1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi
|
Final oʻyini Myunxendagi Olympiastadionda oʻtkazildi. | |
| Umumiy maʼlumotlar | |
|---|---|
| Sana |
Saralash: 1992-yil 19-avgust – 2-sentabr Asosiy bosqich: 1992-yil 16-sentabr – 1993-yil 26-may |
| Jamoalar |
Asosiy bosqich: 32 Jami: 36 |
| Yakuniy natijalar | |
| Chempionlar |
|
| 2-oʻrin |
|
| Statistika | |
| Oʻyinlar soni | 74 |
| Gollar soni | 194 (har oʻyinda oʻrtacha 2.62 ta) |
| Muxlislar soni | 1 896 787 (har oʻyinda oʻrtacha 25 632 ta) |
| Toʻpurar(lar) |
Romário (PSV Eindhoven) 7 ta gol |
| Avvalgisi | 1991/92 (Yevropa kubogi) |
| Keyingisi | 1993/94 |
1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi, dastlab 1992/93-yilgi Yevropa Kubogi nomi bilan tanilgan, Yevropa klublarining eng nufuzli futbol musobaqasi hisoblangan Yevropa Kubogining 38-mavsumidir. UEFA Chempionlar ligasi brendi ostidagi ilk mavsum bo‘lgan. Ushbu nom guruh bosqichidangina qo‘llanilgan[1].
Ikkinchi bosqichdan chiqqan sakkiz jamoa ikki guruhga ajratildi, guruh g‘oliblari esa finalda uchrashdi. Bu esa ushbu format qo‘llanilgan ikkinchi mavsum edi. Bundan tashqari, dastlabki saralash bosqich ham o‘tkazildi, chunki bu Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya parchalanganidan keyingi birinchi mavsum edi. Natijada ko‘plab yangi davlatlar o‘z milliy ligalari chempionlarini musobaqaga qo‘shish huquqiga ega bo‘ldi. Isroil va Farer orollari ham ilk bor musobaqada ishtirok etdi.
Finalda Milan ustidan g‘alaba qozongan Marseille musobaqada ilk marta g‘olib bo‘ldi va Yevropa kubogi/Chempionlar ligasida zafar quchgan ilk fransuz klubi sifatida tarixga kirdi.
Biroq, Marseille g‘alabasidan ko‘p o‘tmay, ular va prezidentlari Bernard Tapie ustidan oldindan kelishuv ayblovlari ilgari surildi. Bu voqea finaldan 6 kun oldin boʻlib oʻtgan liga uchrashuviga taalluqli edi. Ma’lum boʻlishicha, Marseille Milanga qarshi finalga diqqatni to‘liq qaratishi uchun Division 1 dagi chempionlikni hal qiluvchi Valenciennesga qarshi oʻyinni oldindan kelishib olgan edi. Taxminlarga ko‘ra, Tapie, Valenciennes jamoasini pora evaziga yutqazishga majbur qilgan, bu esa Marseillega Fransiya chempionatida muddatidan oldin g‘olib bo‘lish imkonini bergan, eng asosiysi esa final oldidan Marseille futbolchilari jarohatlanib qolmasligi uchun shunday qilingan. 1991-yilgi Yevropa Kubogi finalida Red Star Belgradega qarshi o‘yindan avval Marseille tarkibida bir nechta jarohat olgan futbolchilar bor edi, Tapie esa bu xatoni takrorlashni istamadi. Natijada, Fransiya futbol federatsiyasi Marseillening liga chempionligi unvonini tortib oldi (ammo Yevropa Kubogini emas, chunki gap ketayotgan uchrashuv o‘sha musobaqaga taalluqli emas edi). Klub 1993/94-yilgi mavsumda Yevropa chempionligini himoya qilishdan, shuningdek, Qit’alararo kubok va Superkubokda ishtirok etishdan chetlashtirildi. 1995-yilda Marseillening moliyaviy hisoblari bo‘yicha sud jarayoni vaqtida klub 1989-yildan 1993-yilgacha har yili o‘yinlarni sotib olish uchun 5 million fransuz franki (taxminan €760,000) ajratgani ochiqlandi. UEFA, Fransiya futbol federatsiyasi va Fransiya rasmiylari 1992/93-yilgi mavsumdagi bir nechta Marseille o‘yinlarini tekshirib chiqdilar. Ushbu tekshiruvlar Yevropa Chempionlar ligasidagi kelishuvlar bo‘yicha hech qanday rasmiy dalilni tasdiqlamadi. Shu sababli Marseillening 1993-yilgi Yevropa chempioni maqomiga ta’sir ko‘rsatmadi[2].
Amaldagi chempion Barcelona ikkinchi bosqichda Moskvaning CSKA jamoasi tomonidan musobaqadan chiqarib yuborildi.
Jamoalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jami 36 ta milliy chempion 1992/93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi mavsumida ishtirok etdi. 1992-yilgi klub reyting koeffitsientlariga koʻra eng past oʻrinlarni egallagan 8 ta chempion dastlabki saralash bosqichidan turnirni boshlagan boʻlsa, eng yuqori oʻrinlarni egallagan 28 ta chempion birinchi bosqichdan musobaqaga qoʻshildi.
