2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun takliflar
2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga[a] mezbonlik qilish uchun toʻqqizta shahar tomonidan topshirilgan arizalar Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tomonidan qabul qilinadi. Qoʻmita ulardan beshtasini – London, Madrid, Moskva, Nyu York va Parij shaharlarini saralangan qisqa roʻyxatga kiritadi, keyinchalik esa ular orasida London shahri gʻalaba qozonadi va Olimpiada tarixida 3-marotaba ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qiluvchi shaharga aylanadi[1]. 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogarlik qilish jarayoni XOQ tarixidagi eng qizgʻin bahslardan biri hisoblanadi[2]. Saralash jarayoni davomida baʼzilar Parijni musobaqa oʻtkazilishi uchun eng munosib shahar deya koʻrsatadi[3], ammo London tarafdorlari tomonidan ishlatilgan mohirona usullar va Sebastian Coening ilhomlantiruvchi yakuniy taqdimoti ushbu taklifning muvaffaqiyatli tasdiqlanishiga sabab boʻladi[1].
Qoʻmitaga kelib tushgan toʻqqizta shahar arizalari XOQ aʼzolari tomonidan texnik jihatdan baholangach, ular ichidan eng yaxshi beshta shahar 2004-yil 18-mayda rasmiy nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi. Qolgan shaharlar – Gavana, Istanbul, Leipzig va Rio-de-Janeyro tomonidan topshirilgan arizalar esa rad etiladi[4]. Beshta nomzod shahardan toʻrttasi dunyoga mashhur milliy poytaxt shaharlar boʻlgani sababli ham koʻpchilik yakuniy tender bosqichi natijalariga katta qiziqish bildiradi. Dastlab Parij va Madrid shaharlari ariza topshirish bosqichida eng yuqori ballarni qoʻlga kiritadi, 2005-yil boshida oʻtkazilgan nomzod shaharlarni sinchiklab baholash ishlari esa aynan Parij va Londonni finalga yaqinlashtiradi. Raqobat yakuniy ovoz berish jarayonlari yaqinlashgani sari keskinlashib boraveradi. Olimpiada oʻyinlari uchun mezbonlik qiluvchi shaharni tanlab olish toʻrt bosqichdan iborat saylov jarayonlarida hal qilinadi. 2005-yil 6-iyulda (XOQning Singapurda boʻlib oʻtgan 117-sessiyasida) Moskva, Nyu York va Madrid nomzodlari birinchi uch bosqichning oʻzida roʻyxatdan chiqarib yuboriladi. Yakuniy toʻrtinchi bosqichda London Parij ustidan toʻrt ovoz farqi bilan gʻalaba qozonadi va 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritadi.
Saylovdan keyingi bir oy ichida „Parij 2012“ delegatsiyasi aʼzolari „London 2012“ delegatsiyasi XOQ qoidalarini buzgan deya shikoyat bildiradi. Unga koʻra, „London 2012“ delegatsiyasining Olimpiadadagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlagan sportchilarni ham ragʻbatlantirish tashabbusi va Britaniyaning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Tony Blairning saralash davomidagi ayrim harakatlari ayblovning asosiy mazmuni boʻlgan[5]. XOQ prezidenti Jacques Rogge tomonidan berilgan ochiq bayonotda Londonga qoʻyilgan barcha ayblovlar rad etiladi va saylov adolatli oʻtgani taʼkidlanadi[6]. Bundan tashqari, tender jarayonida yana bir mojaro yuzaga keladi. Britaniyaning "Panorama" koʻrsatuvi tomonidan olib borilgan maxfiy tergov natijasida XOQ aʼzosi Ivan Slavkov va moliyaviy xizmatlar evaziga XOQ aʼzolarining saylovda ular foydasiga ovoz berishlarini taklif qilgan Olimpiada agentlari oʻrtasidagi korrupsiya mojarosi fosh etiladi[7]. Shu vaqtga qadar Salt Lake City mojarosi taʼsirida boʻlib ketayotgan XOQ, qoidalarni buzgan ushbu shaxslarga nisbatan zudlik bilan jazo choralarini koʻradi[8].
Taklif berish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogarlik qilish jarayoni Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) tomonidan Xalqaro olimpiada qoʻmitasiga (XOQ) ariza berishdan boshlanadi va navbatdagi sessiyada XOQ aʼzolari tomonidan mezbon shaharni saylash bilan yakunlanadi. Ushbu jarayon Olimpiya xartiyasining 5-bob, 34-qoidasida aytilganidek, ushbu xartiyaning oʻzi bilan tartibga solinadi[9].
1999-yildan boshlab, ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda tashkillashtiriladi. Takliflarni topshirishning oxirgi muddati tugagandan soʻng darhol boshlanadigan birinchi bosqichda ariza beruvchi shaharlar (bundan buyon „nomzod shaharlar“ deb yuritiladi) oʻyinlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun muhim boʻlgan mavzularni oʻz ichiga oluvchi soʻrovnomaga javob berishlari kerak. Bu maʼlumotlar orqali XOQ shaharlarning musobaqaga mezbonlik qila olish imkoniyatlarini hamda rejalarining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qiladi. Taqdim etilgan soʻrovnomalar va hisobotlar batafsil oʻrganib chiqilganidan soʻng, XOQ Ijroiya kengashi keyingi bosqichga oʻtish huquqiga ega boʻlgan shaharlarni tanlab oladi. Ikkinchi bosqich haqiqiy nomzodlik bosqichidir: ushbu bosqichga oʻtgan nomzod shaharlar XOQga kengaytirilgan, batafsilroq, nomzodlik fayli shaklidagi ikkinchi soʻrovnomani topshirishlari kerak[10]. Ushbu fayllar XOQ Baholash komissiyasi, XOQ aʼzolari, xalqaro sport federatsiyalari, MOQ vakillari, sportchilar, Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi va turli sohalarda faoliyat olib boruvchi xalqaro darajadagi ekspertlardan iborat ishchi guruh tomonidan diqqat bilan oʻrganiladi[11]. Baholash komissiyasi aʼzolari har bir nomzod shaharga toʻrt kunlik tekshiruv tashriflarini amalga oshiradilar, ular musobaqa oʻtkazilishi uchun taklif etilgan joylarni tekshiradilar va nomzodlik faylida yoritilgan mavzular toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydilar. Baholash komissiyasi oʻz tekshiruvlari natijalarini XOQ aʼzolariga qoʻmitaning saylov sessiyasidan bir oy oldin yuboriladigan hisobotida keltiradi[10].
Olimpiadani oʻtkazish uchun ariza topshirmagan mamlakatlardan birida mezbon shahar saylanadigan XOQ sessiyasi boʻlib oʻtadi[10]. Saylov XOQning faol aʼzolari (faxriy aʼzolar bundan mustasno) tomonidan oʻtkaziladi, ularning har biri bitta ovozga ega. Saylovda ishtirok etayotgan nomzod shahar (mamlakat) aʼzolari saylovda qatnasha olmaydi. Ovoz berish jarayoni bir nomzod shahar taklifi mutlaq koʻpchilik ovoziga erishgunga qadar ketma-ket turlar boʻyicha oʻtkaziladi, agar birinchi turda bir shahar mutlaq koʻpchilik ovoziga ega boʻlmasa, eng kam ovoz toʻplagan nomzod shahar taklifi bekor qilinadi va keyingi ovoz berish bosqichi boshlanadi. Eng kam ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, maxsus ikkinchi bosqich oʻtkaziladi va ushbu bosqichdagi gʻolib shahar keyingi bosqichga yoʻl oladi. Har bir bosqichdan soʻng, bekor qilingan nomzod shahar nomi eʼlon qilinadi[12][13]. Yakuniy bosqichda gʻolib boʻlgan nomzod shahar nomi ham eʼlon qilinganidan soʻng, ushbu shahar delegatsiyasi XOQ bilan „Mezbon shahar shartnomasi“ni imzolaydi, bu esa oʻyinlarni tashkil etish mas’uliyatini shaharga va tegishli MOQga yuklaydi[14].
