Kontent qismiga oʻtish

1-sentyabr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(1 сентябрdan yoʻnaltirildi)

1-sentyabrGrigoriy taqvimida yilning 244- (kabisa yilida 245-) kuni. Yil yakuniga 121 kun qoladi.

sentyabr
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30        
2026-yil

Yana qarang: Turkum:1-sentyabr bayramlari

  • Oʻzbekiston mustaqillik kuni
    1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston tarixida yangi davr – suverenitet asrini boshlab berdi. Sobiq ittifoq tarkibidagi iqtisodiy qaramlik va geosiyosiy cheklovlardan so‘ng respublika o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bugungi kunda O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyoda, balki xalqaro maydonda ham jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotga va barqaror ijtimoiy tizimga ega davlat sifatida e’tirof etilmoqda. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi tarixi milliy istiqlol, til, haq-huquqlar masalalari kun tartibiga qoʻyilgan davrdan boshlanadi. Ushbu ogʻir yillarda respublikamiz oʻz taraqqiyot yoʻlini belgilab oldi. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 1990-yil 20-iyundagi 12-chaqiriq ikkinchi sessiyasida Oʻzbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiyaning 8-moddasida Oʻzbekistonning “oʻz taraqqiyot yoʻlini oʻzi tanlashi” toʻgʻrisida; 10-moddasida bundan buyon Oliy Sovet “davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunlarni ishlab chiqishi” toʻgʻrisida; 12-moddasida esa “ushbu deklaratsiya Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asos boʻlishi” toʻgʻrisida soʻz boradi. Buni qarangki, Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinishining ertasigayoq Konstitutsiyaviy komissiya tuziladi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlanadigan boʻldi. Bu orada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi bayonotiga asoslanib, “Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni, shuningdek, Prezidentning “Davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, keyinchalik bu qonun-u qaror mazmuni umumxalq ovoziga qoʻyilgan yangi Konstitutsiyaviy loyihada oʻz aksini topdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi bayonotida “...bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb eʼtirof etiladi”, deb eʼlon qilindi, keyinchalik bu modda “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi qonunning 5-moddasida mustahkamlandi: “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir”. Shu bilan mustaqillikka yana bir bor mustahkam huquqiy poydevor oʻrnatildi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasida qayd etilgan quyidagi normada o‘z aksini topdi: “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. Bu deganiki, davlat hokimiyati, uning qudrati va manbasi xalqdir, suverenitet xalqda yashaydi va xalqdan kelib chiqadi, xalq tomonidan amalga oshiriladi va xalq manfaatlariga xizmat qiladi, xalqning irodasini ifoda etadi va xalq uchun mavjuddir, xalq nazoratiga boʻysunadi va xalq oldida javobgardir, suverenitet xalqnikidir, xalq qoʻlidadir, suverenitet egasi xalqdir. Buni yanada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlari va asarlaridan, yigʻishlarda qilgan maʼruzalaridan ham anglash mumkin. Mustaqillikning ilk yillarida bizning xalq va davlatni bir-biridan ayro koʻradigan anʼanaviy tasavvurlarimizni oʻzgartirishimizda gʻoyaviy-huquqiy asos, turtki va oldinga tashlangan yana bir ulkan qadam boʻldi. Bu mustaqil Oʻzbekiston endilikda rivojlanish yoʻnalishida maʼlum bir utopiyaga emas, balki pragmatik siyosatga asoslanishidan darak edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga koʻra, inson, uning hayoti, shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari Oʻzbekiston davlatining oliy qadriyati boʻlib, Oʻzbekistonda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hurmat va eʼzozda, ardoqlanadi va qonuniy himoya qilinadi. Hozirgi davr ijtimoiy taraqqiyotining asosiy omili inson ekanini eʼtirof etsak, jamiyat va hokimiyat mavqei ham insonga boʻlgan munosabat, yuksak gumanistik gʻoyalarni amalga oshirish bilan belgilanadi. Mustaqil respublikamiz oʻzining ichki va tashqi siyosati, barcha amaliy faoliyatida keng ommaning, har bir shaxsning farovon, tinch va osoyishta turmush kechirishi, erkin, toʻq va sogʻlom yashashi uchun imkon yaratishni bosh vazifa qilib qoʻyayotgan ekan, bunda konstitutsiyaviy oʻzgarishlar yetakchi huquqiy islohotlar sirasiga kiradi. Bugun Oʻzbekiston – xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti boʻlib, ittifoqlar tuzish, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishish uning suveren huquqlaridir. Uning mustaqilligi esa xalqimizning azaliy qadriyatlari va tinchliksevarlikka hamohangligi bilan alohida diqqatga sazovor. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi – xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash borasidagi tarixiy yutug‘i. Statistik ma’lumotlar va iqtisodiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan davr mobaynida mamlakat xomashyo yetkazib beruvchi qaram o‘lkadan jadal sanoatlashgan, demografik jihatdan yosh va faol, mintaqaviy geosiyosatda o‘z so‘ziga ega barqaror davlatga aylandi. Bugungi islohotlar – “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi mustaqillik poydevorini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ozodlik bongi
Ozodlik bongi

Yana qarang: Turkum:1-sentyabr voqealari

Yana qarang: Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar

Jk ("Jeon Jungkook" BTS guruhi a'zosi, 1997-yil 1-sentyabrda tug'ilgan)

Vafot etganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang: Turkum:1-sentyabrda vafot etganlar