1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi jamoalarining joylashuvi Jigarrang: A guruhi; Qizil: B guruhi
1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1992-yil 25-noyabrda boshlanib, 1993-yil 21-aprelda yakunlangan. 8 ta jamoa ikkita guruhga boʻlingan boʻlib, har bir guruhda 4 tadan jamoa ishtirok etdi. Guruhdagi jamoalar oʻzaro uy va safarda oʻyin oʻtkazishdi, yaʼni har bir jamoa jami 6 ta uchrashuv oʻtkazdi. Har bir gʻalaba uchun jamoalarga ikki ochko, durang uchun esa bitta ochko berildi. Guruh bosqichi yakunida har bir guruhda birinchi oʻrinni egallagan jamoa 1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasifinaliga yoʻl oldi[1].
Dastlab, UEFA Chempionlar ligasi faqatgina guruh bosqichidan iborat boʻlib, Yevropa kubogining alohida bir bosqichi sifatida tashkil etilgan edi.
Ikkinchi bosqichda gʻolib chiqqan 8 ta jamoa guruh bosqichiga yoʻl oldi. Qurʼa tashlash marosimi 1992-yil 6-noyabr kuni ShveysariyaningJeneva shahrida boʻlib oʻtdi[2]. Qurʼada sakkizta jamoa ikkita guruhga boʻlinib, har bir guruhda toʻrttadan jamoa joylashtirildi. Qurʼa ochiq tarzda oʻtkazildi, yaʼni seeding yoki savatlardan foydalanilmadi[3].
Ranglar izohi
Guruh bosqichda gʻalaba qozonib, finalga yoʻl olgan.
1991/92-yilgi mavsumda musobaqa hali Yevropa Kubogi nomi bilan o‘tkazilgan, lekin u guruh bosqichi tizimi birinchi marta qo‘llangani uchun roʻyxatda mavjud. Shu mavsum hamda 1992/93-yilgi mavsumda guruh bosqichi va final o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off bosqichi bo‘lmagan.