Ariza beruvchi shaharlarni baholash
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2003-yil 15-iyul etib belgilangan edi[15]. Ushbu sanaga qadar arizalarini topshirgan toʻqqizta shahar uchun belgilangan birinchi bosqich soʻrovnomasini topshirishning oxirgi muddati 2004-yil 15-yanvarga toʻgʻri keladi[15]. Anketalarni tahlil qilish orqali XOQ soʻrovnomadagi oʻn bitta mavzusining har biri: siyosiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, umumiy infratuzilma, sport maydonchalari, Olimpiya shaharchasi, atrof-muhit, turar-joy, transport, xavfsizlik, bundan oldingi musobaqalarni oʻtkazish tajribasi, moliya va meros boʻyicha olingan ballar asosida har bir shaharga oʻrtacha ball beradi. Agar nomzod shahar toʻplagan ball oltidan yuqori boʻlsa (XOQning oldindan belgilangan mezon koʻrsatkichi), shahar oʻyinlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega deb hisoblanadi, aksincha boʻlgan taqdirda, uning imkoniyatlari juda zaif deb topiladi[16]. 2004-yil 18-mayda XOQ nomzod sifatida qabul qilingan shaharlar nomlarini eʼlon qiladi[15]:
- Parij – 8.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Parij taklifi)
- Madrid – 8.3 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Madrid taklifi)
- London – 7.6 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun London taklifi)
- Nyu York – 7.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Nyu York taklifi)
- Moskva— 6.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Moskva taklifi)
- Leipzig – 6.0 ball
- Rio-de-Janeyro – 5.1 ball
- Istanbul – 4.8 ball
- Gavana – 3.7 ball
Mezonlar | Weight | Parij | Leipzig | Nyu York | Moskva | Istanbul | Gavana | London | Madrid | Rio-de- Janeyro | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
FRA | GER | USA | RUS | TUR | CUB | GBR | ESP | BRA | |||||||||||
Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | Min | Max | ||
Turar-joy | 5 | 10.0 | 10.0 | 5.2 | 5.5 | 10.0 | 10.0 | 6.2 | 7.4 | 5.9 | 6.5 | 3.3 | 4.1 | 10.0 | 10.0 | 7.9 | 8.4 | 5.0 | 5.6 |
Atrof-muhit sharoitlari va taʼsiri | 2 | 6.6 | 8.6 | 7.4 | 9.0 | 5.0 | 7.6 | 4.6 | 7.6 | 4.6 | 7.6 | 5.0 | 7.0 | 7.2 | 8.6 | 7.2 | 8.6 | 5.2 | 7.6 |
Oʻtgan sport musobaqalaridan olingan tajriba | 2 | 7.6 | 9.0 | 4.8 | 6.8 | 6.2 | 8.0 | 4.6 | 7.0 | 3.4 | 6.0 | 3.0 | 5.6 | 4.8 | 6.8 | 6.0 | 7.4 | 5.0 | 7.6 |
Moliya | 3 | 6.0 | 8.0 | 6.8 | 8.5 | 5.0 | 7.5 | 4.4 | 7.2 | 4.2 | 6.1 | 3.8 | 5.4 | 6.0 | 8.0 | 6.0 | 8.0 | 3.0 | 6.7 |
Umumiy infratuzilma | 5 | 6.8 | 7.8 | 4.0 | 5.5 | 5.3 | 7.0 | 4.8 | 6.8 | 2.7 | 4.1 | 1.5 | 3.2 | 5.3 | 7.0 | 7.5 | 8.5 | 3.1 | 4.6 |
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, huquqiy masalalar, jamoatchilik fikri | 3 | 7.2 | 8.0 | 7.2 | 8.0 | 6.2 | 7.1 | 6.7 | 7.5 | 7.2 | 7.9 | 7.0 | 7.7 | 6.5 | 7.2 | 7.5 | 8.3 | 7.0 | 7.7 |
Olimpiya shaharchasi | 3 | 6.8 | 8.3 | 6.3 | 8.2 | 5.3 | 7.7 | 6.6 | 8.0 | 4.2 | 6.3 | 4.3 | 6.4 | 5.5 | 8.0 | 7.3 | 8.7 | 6.3 | 8.2 |
Umumiy loyiha va meros | 3 | 8.0 | 9.0 | 4.0 | 7.0 | 5.0 | 8.0 | 5.0 | 7.0 | 3.0 | 5.0 | 2.0 | 5.0 | 6.0 | 8.0 | 8.0 | 9.0 | 4.0 | 6.0 |
Xavfsizlik va qoʻriqlash | 3 | 7.3 | 8.3 | 6.4 | 7.4 | 6.3 | 7.2 | 5.2 | 6.4 | 3.4 | 4.6 | 3.0 | 4.0 | 6.7 | 7.7 | 6.4 | 7.4 | 3.9 | 4.8 |
Sport inshootlari | 4 | 6.7 | 8.0 | 5.2 | 7.1 | 6.2 | 7.7 | 5.2 | 7.1 | 4.3 | 6.0 | 3.7 | 5.4 | 5.2 | 7.1 | 7.4 | 8.7 | 4.9 | 7.0 |
Transport | 3 | 6.5 | 8.0 | 5.4 | 7.8 | 4.5 | 6.7 | 4.1 | 6.2 | 3.4 | 5.1 | 2.7 | 4.8 | 4.8 | 6.7 | 7.9 | 9.0 | 3.6 | 5.7 |
Umumiy oʻrtacha ball | 8.5 | 6.0 | 7.5 | 6.5 | 4.8 | 3.7 | 7.6 | 8.3 | 5.1 |
Beshta eng yuqori baholangan nomzod shaharlar rasmiy nomzod shahar sifatida keyingi bosqichga oʻtadi[15]. XOQ tomonidan belgilanganidek, ularga nomzodlik emblemasidagi Olimpiya ramzlari va nomzod shahar yorliqlaridan foydalanish huquqi beriladi[b].
Nomzod shaharlarni baholash
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil 15-noyabrga kelib, barcha nomzod shaharlar XOQga nomzodlik hujjatlarini taqdim etadi. Arizalar XOQ tomonidan maʼlum muddat ichida tahlil qilinganidan soʻng, ushbu shaharlarga XOQning marokashlik aʼzosi Nawal El Moutawakel raisligidagi oʻn ikki kishidan iborat XOQ baholash komissiyasi tashrif buyuradi[11]. Toʻrt kunlik tashriflar 2005-yil 3-fevraldan 17-martgacha boʻlib oʻtadi[15]:
- Madrid – 3—6-fevral
- London – 16—19-fevral
- Nyu York – 21—24-fevral
- Parij – 9—12-mart
- Moskva – 14—17-mart
Tekshiruvlar davomida Parij shahri nomzodligi mavjud ikki muammo sabab muvaffaqiyatsizlikka uchraydi: birinchisi – bir qator ish tashlashlar va namoyishlar XOQ baholash komissiyasi tashrifi bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi, ikkinchisi – XOQ va Parij delegatsiyasi asosiy aʼzolaridan biri Guy Drutga siyosiy partiya tomonidan moliyaviy korrupsiya ayblovi qoʻyilganligi eʼlon qilinadi[17].
