Kontent qismiga oʻtish

1998-yilgi UEFA Superkubogi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
1998 UEFA Super Cup
Fayl:1998 UEFA Super Cup match programme.jpg
Match programme cover
Sana 28 August 1998
Oʻyin oʻtkazilgan joy Stade Louis II, Monako
Uchrashuvning eng
yaxshi o'yinchisi
Gus Poyet (Chelsea)[1]
Hakam Marc Batta (Fransiya)[2]
Tomoshabinlar soni 11,589[1]
1997
1999

1998-yilgi UEFA Superkubogi – 1998-yil 28-avgust kuni Monakodagi „Stade Louis II“ stadionida boʻlib oʻtgan futbol uchrashuvi boʻlib, unda Chempionlar ligasi gʻolibi „Real Madrid“ va Kubok egalari kubogi sohibi „Chelsea“ jamoalari bahs olib bordi. Har ikkala jamoa avval bu sovrinni qoʻlga kiritmagan edi. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Gus Poyetning golidan soʻng, „Chelsea“ 1–0 hisobida gʻalaba qozondi.

Bu Superkubok ilk bor neytral maydonda bitta oʻyin shaklida oʻtkazildi. Avvalgi yillarda musobaqa ikki oʻyin (uy–safar) tarzida oʻtkazilgan, biroq ayrim hollarda maxsus sharoitlar tufayli faqat bitta uchrashuv bilan cheklangan.

Monakodagi „Stade Louis II“ stadioni ikkinchi bor UEFA Superkubogiga mezbonlik qildi. 1985-yilda qurilgan ushbu arena, Fransiyaning „Monaco“ klubining uy maydoni hisoblanadi. Mazkur stadion bundan avval 1986-yilgi Yevropa Superkubogi bahsiga ham mezbonlik qilgan. Oʻsha uchrashuvda Yevropa Chempionlar Kubogi sohibi „Steaua Buxarest“ hamda UEFA kubogi egalari kubogi gʻolibi „Dinamo Kiyev“ jamoalari bir oʻyindan iborat formatda toʻqnash kelishgan.

Jamoa Saralash Avvalgi ishtirok
Ispaniya Real Madrid 1997–98-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi
Angliya Chelsea 1997–98-yilgi UEFA kubogi egalari kubogi gʻolibi

„Chelsea“ klubi futbolchisi Gus Poyet uchrashuvning 83-daqiqasida jarima maydoni chetidan oʻng oyogʻi bilan darvozaning oʻng burchagiga aniq zarba berib yagona golni kiritdi. Unga golli uzatmani Gianfranco Zola amalga oshirdi.

Real Madrid Ispaniya0–1Angliya Chelsea
Hisobot Poyet Gol 83'
Muxlislar soni: 11,589[1]
Bosh hakam: Marc Batta (Fransiya)[2]
forma
Real Madrid
forma
Chelsea
GK 1 Germaniya Bodo Illgner
RB 2 Italiya Christian Panucci
CB 4 Ispaniya Fernando Hierro
CB 5 Ispaniya Manolo Sanchís (c)
LB 3 Braziliya Roberto Carlos
RM 22 Fransiya Christian Karembeu Booked 52' Maydondan chiqarilgan 58'
CM 10 Niderlandiya Clarence Seedorf
CM 6 Argentina Fernando Redondo
LM 11 Braziliya Sávio
CF 8 Yugoslaviya Federativ Respublikasi Predrag Mijatović Maydondan chiqarilgan 73'
CF 7 Ispaniya Raúl
Zaxira:
GK 13 Ispaniya Pedro Contreras
DF 12 Ispaniya Iván Campo
DF 19 Ispaniya Fernando Sanz
MF 14 Ispaniya Guti
MF 16 Ispaniya Jaime
MF 17 Xorvatiya Robert Jarni Maydonga tushirilgan 73'
FW 15 Ispaniya Fernando Morientes Booked 86' Maydonga tushirilgan 58'
Murabbiy:
Niderlandiya Guus Hiddink
GK 1 Niderlandiya Ed de Goey
RB 17 Ispaniya Albert Ferrer Booked 7'
CB 6 Fransiya Marcel Desailly
CB 5 Fransiya Frank Leboeuf
LB 14 Angliya Graeme Le Saux
RM 12 Angliya Michael Duberry
CM 11 Angliya Dennis Wise (c)
CM 16 Italiya Roberto Di Matteo Maydondan chiqarilgan 63'
LM 3 Nigeriya Celestine Babayaro Booked 32'
CF 25 Italiya Gianfranco Zola Maydondan chiqarilgan 83'
CF 10 Italiya Pierluigi Casiraghi Maydondan chiqarilgan 89'
Zaxira:
GK 13 Angliya Kevin Hitchcock
DF 21 Fransiya Bernard Lambourde
MF 7 Daniya Brian Laudrup Maydonga tushirilgan 83'
MF 8 Urugvay Gus Poyet Maydonga tushirilgan 63'
MF 24 Angliya Eddie Newton
MF 28 Angliya Jody Morris
FW 19 Norvegiya Tore André Flo Maydonga tushirilgan 89'
Murabbiy:
Italiya Gianluca Vialli

Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi:
Gus Poyet (Chelsea)[1]

Qanot hakamlari:
Pierre Ufrasi (Fransiya)[2]
Jacques Mas (Fransiya)[2]
Toʻrtinchi hakm:
Pascal Garibian (France)

Oʻyin qoidalari

  • 90 daqiqa
  • Agar zarur boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt
  • Agar hisob teng boʻlib qolsa, penaltilar seriyasi
  • Yettita zaxira futbolchi, ulardan uch nafari maydonga tushirilishi mumkin
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Match Press Kit (2009)“. Union of European Football Associations (UEFA). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Match details / line-up: Chelsea – Real Madrid (UEFA-Supercup 1998)“. worldfootball.net. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.