Xloropren

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(2-xlor butadiyen 1dan yoʻnaltirildi)

Xloropren, 2-xlor butadiyen 1,3, СН2=ССl-СН=СН2 - oʻtkir hidli rangsiz suyuklik; mol. m. 88,536. Suyuqlanish temperaturasi — 130°, qaynash temperaturasi 59,4°, zichligi 959 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Mis xlorid va ammoniy xlorid ishtirokida 0—20° da vinilatsetilenni gidroxlorlab olinadi. Zaharli; nerv sistemasiga taʼsir etadi, nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi. Oson polimerlanadi, xlorpren kauchuklar i.ch.da qoʻllanadi.