2005-yil 6-iyun kuni XOQ inspeksiya guruhi beshta nomzod shaharlar baholangan hisobotlarni eʼlon qiladi[15]. Garchi ushbu hujjatlarda ballar yoki reytinglar boʻlmasa-da, Parij shahri boʻyicha berilgan hisobot eng yaxshisi deb topiladi, 2004-yilda baholash ishlarining birinchi bosqichida kuzatilgan kamchiliklarning koʻp qismini bartaraf etgan London shahri esa Parijdan keyingi oʻrinni egallaydi. Nyu York va Madrid hisobotlari ham juda ijobiy baholanadi, ular ichida Moskva musobaqani oʻtkazish uchun eng zaif nomzod shahar deb topiladi[18]. Xuddi shu kuni Nyu York nomzodligi 2012-yilda shahar markazida joylashgan West Side Stadium qurilishini moliyalashtirishdan bosh tortgani haqidagi xabardan keyin katta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[19]. Nyu York shahridagi kompaniyalardan biri bir hafta ichida muqobil rejani ishlab chiqadi, ammo yakuniy ovoz berishga bir oy qolganda shaharning bunday katta oʻzgarishga qoʻlga urishi uning saylovda yutish imkoniyatlariga katta salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Tender jarayoni davomida hamda XOQ 117-sessiyasida ovoz berish arafasida Parij yaqin tarixda uchinchi bor Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish taklifini berganligi sababli barcha nomzod shaharlar orasida favorit sifatida koʻriladi (oldingi takliflar 1992 va 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun boʻlgan). London dastlab Parijdan sezilarli farq bilan ortda qolib ketgan boʻlsa-da, 2004-yil 19-mayda Sebastian Coening „London 2012“ delegatsiyasi rahbari etib tayinlanishi bu holatni ijobiy tomonga oʻzgartira boshlaydi [20]. 2004-yil avgust oyining oxirlarida London va Parij oʻrtasidagi munosabatlarni bashorat qiluvchi xabarlar paydo boʻla boshlaydi[21]. XOQ 117-sessiyasiga yakuniy tayyorgarlik koʻrish bosqichida London va Parij oʻrtasidagi raqobat tobora kuchayib borayotgandek koʻrinadi. 2005-yil 1-iyulda XOQ prezidenti Jacques Roggedan ushbu raqobatda qaysi shahar gʻolib boʻlishi haqida soʻralganda, Rogge oʻsha yerda yigʻilgan matbuot vakillariga quyidagicha javob beradi[22]:
Men buni bashorat qila olmayman, chunki XOQ aʼzolari qanday ovoz berishlarini bilmayman. Ammo mening his-tuygʻularim menga ular orasidagi farq juda qisqa boʻlishini aytadi. Ehtimol, bu oʻnta yoki undan kam ovoz farqiga toʻgʻri keladi.
Yakuniy tanlov jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 5-iyulda Singapurdagi Esplanade – Theaters on the Bay koʻrfazida XOQning 117-sessiyasi ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Bosh vazir Lee Hsien Loong ushbu ochilish marosimiga faxriy mehmon sifatida tashrif buyuradi va sessiyani rasman ochib beradi. Marosim „One Voice, One Rhythm, One World“ (Bir ovoz, bir marom, bir dunyo) mavzusidagi qoʻshiq, raqs va jang sanʼati koʻrgazmalari bilan boshlanadi[23].
2005-yil 6-iyul – saylov kuni Raffles shahrida joylashgan Kongress markazida XOQ sessiyasi boʻlib oʻtadi. Kongress UTC vaqti bilan 1:00 da nomzod shaharlarning bir soatlik yakuniy taqdimotlari bilan boshlanadi, keyin esa Parij, Nyu York, Moskva, London va Madrid ketma-ketligi boʻyicha nomzod shaharlarning yarim soatlik matbuot brifingi boʻlib oʻtadi. Taqdimotlar UTC vaqti bilan soat 9:00 da yakunlanadi va saylov oldidan Baholash komissiyasining yakuniy hisoboti taqdimoti boʻlib oʻtadi[24]. XOQning 116 nafar faol aʼzosidan 17 nafari birinchi turda ovoz bera olmaydi, buning natijasida faqatgina 99 nafar aʼzo oʻz ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega edilar[25].
Nomzod shaharlar hamda ushbu mamlakat aʼzolari (13) | Boshqa aʼzolar (4) |
---|---|
|
Elektron ovoz berish UTC vaqti bilan 10:26 da boshlanadi va dastlabki uchta raundda mos ravishda Moskva, Nyu-York va Madrid shaharlari chiqarib yuboriladi. Shahar nomzodlar roʻyxatidan chiqarib tashlangandan soʻng, oʻsha shahar mamlakati aʼzolariga keyingi turlarda ovoz berishga ruxsat beriladi. London va Parij nomzodligi UTC vaqti bilan 10:45 da yakunlangan toʻrtinchi va oxirgi ovoz berish bosqichiga yoʻl oladi. Oradan bir soat oʻtgach, 11:49 UTC da London shahri nomzodligi Jacques Rogge tomonidan rasman gʻolib deb eʼlon qilinadi[3]. Oʻsha vaqtda yakuniy saylov natijalarini taxminan bir milliard tomoshabin jonli efir orqali tomosha qiladi[23].
Eʼlondan soʻng, saylov byulletenlari natijalari eʼlon qilinadi: London birinchi, uchinchi va yakuniy turlarda eng koʻp ovoz toʻplaydi, Madrid esa ikkinchi turda gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, biroq uchinchi turda ovozlarning kamligi sabab musobaqadan chetlatiladi. Parij va London shaharlari oʻrtasida kechgan raqobat natijalari yakuniy bosqichda toʻrt ovozlik farq bilan eʼlon qilinadi.
