2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi
2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi | |
---|---|
| |
Sana va vaqti | 19-iyul, 2011-yil |
Miqdori | 6,1 Mw[1] |
Chuqurligi | 18.0 km (11.2 mi) |
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Talofatlar | 14 kishi halok boʻlgan, 101 kishi jarohatlangan |
Iqtisodiy yoʻqotishlar | 11,58 mln. USD[2]. |

2011-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi 2011-yili Toshkent vaqti bilan 19-iyuldan 20-iyulga oʻtar kechasi soat 00:35 da[3] Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida, Toshkentdan 235 km janubi-sharqda[4] sodir boʻlgan.[4][5] Zilzila magnitudasi 6,1 balldan oshgan, epitsentri yer sirtidan 16 km chuqurlikda boʻlgan[6]. Silkinish taxminan 40 soniya davom etgan[7]. Ushbu zilzila taʼsirida oʻn bir soatdan keyin Dushanbedan 75 km sharqda 4,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgan[8].
Talofatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumotlariga koʻra, zilzila oqibatida Fargʻona viloyatining Rishton, Bagʻdod va Oʻzbekiston tumanlaridagi ayrim eski uy-joylarga shikast yetgan. Buning oqibatida 13 nafar fuqaro halok boʻlgan, jarohat olganlardan 86 nafariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan[5].
Yer qimirlashi natijasida 800 dan ortiq binoga jiddiy zarar yetgan[9], Margʻilon hududidagi eski uylarning bir qismi vayron boʻlgan[10].
Tojikistonda ham yer silkinishi qayd etilgan, Xoʻjandda bir kishi vahimadan halok boʻlgan[11].
Qirgʻiziston janubida oʻn minglab aholi xonadonlari, ayrim shifoxonalar elektr taʼminotisiz qolgan. Botken shahrini O‘sh shahri bilan bogʻlovchi avtomagistral tog‘ ko‘chkilari tufayli yopib qoʻyilgan. Qadamjoydagi transformator podstansiyasi ishlamay qolgan, natijada Qadamjoy, Toʻlgon, Qizilbulun, Xolmion, Oxna, Yorgutan, Tamas qishloqlariga elektr energiyasi taʼminoti uzilib qolgan (elektr energiyasi 17 soatdan keyin qayta tiklangan)[12]. Cho‘ng-Olay viloyatida joylashgan 125 ta uy zarar ko‘rgan. Jekendidagi 67 ta uyda yoriqlar paydo boʻlgan (ulardan 52 tasi taʼmirga muhtoj). Sivada 58 ta uy shikastlangan (ulardan 49 tasi taʼmirga muhtoj). Sulukta, Botken, Qizil-Qiya, Tulos, Zulpiyev, Intimaq va boshqa shaharlarda ham koʻplab uylar vayron boʻlgan[13].
Qurbonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zilzila natijasida Xo‘jandda 1 kishi halok bo‘lgan. U vahima ichida binoning ikkinchi qavatidan sakragan. Fargʻona vodiysidagi aholi punktlarida kamida 13 kishi halok boʻlgan, 86 kishi turli darajada jarohat olgan. Qirg‘izistonda 15 nafar fuqaro jabrlangan[14].
Fuqaroligi | Oʻlganlar | Yaralanganlar |
---|---|---|
![]() |
13 | 86 |
![]() |
1 | |
![]() |
15 | |
Jami | 14 | 101 |
Rasmiylar munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshirig‘iga binoan, respublika hukumati tomonidan favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻriladi.
Zilzila sodir boʻlgan joyda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda qutqaruv bo‘linmalari ish olib boradi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan zilziladan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ishlar olib boriladi, qurbonlarni dafn etish bo‘yicha barcha xarajatlar davlat zimmasiga olinadi.
Maxsus tuzilgan komissiya favqulodda vaziyat ko‘lamini, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi maʼlumotlarni aniqlaydi[15].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Magnitude 6.1 — KYRGYZSTAN.
- ↑ „Earthquake Kyrgyzstan / Uzbekistan : 30 million US$ damage and 14 people killed, 101 injured“. 29-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-avgust 2018-yil.
- ↑ Time of Earthquake in other Time Zones Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-24)., USGS
- ↑ 4,0 4,1 V Uzbekistane proizoshlo zemletryasenie Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-21)., gazeta.uz
- ↑ 5,0 5,1 Informatsion bildirish Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-21)., OʻzA
- ↑ Magnitude 6.1 — KYRGYZSTAN Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-10-06)., USGS
- ↑ Kyrgyzstan, Uzbekistan hit by 6.2 earthquake Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-08-12)., The Vancouver Sun
- ↑ „M 4.7 — TAJIKISTAN — 2011-07-19 09:22 UTC.“. 5-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
- ↑ „Earthquake in Kyrgyzstan / Uzbekistan : 14 people killed, 86 injured and at least 800 houses damaged + video of the shaking in Tashkent“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2018-09-29)., Earthquake Report
- ↑ Powerful earthquake hits Central Asian valley, Reuters Canada
- ↑ V rezultate zemletryaseniya v Uzbekistane pogibli 13 chelovek, Lenta.ru
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 29-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 29-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
- ↑ „EXTREMELY dangerous VERY STRONG earthquake in the Kyrgyzstan / Uzbekistan border area.“. 29-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-iyul 2011-yil.
- ↑ „Жертвами землетрясения стали 13 человек — Газета.uz“. 23-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyul 2011-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Informatsion bildirish Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-21)., OʻzA
- Jertvami zemletryaseniya stali 13 chelovek Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-07-23)., gazeta.uz
- Yer qimirlashi paytida Toshkent xonadonlaridan birida olingan video, YouTube
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |