan jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrni Saralash guruhi Terma jamoa Oʻtkazgan oyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochko Natija
1 3  Niderlandiya 6 4 1 1 16 2 +14 13 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma uchun pley-off oʻyinida oʻynaydi
2 2   Shveysariya 6 4 1 1 13 5 +8 13
3 6  Belgiya 6 4 1 1 9 6 +3 13
4 4  Daniya 6 4 0 2 17 7 +10 12
5 5  Islandiya 6 3 2 1 9 6 +3 11
6 1  Uels 6 3 2 1 5 3 +2 11
7 7  Avstriya 6 3 1 2 11 7 +4 10

Pley-off oʻyini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yarim final oʻyini Final oʻyini
1 Niderlandiya 2 2 4
4 Daniya 0 1 1
1 Niderlandiya 3 1 4
2 Shveysariya 0 1 1
3 Belgiya 2 1 3
2 Shveysariya (a) 2 1 3

CONMEBOL — CONCACAF pley-off oʻyini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki Konfederatsiya jamoalari oʻrtasidagi ushbu oʻyin 2018-yil 8 va13-noyabr kunlari boʻlib oʻtgan.

1-terma jamoa Hisob 2-terma jamoa2 1-davra 2-davra
Argentina  5-1  Panama 4-0 1-1

Saralash oʻyinlaridagi eng yaxshi toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

14 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

10 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

9 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

8 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

7 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 ta gol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „France to host the FIFA Women’s World Cup in 2019“. FIFA.com (2015-yil 19-mart). 2015-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Circular #1565 - FIFA women's tournaments 2018-2019“. FIFA.com (2016-yil 11-noyabr). 2016-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  3. „FIFA leaves berths unchanged for 2019 Women's World Cup“. The Big Story. Associated Press (2016-yil 15-oktyabr). 2016-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.
  4. „Suspension of the Guatemala Football Association“. FIFA.com (2016-yil 28-oktyabr). 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Suspension of the Kuwait Football Association“. FIFA.com (2015-yil 16-oktyabr). 2015-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Equatorial Guinea expelled from FIFA Women’s World Cup France 2019“. FIFA.com (2017-yil 5-oktyabr). 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Kolasa, Matthew. „The Beautiful Game Fails Women“. Fair Observer (2018-yil 24-iyul).
  8. „AFC Women's Asian Cup 2018 Competition Regulations“. AFC. 2020-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  9. „AFC Competitions Calendar 2017“. AFC (2016-yil 12-aprel).
  10. „Teams set to find out path to AFC Women's Asian Cup Jordan 2018“. AFC (2017-yil 20-yanvar).
  11. „AFC Competitions Calendar 2018“. AFC (2016-yil 12-aprel).
  12. „Jordan to host AFC Women’s Asian Cup 2018 finals“. AFC (2016-yil 4-sentyabr).
  13. „Nigeria draw bye in 2018 Women’s AFCON qualifiers“. busybuddiesng.com (2017-yil 4-oktyabr). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  14. „GHANA TO HOST 2018 AFRICA WOMEN CUP OF NATIONS“. dhakaba.com (2016-yil 28-sentyabr). 2018-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-oktyabr.
  15. „Decisions of the CAF Executive Committee of 14 March 2017“. CAFonline.com (2017-yil 14-mart).
  16. „Equatorial Guinea expelled from FIFA Women’s World Cup France 2019“. FIFA.com (2017-yil 5-oktyabr). 2017-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „United States Set to Host 2018 Concacaf Women’s Championship in October“. CONCACAF.com (2018-yil 23-mart).
  18. „Paraguay, Chile, Ecuador y Argentina realizarán torneos sudamericanos femeninos“. CONMEBOL.com (2017-yil 25-aprel).
  19. „La Copa América Femenina se celebrará del 4 al 22 de abril“. CONMEBOL.com (2017-yil 21-iyul).
  20. 20,0 20,1 „OFC Women's Nations Cup confirmed“. Oceania Football Confederation (2018-yil 12-mart).
  21. „Regulations of the UEFA European qualifying competition for the 2019 FIFA Women's World Cup 2017-19“. UEFA.
  22. „Coefficient Ranking of the Teams Participating in the Qualifying Competition“. UEFA.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]