Shahar | MOQ | 1-tur | 2-tur | 3-tur | 4-tur |
---|---|---|---|---|---|
London | Birlashgan Qirollik | 22 | 27 | 39 | 54 |
Parij | Fransiya | 21 | 25 | 33 | 50 |
Madrid | Ispaniya | 20 | 32 | 31 | — |
Nyu York | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 19 | 16 | — | — |
Moskva | Rossiya | 15 | — | — | — |
Nomzod shaharlar haqida umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomzod shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar | Mamlakat | Milliy olimpiya qoʻmitasi | Natija | ||
---|---|---|---|---|---|
London | Birlashgan Qirollik | Britaniya olimpiya qoʻmitasi (BOA) | Gʻolib | ||
Asosiy maqola: 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun London taklifi
Birmingem va Manchester shaharlari tomonidan 1992, 1996 va 2000-yillardagi Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilishi uchun taqdim etilgan takliflar saylovda gʻolib chiqa olmaganidan soʻng, Britaniya Olimpiya Assotsiatsiyasi (BOA) 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun London shahrini eng yaxshi tanlov degan qarorga keladi[26]. Londonning markaziy qismi – Lower Lea vodiysi musobaqa oʻtkaziladigan asosiy hududlardan biri boʻlib, vodiy xalqaro miqyosdagi Olimpiya bogʻi va Olimpiya shaharchasiga aylantirilishi kerak edi. Shuningdek, vodiy "Olympic Javelin" deb nomlanuvchi tezyurar transport xizmati va soatiga 240 000 kishini tashishga qodir boʻlgan mavjud transport aloqalariga ulanishi kerak edi[27]. Oʻyinlar oʻz nihoyasiga yetganidan keyin esa ushbu hudud 500 akr (2 km2) maydonga ega boʻlgan, Yeropada 150 yildan ortiqroq vaqt mobaynida rivojlangan eng yirik parkka[28] hamda Olimpiya tibbiyot instituti (OMI), sport tibbiy va reabilitatsiya markaziga aylantirilishi rejalashtirilgan edi[29]. Delegatsiya, shuningdek, London metro tizimini ham sezilarli darajada yaxshilashni va butun shahar boʻylab yangi Olimpiya maydonlariga koʻproq sarmoya kiritishni oʻz takliflariga kiritadi. Londonning dunyoga mashhur boʻlgan diqqatga sazovor joylari va mavjud sport maydonchalariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. London saylov davomida Parijdan keyin ikkinchi favorit shahar deb hisoblangan boʻlsa-da, ammo Sebastian Coe boshchiligidagi ilhomlantiruvchi yakuniy taqdimot London nomzodligini fransuzlardan ancha oldinga oʻtib ketishiga sababchi boʻladi. London saylovda gʻolib boʻlganidan keyin oradan maʼlum vaqt oʻtgach, yaʼni 2005-yil 7-iyulda jamoat transporti tizimida teraktlar sodir etiladi. Bu esa 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq qoʻrquvlarga sabab boʻladi, biroq XOQ va Britaniya rasmiylari ushbu holatni oʻyinlar oʻtkazilishi uchun xavf tugʻdirmasligini bildiradi[30][31]. | |||||
Parij | Fransiya | Fransiya milliy olimpiya va sport qoʻmitasi (CNOSF) | Londondan keyingi birinchi favorit shahar | ||
Asosiy maqola: 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Parij taklifi
Parij 1992 va 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun oʻtkazilgan saylovda Barselona va Pekinga imkoniyatni boy berganidan keyin, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun eng favorit shahar[3] sifatida tan olinadi. Parij sport maydonchalarini shaharning shimoliy va gʻarbiy klasterlarida, ularning oʻrtasida piyoda bosib oʻtilganda har biridan 10 daqiqadan kamroq masofada joylashgan Olimpiya qishloqlari boʻlishini taklif qiladi[32]. Parij taklifi shaharning yaxshi taʼminlangan transport tizimi va koʻplab sayyohlarni qabul qilish uchun turar-joylarning koʻpligi tufayli XOQ tomonidan texnik jihatdan yuqori baholanishga muvaffaq boʻladi. Ushbu taklif parijliklar va butun millat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi[33]. Mamlakatda Stade de Frans kabi infratuzilmaning katta qismi allaqachon mavjud boʻlsa-da, oʻyinlardan keyin boshqa joyga koʻchirilishi va qayta foydalanish mumkin boʻlgan vaqtinchalik sport maydonchalari qurilishi taklif qilinadi[33]. Parijning boy madaniy va Olimpiya merosi, shuningdek, shaharning 1998-yilgi FIFA Jahon kubogi hamda 2003-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionati kabi muvaffaqiyatli xalqaro sport tadbirlarini oʻtkazish tajribasi ham saylov davomida „Parij-2012“ delegatsiyasi tomonidan taʼkidlab oʻtiladi[33]. Ushbu dalillarning barchasi Parijni Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun juda ulkan salohiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish imkoniyatini qoʻldan boy bergach, 2017-yilda, nihoyat, Parij 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritadi. | |||||
Madrid | Ispaniya | Ispaniya olimpiya qoʻmitasi (COE) | Londondan keyingi ikkinchi favorit shahar | ||
Asosiy maqola: 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Ispaniya taklifi
2003-yil boshida, Madrid shahri Olimpiya oʻyinlariga mezmoblik qilish boʻyicha Seville ustidan gʻalaba qozonadi[34]. Shahar XOQga deyarli barcha sport maydonchalari bir-biriga yaqin holda shahar markaziga yaqin boʻlgan uchta klasterda joylashtiriladigan oʻrtachadan yuqori taklifni taqdim etadi[35]. Mavjud bir nechta obyektlar Olimpiadani oʻtkazish uchun kamroq xarajat sarflanishini taʼminlagan boʻlsa, yangi va doimiy sport inshootlari esa shaharning oʻziga xos Olimpiya merosiga ega ekanligini koʻrsatib beradi[35]. Olimpiada oʻyinlari tarixida birinchi marta poytaxtda yigʻilgan yuz minglab sayyohlarni tashish va ularni joylashtirish ishlari mutlaqo jamoat transporti infratuzilmasiga bogʻliq boʻladi[35]. Barcha inshootlar va jamoat transporti qayta tiklanadigan energiyada ishlaydi, shu sababli shahar Olimpiada oʻyinlarini „yashil Olimpiada“ga aylantiradi[35]. Shahar, shuningdek, bir qator Olimpiya sport turlari boʻyicha koʻplab Yevropa va jahon chempionatlari hamda kuboklarini oʻtkazish tajribasiga ham ega edi[36]. 5 ta nomzod shaharlar ichida, Madrid oʻzining tuzlishi va milliy aholisiga koʻra eng yuqori darajadagi shahar edi[36], shuningdek, XOQ sobiq prezidenti Juan Antonio Samaranch tomonidan ushbu shahar nomzodligining qoʻllab-quvvatlanishi Madrid taklifining yanada yuqori baholanishiga sabab boʻladi[37]. Saylovning yakuniy bosqichi davomida XOQ aʼzolaridan biri boʻlmish Monaco shahzodasi Albert 2004-yil 11-mart kuni "Al-Qoida" tashkilotining Madridga uyushtirgan va 191 kishining umriga zomin boʻlgan terroristik hujumlarini soʻroq ostiga oladi. Ispaniya delegatsiyasi shahzoda Albert tomonidan bildirilgan ushbu fikrlarni oʻziga nisbatan haqoratomuz deya baholaydi va aynan keltirilgan ushbu dalil yakuniy saylov jarayonida Londonning Madrid ustidan gʻalaba qozonishiga sabab boʻldi deb hisoblaydi[38]. | |||||
Nyu York | Amerika Qoʻshma Shtatlari | Amerika Qoʻshma Shtatlari olimpiya qoʻmitasi (USOC) | Londondan keyingi uchinchi favorit shahar | ||
