2001-yil 11-sentabr terror xurujlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Butunjahon Savdo Markazi

2001-yil 11-sentabr hurujlari — yoʻlovchi samolyotlarning qoʻlga olinishi va ularni Pentagon binolariga olib borib urilishi natijasida Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada sodir boʻlgan halokatlar silsilasi. Insoniyat tarixidagi eng yirik huruj hisoblanadi.

Ketma-ketlik[tahrir]

Birinchi zarba Boston-Los-Anjeles (11-reys) yoʻnalishi bilan uchayotgan «Boing-767» uchogʻining mahalliy vaqt bilan 8:45 da BSMning «Shimoliy minora»siga urilishi boʻldi. Keyinroq (9:03) esa xuddi shunday uchoq (175-reys) «Janubiy minora»ga kirib ketdi. Soat 9:40 da Vashington-Los-Anjeles (77-reys) yoʻnalishli «Boing-757-200» uchogʻi Pentagonga quladi (norasmiy xabarlarga koʻra, qulab tushgan narsa uchoq emas, balki qanotli raketa boʻlgan). Toʻrtinchi, «Boing-757» uchogʻi Pensilvaniya oʻrmonlariga qulagan.

Qurbonlar[tahrir]

AQSH hukumati bayonotiga koʻra, huruj oqibatida jami 2974 kishi halok boʻlgan .

Izohlar[tahrir]

Hodisaga Yaqin Sharqdagi Usoma bin Lodin yetakchiligidagi «Al-Qoida» guruhi aloqador, deb gumon qilinadi. Fitnalar nazariyasi ishqibozlariga koʻra, hurujlar Isroil yoki AQSH maxsus boʻlinmalari tomonidan uyushtirilgan, deb hisoblanadi.

Oqibatlar[tahrir]

Bu hujum AQSHning Afgʻoniston va Iroq bilan urushga kirishishiga bahona boʻldi.

Shuningdek[tahrir]

Havolalar[tahrir]