2002-yilda AQShda boʻlib oʻtgan ichki saralash jarayonlari davomida Nyu York San Francisco ustidan gʻalaba qozonadi. „Olimpiya X“ rejasi Nyu York taklif guruhi tomonidan keltirilgan asosiy konsepsiya boʻlib, ikkita asosiy transport liniyalari Manhattan, Queens, Bruklin va hatto East Rutherford va New Jerseydagi Olimpiya oʻyinlarining bir nechta klasterlarini birlashtiradi va 8550 xonali Olimpiya shaharchasini chiziqlar kesishmasida joylashtiradi[39]. Klasterlar ichida Madison Square Garden, Yankee stadioni, Central Park, USTA Milliy tennis markazi, Giants Stadioni hamda Continental Airlines Arena (Meadowlands sport majmuasi) kabi mavjud inshootlar Queensbridge atletika markazi, Greenbelt ot sporti markazi hamda Flushing Meadows Regatta markazi kabi yangi binolar bilan yonma-yon joylashgan boʻladi[40]. Shahar tashrif buyuruvchilarni turar-joy bilan toʻliq taʼminlay olish va turistlarga yuqori darajada xizmat koʻrsatish tajribasiga ega boʻlib, oʻzining turli sohalardagi keng imkoniyatlari bilan ham jahon bozorida oʻziga xos oʻrniga ega edi[39]. Nyu York shtati maʼmurlari Olimpiya oʻyinlarining asosiy inshooti boʻlgan West Side stadioni qurilishini amalga oshirishdan bosh tortgach, taklif muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va bu holat qisqa muddatda Nyu York taklifining imkoniyatlariga putur yetkazadi[41]. Keyinchalik, rasmiylar tadbirlar va yengil atletika bahslarining oʻtkazilishi uchun City Field stadionini qurish boʻyicha kelishuvni eʼlon qilgach, Nyu York taklifi yana qayta tiklanadi[41]. Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilishi uchun Nyu York shahri hech qachon lider shaharlar roʻyxatida boʻlmagan, qolaversa, 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Kanadaning Vankuver shahrida oʻtkazilishi tasdiqlanganidan keyin Nyu Yorkning Olimpiadaga mezbonlik qilish imkoniyati yanada pasayadi[c]. Nyu York shahri 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya bahslarini oʻtkazish uchun qoʻyilgan nomzod shaharlar roʻyxatidan chiqarib tashlanadi, oradan bir yil oʻtgach esa Qoʻshma Shtatlarning Los-Anjeles shahri 2028-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritadi (bundan oldin AQSHning Salt Lake City, Yuta shtati oxirgi marta 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilgan). | |||||
Moskva | Rossiya | Rossiya olimpiya qoʻmitasi (OKR) | Londondan keyingi toʻrtinchi favorit shahar | ||
Asosiy maqola: 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Moskva taklifi
Moskvaning 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish rejasi 1980-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari davomida yaratilgan sport inshootlariga asoslangan edi. Shahar barcha sport musobaqalarini shaharning chegara qismlarida joylashgan sport maydonchalarida va Moskva daryosi atrofidagi klasterlashgan hududlarda oʻtkazishni oʻz takliflariga kiritadi, bu esa tanlov yetakchisi Valery Shantsevning fikricha, Olimpiadani „eng ixcham oʻyinlardan“ biriga aylantiradi[42]. Taklifga koʻra, barcha mavjud inshootlar rekonstruksiya qilinadi, shuningdek, Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun bir qancha yangi binolar ham qurib bitkaziladi[43]. Shaharning Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazishga moʻljallangan markaziy va asosiy inshooti bu daryo qirgʻoqlaridan birida quriladigan Olimpiya shaharchasi edi[43]. Oʻyinlarni oʻtkazish taklifi shahar va mamlakat aholisi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga, shuningdek, uzoq muddatli mezbonlik tajribasiga qaramay, Moskva shaharga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun turar-joy yetishmasligi va eski transport tizimidagi kamchiliklardan aziyat chekadi, bu esa Olimpiya oʻyinlari paytida kutilgan tirbandlikka dosh bera olmas edi[43]. Moskva shahri 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish imkoniyatini qoʻlga kirita olmagach, oradan ikki yil oʻtib, Rossiyaning Sochi shahri 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻladi. |
Bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tony Blairning Olimpiya maydonchasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tony Blair Nigeriyada boʻlib oʻtadigan sammitga tashrif buyuradi va sammit davomida tashkillashtirilgan nonushta vaqtida yigʻilganlarga Olimpiadani oʻtkazish uchun nomzodligi qoʻyilgan London taklifi haqida gapiradi[44]. Blair shu oʻrinda 2002-yilda Manchesterda boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlari kontekstidan oʻrin olgan bir taklifni eslatib oʻtadi: „Hamdoʻstlik oʻyinlarini oʻtkazish orqali erishilgan muvaffaqiyat qisman boʻlsa-da bizni 2012-yilgi Olimpiya oʻyinlariga ham daʼvogarlik qilishimiz ilhomlantiradi“[44]. XOQ saylovning yakuniy bosqichidan oldin beriladigan har qanday xalqaro miqyosdagi takliflarni ilgari surishni qatʼiyan taʼqiqlaganligi sababli, Tony Blairning ushbu harakati sababli qoʻmita Britaniyaning yetakchi rasmiylariga daʼvo qilingan qoidabuzarlik boʻyicha tushuntirish xati yoʻllaydi[44]. Hamdo'stlik o'yinlari federatsiyasi, Britaniya Olimpiya assotsiatsiyasi raislari, Dauning-strit hamda „London-2012“ matbuot kotiblari Blairning XOQ axloq kodeksi qoidalarini buzganligi toʻgʻrisidagi ayblovlarini mutlaqo rad etgan holda, uning izohlari kontekstdan olib tashlanganligini, chunki nonushta vaqtida Blairning London taklifini ilgari surish niyati yoʻqligini, aksincha, oʻtkazilgan oʻyinlar borasida shunchaki soʻz ochganini taʼkidlaydilar[44]. Shunga qaramay, kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan axloqiy toʻqnashuvlarning oldini olish maqsadida oradan ikki oy vaqt oʻtgach, advokat Michael Beloff „London-2012“ delegatsiyasining etika boʻyicha komissari etib tayinlanadi[45].
Ivan Slavkovning korrupsiyaviy janjali
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil 4-avgustda BBCning „Panorama“ telekanali bir yillik tekshiruv natijalarini eʼlon qiladi, unda muxbirlar 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini Londonda oʻtkazilishidan manfaatdor boʻlgan biznes vakillari manfaatlarini ifodalashi kerak boʻlgan „New London Ventures“ xayoliy firmasining maslahatchilari sifatida ishtirok etishadi. Hisobotda baʼzi Olimpiada agentlari xayriya yoki pul evaziga baʼzi XOQ aʼzolarining London nomzodligiga beriladigan ovozlarini qanday yoʻl bilan kafolatlashi mumkinligi oshkor qilinadi[7]. Yashirin jamoa ushbu agentlardan birining Goran Takac bilan boʻlgan uchrashuvini yashirincha suratga oladi va ularni XOQ aʼzosi, Bolgariya Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Ivan Slavkovga taqdim etadi[7]. Slavkov 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarining oʻtkazilishi uchun qaysi nomzod shaharga ovoz berishini hali hal qilmaganligi sababli hozircha ushbu muzokaralar uchun hali ochiq ekanligini aytadi[46]. Takac Slavkovning XOQdagi pozitsiyasi boshqa aʼzolar bilan uchrashuvlar boʻyicha qatʼiy qoidalarni chetlab oʻtishda qoʻl kelishini va Slavkovning xizmatlari uchun toʻlangan mablagʻ jurnalistlarga berilgan dastlabki hisobotlarga kiritilganini taʼkidlaydi[46].
Dastur efirga uzatilishidan bir necha kun oldin XOQ Etika komissiyasi hujjatli filmda qoʻyilgan ayblovlarni tekshirish uchun surishtiruv ishlarini boshlaydi[47]. „Panorama“ jurnalistlari London taklifining tergov bilan hech qanday aloqasi yoʻqligini aniq taʼkidlashgan boʻlsalar-da, tender komissiyasi rasmiylari janjaldan uzoqlashishga umid qilib, jamoaning hech qanday bilimi va ishtiroki yoʻqligini daʼvo qilgan holda qoʻshimcha bayonotlar beradi, shuningdek, „Men shuni aniq aytishim kerakki, London 2012 bu haqida hech narsa bilmas edi – bizning yashiradigan hech narsamiz yoʻq“, deydi London 2012 raisi oʻrinbosari Alan Pascoe hamda „(XOQ soʻrovi bilan) hamkorlik qilish va bu voqeani bekor qilish uchun qoʻlimizdan kelganini qilishga“ vaʼda beradi[47]. Sebastian Coe, ayni paytda oʻsha paytdagi rais oʻrinbosari Pasconing soʻzlarini yana bir bor tasdiqlaydi va „London 2012 tender jarayoni davomida toʻgʻri va axloqqa zid boʻlmagan tarzda harakat qildi“ deb ishontiradi[47]. Hujjatli filmefirga uzatilganidan soʻng, XOQ aʼzolari va rasmiylari London 2012 delegatsiyasiga qoʻyilgan har qanday qonunbuzarliklarni olib tashlaydi[48].
Efirdan soʻng XOQ Ivan Slavkovni vaqtincha diskvalifikatsiya qildi va unga 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga borishni taqiqlaydi[7]. Jacque Rogge oʻzini „baʼzi odamlar qoidalar boʻyicha harakat oʻynamayotgani uchun gʻazablangan odam“ deya taʼkidlab, „Mening rahbarligim ostida axloqsiz xatti-harakatlarga toqat yoʻqligini taʼkidlab oʻtishim mumkin“, – deydi[7]. 2004-yil 25-oktyabrda eʼlon qilingan XOQ Etika komissiyasi hisobotida Slavkov qoralanadi va BBC tergovi natijalarining haqqoniyligi tasdiqlanadi: "janob Slavkov va ikki jurnalist oʻrtasidagi uchrashuvning toʻliq yozib olinishi shuni koʻrsatadiki: … janob Slavkov hech qachon hech qanday yoʻl bilan nomzod shaharga, shuningdek, u va janob Takac taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan XOQ aʼzolarining ovozlarini taʼminlash boʻyicha shartnoma shartlarini muhokama qilishga qarshi boʻlmagan[46][49]. Oʻziga qoʻyilgan ayblovdan xabardor topgach, Slavkov yigʻilishda gumon qilinayotgan korrupsionerlarni ayblash maqsadida ishtirok etganini taʼkidlaydi[7], ammo Etika komissiyasi hisobotida aytilishicha, „ushbu uchrashuvdan koʻrinib turibdiki, janob Slavkovning maqsadi bu korrupsioner XOQ aʼzolarini qoʻlga olish boʻlmagan“[46]. Unda aytilishicha, Slavkov „korrupsiyaning haqiqiy ildizlarini topish“ uchun hech qanday mandat olmagan, shuningdek, u Takac xizmatlaridan manfaatdor boʻlishi kerak boʻlgan[46]. Hisobot yakunida shunday xulosaga kelinadi:
"Janob Slavkov Olimpiya harakati va XOQ shaʼni va obroʻsiga dogʻ tushirdi. . . Darhaqiqat, XOQ aʼzosining ushbu „muzokara“da ishtirok etishi XOQ aʼzolari va agentlari ichida XOQning boshqa aʼzolariga pora berishi mumkinligi haqidagi jurnalistlar tomonidan ilgari surilgan gipotezaga boʻlgan ishonchni oshirdi"[46] .
2005-yil 7-iyuldagi XOQning 117-sessiyasida XOQ aʼzolarining ovoz berish jarayonida 84-12 ovoz natijasida Ivan Slavkov tashkilotdan chiqarib yuboriladi[8].
Fransuzlarning ovoz berishdan keyingi ayblovlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bertrand Delanoë boshchiligidagi Parij delegatsiyasi Tony Blair va London delegatsiyasi XOQ qoidalarini buzganliklarini taʼkidlaydilar. 2005-yil 11-iyul kuni Delanoë: „Ular xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilmadilar. Men ular sariq chiziq bilan noz-karashma qilishgan deb aytmayman, ular sariq chiziqni kesib oʻtishgan deb aytaman“[5][50]. London delegatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan bahs-munozaralarga sabab boʻluvchi harakatlardan biri ularning musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning ragʻbatlantirilishi boʻlib, unda bepul reyslar, oziq-ovqat, shaharlararo qoʻngʻiroqlar uchun vaucherlar va boshqa turar-joylar uchun moliyaviy yordamlar mavjud edi. London delegatsiyasi tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus eʼlon qilinganidan soʻng delegatsiyaning oʻzi Jacques Roggening „savdo urushi“ni boshlashi mumkinligidan xavotir olgan holda darhol ushbu taklifni qaytarib oladi[51]. Parij, shuningdek, Tony Blair tomonidan amalga oshirilgan lobbichilik ishlarini noqonuniy deb daʼvo qiladi, biroq bu ayblov Downing-Street tomonidan qatʼiyan rad etiladi[50]. Ushbu munozarali vaziyat 2005-yil 4 avgust kuni Jacques Roggening oʻzining bayonotida „Men buni aniq ayta olamanki, mening fikrimcha, raqobat adolatli boʻldi. Bu biz belgilagan qoidalarga muvofiq oʻtkazildi“[6], deya koʻrsatma bermagunicha davom etadi. Delanoëning izohlari Parij siyosiy rahbarlari tomonidan qattiq tanqid qilinadi, Parij Kengashi Xalq harakati Ittifoqi (UMP) partiyasi prezidenti Claude Goasguen: „Hech qanday dalil keltirmay turib, bunday ayblovlarni amalga oshirish mumkin emas“[5] deydi.
Singapurda boʻlib oʻtgan Fransiya va Britaniya delegatsiyalari oʻrtasida keskinlik saylovdan oldin ham kuchaygan edi. Parij delegatsiyasi londonlik maslahatchilar Jim Sloman va Rod Sheardga qarshi shikoyat yuborish ishlarini koʻrib chiqadilar, chunki ular Stade de Frans stadioni yengil atletika bahslarini oʻtkazish uchun mos emas, bu raqib taklifi borasida bayonot berishni taʼqiqlagani bosi XOQ qoidalariga zid keladi, deb taʼkidlaydi[52]. London delegatsiyasi ushbu ikki aʼzo oʻsha paytda shu mazmundagi taklif bilan shartnoma tuzganligini darhol rad etadi va ularning qarashlari London delegtsiyasi taklifini aks ettirmasligini taʼkidlaydi[52].
Notoʻgʻri ovoz berish jarayonlaridagi bahslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 23-dekabrda isroillik XOQ va XOQning „London-2012“ bahslarini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi aʼzosi Alex Gilady uchinchi bosqichda Madrid va Parij shaharalariga ikkinchi oʻrin berilishi kerakligini aytib oʻtgan boʻlsa-da, ayrim xatoliklar sabab ushbu taklif amalga oshirilmaydi, chunki Gretsiya vakili Lambis Nikolaou ovoz berish jarayonida notoʻgʻri tugmani bosadi[53]. Uning soʻzlariga koʻra, agar ushbu xatolik sodir boʻlmaganida, Madrid ikkinchi oʻrin uchun ovoz berish jarayonida Parijni magʻlub etgan boʻlardi va soʻnggi turda Londonni ham magʻlubiyatga uchrata olardi[53][54]. Biroq XOQning britaniyalik aʼzosi Craig Reedie bu maʼlumotlarni rad etgan holda, „Ismi oshkor etilmagan aʼzoning mutlaqo boshqa natijaga olib keluvchi qandaydir ish qilgan boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlar – bu koʻplab XOQ saylovlaridan keyin sodir etiladigan janjallardan biridir“[53].
2005-yil oxiriga kelib, Lambis Nikolau Alex Gilady tomonidan qilingan daʼvolarni rad etadi: „2012-yilgi nomzodlar uchun ovoz berishning uchinchi bosqichidagi ishtirokim bilan bogʻliq barcha taxminlar mutlaqo asossiz. Men uchinchi tur ovoz berish vaqti oʻz ovozimni bermaganimni bildiraman“. Uning soʻzlari, shuningdek, XOQ ovoz berish natijalari bilan ham tasdiqlanadi, chunki agar Lambis Nikolau Madridga ovoz bergan boʻlgan taqdirda ham, shahar ovoz berishnig uchinchi bosqichida Parijni magʻlub eta olmagan boʻlar edi.
Jacques Chiracning odob-axloqqa zid sharhlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XOQ 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlari uchun mezbon shaharni tanlashidan bir kun avval Fransiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Jacques Chiracning ayrim soʻzlari koʻplab munozaralarga sabab boʻladi. Jacques Chirac odob-axloq qoidalariga zid ravishda Britaniyaga qarshi „Fin taomlari britaniyaliklarnikidan ham yomonroq boʻlgan yagona taomdir“, „Britaniyaliklarning Yevropa qishloq xoʻjaligi uchun qilgan yagona ishi bu axmoqona sigir kasalligi“ kabi soʻzlarni aytadi. Chiracning odob-axloq qoidalariga zid ravishda raqib shaharni bunday ravishda tanqid qilib aytilgan gaplari haqiqiy sportchiga xos boʻlmagan ish deya hisoblanadi, shuningdek, aynan yakuniy saylov jarayonlarida XOQning finlandiyalik ikki nafar aʼzolari ham oʻz ovozlari bilan ishtirok etishayotgan edi. Parij koʻpchilik tomonidan 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun peshqadam shahar sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa-da, koʻpchilik Parijning Londonga juda kichik farq bilan yutqazishining sababini ham aynan Chiracning soʻzlari tufayli deb hisobashadi[55].
Ariza beruvchi potensial shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun ariza topshirgan 9 ta eng talabgor shaharlardan tashqari boshqa shaharlar ham ushbu musobaqa mezbonlik qilish uchun oʻz takliflarini berishadi, biroq ular tomonidan keltirilgan takliflar MOQ tomonidan (bir mamlakatdan bir nechta shaharlar ishtirok etgan taqdirda) XOQga taqdim etilmaydi yoki ularning arizalari kerakli hujjatlarni XOQga topshirishdan oldinroq qaytarib olinadi[56].
Nigeriya poytaxti Abuja shahri Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan holda, ushbu musobaqalarni oʻtkazuvchi Afrika qitʼasining ilk shahriga aylanish maqsadida XOQga ariza berishni rejalashtiradi, ammo jarayon oxirlariga kelib shahar musobaqa uchun kerakli arizani toʻldirmaydi[57]. Bundan tashqari Osiyo qitʼasidan ham toʻrtta nomzod shahar Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishdan manfaatdor edi, biroq ushbu shaharlar ham rasman ariza topshirmaydilar. Bular: Haydarobod[58], Nyu-Dehli[59], Osaka va Tel-Aviv[60] shaharlari edi. Janubiy Amerika materigidan Braziliya Olimpiya qoʻmitasi Rio-de-Janeyro shahrini San-Pauludan koʻra yaxshiroq nomzod deb hisoblaydi[61] va agar ushbu shahar XOQ tomonidan Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun tanlangan taqdirda, ushbu musobaqa Janubiy Amerika materigida oʻtkazilgan ilk Olimpiada oʻyinlari boʻlishi mumkin edi (oradan toʻrt yil oʻtib, Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritadi). Kanadaning Toronto shahri 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish imkoniyatini qoʻldan boy bergach, 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlishni rejalashtiradi, ammo Vankuver shahri 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarini qabul qilib olganligi sababli mamlakat Yozgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun ariza berish rejalarini bekor qiladi[62]. Mamlakat ichki saralash jarayonlariga 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun AQShning Hyuston, Vashington DC (yaqin atrofdagi Baltimore bilan hamkorlikda), Cincinnati, Dallas, Pitsburg, Los-Anjeles[63], Seattle va Tampa[64] (yaqin atrofdagi Orlando bilan hamkorlikda) shtatlari ham oʻz nomzodliklarini qoʻyishadi[65], biroq yakunda Amerika Qoʻshma Shtatlari olimpiya qoʻmitasi (USOC) tomonidan 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlarini oʻtkazish uchun Nyu York shahri tanlab olinadi[66], yakuniy saralash jarayonlarida Nyu York aynan San-Fransisko ustidan gʻalaba qozonadi. Shuningdek, Yevropaning bir qancha shaharlari ham London, Madrid, Moskva va Parij kabi nomdor shaharlar ketidan ergashishni xohlashadi va oʻzlarining MOQ tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga umid qilishadi. Jumladan, Germaniya olimpiya qoʻmitasi oʻyinlarni qabul qilish uchun Dusseldorf, Frankfurtmayn, Gamburg va Stuttgartdan koʻra Leipzigni tanlab oladi[67], Ispaniyada esa Sevilla shahri Madridga magʻlub boʻladi[34]. Shuningdek, Budapesht[68], Milan, Rim[69], Stokgolm, Gyoteborg, Malmö, Oslo va Kopengagen shaharlari ham 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun oʻz arizalarini topshirishgan edi[70].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ^ Rasmiy ravishda „XXX Olimpiada oʻyinlari“ va „XIV Paralimpiada oʻyinlari“ nomlari bilan tanilgan.
- ^ Olimpiya ramzlari (Olimpiya halqalari) – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining (XOQ) mualliflik huquqi bilan himoyalangan logotip hisoblanib, tashkilot faqat ariza beruvchi shaharlar roʻyxatidan tanlab olingan, yuqori ball toʻplagan nomzod shaharlargagina oʻz logotiplarida Olimpiya ramzlaridan foydalanishga ruxsat beradi[71][72].
- ^ XOQ Olimpiya oʻyinlarini ketma-ket bitta qitʼada oʻtkazilishiga mutlaqo qarshilik qiladi[73] Biroq yaqin tarixda 2004-yilgi Yozgi va 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Yevropa davlatlarida boʻlib oʻtgan, XOQ prezidenti Jacque Rogge bir qitʼada ketma-ket oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlari bundan keyingi oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlari uchun hech qanday salbiy taʼsir koʻrsatmasligini aytgan[74].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „London wins 2012 Olympics“. CNN (2005-yil 7-iyul). 2007-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „London named 2012 Olympics host“. MSNBC (2005-yil 18-iyul). 2005-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „London beats Paris to 2012 Games“. BBC Sport (2005-yil 6-iyul). 2007-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „London 2012 Election“. Olympic Games. International Olympic Committee. 2007-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „JO 2012: Delanoë relance la polémique“ (fr). L'Expansion (2005-yil 11-iyul). 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 11-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 „Rogge Calls 2012 Host City Competition "Fair"“. GamesBids (2005-yil 4-avgust). Qaraldi: 2005-yil 4-avgust.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 „Buying the Games“. BBC News (2005-yil 6-iyul). Qaraldi: 2007-yil 3-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 „SINGAPORE 2005: Session Receives Reports“. International Olympic Committee (2005-yil 7-iyul). Qaraldi: 2007-yil 4-aprel.
- ↑ Olympic Charter. International Olympic Committee, 1 September 2004. Qaraldi: 2007-yil 28-mart. (Wayback Machine saytida 2011-07-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Host City Election Procedure“. International Olympic Committee. 2007-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-mart.
- ↑ 11,0 11,1 „Role and composition of the Evaluation Commission“. 117th IOC Session. International Olympic Committee. 2007-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-mart.
- ↑ „FAQ – ELECTION OF AN OLYMPIC GAMES HOST CITY – Host city election“. International Olympic Committee. 2007-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-mart.
- ↑ „Election procedure“. 117th IOC Session. International Olympic Committee. 2007-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-mart.
- ↑ „The Organising Committees of the Olympic Games“. The Movement. International Olympic Committee. 2007-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-mart.
- ↑ 15,0 15,1 15,2 15,3 15,4 15,5 „Candidature Procedure for the 2012 Olympic Games“. International Olympic Committee. 2007-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-mart.
- ↑ Report by the IOC candidature acceptance working group to the IOC Executive Board. International Olympic Committee, 12 March 2004 — 97-bet. Qaraldi: 2007-yil 26-mart.
- ↑ „Day One of Paris 2012 Inspection By IOC“. GamesBids. Qaraldi: 2005-yil 9-mart.
- ↑ „Paris, London and New York Get Glowing IOC Reports“. GamesBids. Qaraldi: 2005-yil 6-iyun.
- ↑ „Funding For New York 2012 Olympic Stadium Rejected“. GamesBids. Qaraldi: 2005-yil 6-iyun.
- ↑ „Race For 2012 Summer Olympics Could be Photo Finish“. GamesBids (2005-yil 5-iyun). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „London And Paris Tie in 2012 Bid“. GamesBids. Qaraldi: 2004-yil 31-avgust.
- ↑ „Rogge Arrives in Singapore“. International Sailing Federation (2005-yil 1-iyul). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ 23,0 23,1 „The Olympics in Singapore“. Singapore Ministry of Foreign Affairs. 2007-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ „Session Calendar“. 117th IOC Session. International Olympic Committee. 2007-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-mart.
- ↑ „Election of the host city for the Games of the XXX Olympiad – Who votes?“. 117th IOC Session. International Olympic Committee. 2007-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-mart.
- ↑ „Rivals for 2012: London“. BBC Sport (2005-yil 8-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „Stratford Olympic Park“ (2006-yil 25-yanvar). 2007-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „A lasting legacy – A new park“. London2012.com. LOCOG. 2007-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „Olympic Medical Institute“. 2007-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „London Terrorist Attack Won't Affect Host City Status Says IOC – Celebration Cancelled“. GamesBids (2005-yil 7-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „London Will Stage Safe And Secure Games Says Sports Minister“. GamesBids (2005-yil 9-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „Rivals for 2012: Paris“. BBC Sport (2005-yil 8-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ 33,0 33,1 33,2 Report of the IOC Evaluation Commission for the Games of the XXX Olympiad in 2012 – Paris. International Olympic Committee, 6 June 2005. Qaraldi: 2007-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 2008-02-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ 34,0 34,1 „Madrid Chosen Spain's Candidate For 2012 Bid“. GamesBids (2003-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ 35,0 35,1 35,2 35,3 „Rivals for 2012: Madrid“. BBC Sport (2005-yil 8-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ 36,0 36,1 Report of the IOC Evaluation Commission for the Games of the XXX Olympiad in 2012 – Madrid. International Olympic Committee, 6 June 2005. Qaraldi: 2007-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 2011-07-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Madrid 2012 Gets Support From Samaranch“. GamesBids (2005-yil 4-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „Alberto de Mónaco niega haber sido "teledirigido"“ (es). El Mundo (2005-yil 13-iyul). Qaraldi: 2007-yil 1-aprel.
- ↑ 39,0 39,1 Report of the IOC Evaluation Commission for the Games of the XXX Olympiad in 2012 – New York. International Olympic Committee, 6 June 2005. Qaraldi: 2007-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 2007-04-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ Lieber, Jill. „Home improvements“. USA Today (2004-yil 18-may). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ 41,0 41,1 „Rivals for 2012: New York“. BBC Sport (2005-yil 8-iyun). Qaraldi: 2007-yil 31-mart.
- ↑ „Rivals for 2012: Moscow“. BBC Sport (2005-yil 8-iyun). Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ 43,0 43,1 43,2 Report of the IOC Evaluation Commission for the Games of the XXX Olympiad in 2012 – Moscow. International Olympic Committee, 6 June 2005. Qaraldi: 2007-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 2008-02-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ 44,0 44,1 44,2 44,3 „Blair denies 'Olympic pitch'“. BBC Sport (2003-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 3-aprel.
- ↑ „London appoints ethics tsar“. BBC Sport (2004-yil 3-fevral). Qaraldi: 2007-yil 3-aprel.
- ↑ 46,0 46,1 46,2 46,3 46,4 46,5 „The case against Slavkov“. BBC News (2005-yil 6-iyul). Qaraldi: 2007-yil 3-aprel.
- ↑ 47,0 47,1 47,2 „Olympic votes 'up for sale'“. BBC Sport (2004-yil 30-iyul). Qaraldi: 2007-yil 3-aprel.
- ↑ „IOC clears London group of bid corruption“. China Daily (2004-yil 13-avgust). Qaraldi: 2007-yil 4-aprel.
- ↑ IOC Ethics Commission: Decision with recommendations. International Olympic Committee, 25 October 2004. Qaraldi: 2007-yil 5-aprel. (Wayback Machine saytida 2007-06-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ 50,0 50,1 „London's Bid Breached Rules Said Paris Mayor – Blair Spokesman Calls It "Fair"“. GamesBids (2005-yil 11-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ „London withdraws 2012 incentives“. BBC Sport (2005-yil 23-aprel). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ 52,0 52,1 „IOC President Steps in to Diffuse [sic Potential Dispute“]. GamesBids.com (2005-yil 4-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.
- ↑ 53,0 53,1 53,2 „'Voting error' gave London Games“. BBC News (2005-yil 23-dekabr). 2006-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 23-dekabr.
- ↑ Voting error gave Olympics to London, BBC News. Retrieved 5 February 2007.
- ↑ „Press blast Chirac for jokes about British food | CTV News“. www.ctv.ca. 2012-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
- ↑ „2012 Summer Olympic Games Bids“. GamesBids. 2007-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-mart.
- ↑ „Nigeria To Bid For 2012 Olympic Games“. GamesBids (2002-yil 20-avgust). Qaraldi: 2007-yil 27-mart.
- ↑ „We will bid for 2012 Olympics“. The Times of India (2002-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 25-mart.
- ↑ „India chases ultimate Olympic glory“. CNN (2002-yil 25-aprel). 2007-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-mart.
- ↑ „Tel Aviv Considers Olympic Bid“. SportBusiness (2001-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 25-mart.
- ↑ „Candidaturas“ (pt). Brazilian Olympic Committee. 2007-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ Lawlor, Allison. „Already with the Whining and Sour-Grapes: 'Toronto's hopes dashed'“. The Globe and Mail (2003-yil 2-iyul). 2006-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ „Los Angeles Launches Olympic Bid“. ABC News (2001-yil iyul). Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Rodriguez, Logo Added To State Bid“. The Ledger (1998-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.
- ↑ „New York City 2012 Summer Olympic Games Bid“. GamesBids. Qaraldi: 2007-yil 25-mart.
- ↑ „New York Wins USOC Nomination For 2012 Olympic Bid“. GamesBids (2002-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ „Leipzig 2012 Summer Olympic Games Bid“. GamesBids. 2007-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-mart.
- ↑ „Hungary Drops Its 2012 Bid Intentions“. GamesBids (2003-yil 30-aprel). Qaraldi: 2007-yil 27-mart.
- ↑ „Italy To Pass On 2012; Considers Milan 2016 Olympic Bid“. GamesBids (2003-yil 11-iyul). Qaraldi: 2007-yil 27-mart.
- ↑ „Several Cities Consider 2012 Olympic Bid“. GamesBids (2000-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 27-mart.
- ↑ 2012 Candidature Procedure and Questionnaire. International Olympic Committee, 17 May 2004 — 33, 55-bet. Qaraldi: 2007-yil 30-mart. (Wayback Machine saytida 2007-03-22 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Rules of Conduct Applicable to all Cities Wishing to Organise the Olympic Games“. International Olympic Committee (2007-yil 7-fevral). 2007-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-aprel.
- ↑ International Handbook on the Economics of Mega Sporting Events. Edward Elgar Publishing, 2012 — 75-bet. ISBN 9780857930279.
- ↑ „Vancouver 2010 Win Could Affect New York 2012“. GamesBids (2003-yil 3-iyul). Qaraldi: 2007-yil 30-mart.