Taqsimot
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Bosqich | Ushbu bosqichda qatnashgan jamoalar | Avvalgi bosqichdan oʻtgan jamoalar |
|---|---|---|
| Dastlabki bosqich (8 ta jamoa) |
|
|
| Birinchi bosqich (32 ta jamoa) |
|
|
| Ikkinchi bosqich (16 ta jamoa) |
| |
| Guruh bosqichi (8 ta jamoa) |
| |
| Final (2 ta jamoa) |
|
Amaldagi chempionlar (Barcelona) oʻz ichki ligasi orqali yoʻllanma olganligi sababli, chempionlik egasiga ajratilgan oʻrin boʻsh qoldi va natijada odatiy kirish roʻyxatiga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:
- 27- va 28-oʻrinlarda boʻlgan chempionlar (APOEL va Union Luxembourg) ishtirokini saralash bosqichidan emas, birinchi bosqichga boshlaadi.
Reyting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoalar 1992-yilgi UEFA koeffitsientlari reytingiga ko‘ra tartiblandi. Bu koeffitsient 1987/88-yilgi mavsumdan 1991/92-yilgi mavsumlargacha boʻlgan Yevropa musobaqalaridagi natijalarni hisobga olgan. Har bir klub va milliy assotsiatsiyaning koeffitsienti hisoblab chiqilgan (umumiy ochkolar umumiy oʻyinlarga boʻlingan holda). Klubning yakuniy koeffitsienti esa ushbu ikkala qiymatni qoʻshish orqali aniqlangan. Aynan shu reyting jamoaning qaysi bosqichdan turnirga kirishini belgilab bergan[3][4].
Izohlar
- ^ Albaniya (ALB): Albaniya klublari 1992/93-yilgi mavsumda Yevropa musobaqalaridan chetlashtirilgan edi. Bunga Albaniyadagi siyosiy vaziyatning izdan chiqishi va milliy terma jamoaning UEFA Euro 1992 saralash bosqichini yakunlay olmaganligi sabab boʻldi. Vllaznia jamoasi 1991/92-yilgi Albaniya milliy chempionati gʻolibi sifatida musobaqaga yoʻllanma olishi kerak edi.
- ^ FR Yugoslavia (YUG): 1991/92-yilgi Yugoslaviya Birinchi ligasi chempioni Red Star Belgrade Yugoslaviya ustidan qoʻyilgan BMT iqtisodiy sanksiyalari tufayli musobaqaga qabul qilinmadi.
Bosqichlar va qur’a sanalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musobaqa uchun barcha qur’alar Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkazildi[5].
| Bosqich | Qur’a sanasi | Birinchi o‘yin | Ikkinchi o‘yin | |
|---|---|---|---|---|
| Dastlabki bosqich | 1992-yil 15-iyul | 1992-yil 19-avgust | 1992-yil 2-sentabr | |
| Birinchi bosqich[a] | 1992-yil 16-sentabr | 1992-yil 30-sentabr | ||
| Ikkinchi bosqich | 1992-yil 2-oktabr | 1992-yil 21-oktabr | 1992-yil 4-noyabr | |
| Guruh bosqichi | 1-tur | 1992-yil 6-noyabr | 1992-yil 25-noyabr | |
| 2-tur | 1992-yil 9-dekabr | |||
| 3-tur | 1993-yil 3-mart | |||
| 4-tur | 1993-yil 17-mart | |||
| 5-tur | 1993-yil 7-aprel | |||
| 6-tur | 1993-yil 21-aprel | |||
| Final | 1993-yil 26-may | |||
- ↑ Birinchi bosqich uchun qo‘shimcha pley-off bahsi 1992-yil 9-oktabr kuni o‘tkazildi.
Dastlabki bosqich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk uchrashuvlar 19-avgust kuni, javob uchrashuvlari esa 2-sentyabr kuni oʻtkazildi.
| Birinchi jamoa | Umumiy hisob Tooltip Aggregate score | Ikkinchi jamoa | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
|---|---|---|---|---|
| Shelbourne | 1:2 | 0:0 | 1:2 | |
| Valletta | 1:3 | 1:2 | 0:1 | |
| KÍ | 1:6 | 1:3 | 0:3 | |
| Olimpija Ljubljana | 5:0 | 3:0 | 2:0 |
Birinchi bosqich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki uchrashuvlar 16-sentyabr kuni, javob uchrashuvlari esa 1992-yil 30-sentyabr kuni oʻtkazildi. Qoʻshimcha pley-off uchrashuvi 9-oktabr kuni boʻlib oʻtdi.
| Birinchi jamoa | Umumiy hisob Tooltip Aggregate score | Ikkinchi jamoa | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Pley-off |
|---|---|---|---|---|---|
| IFK Göteborg | 3:2 | 2:0 | 1:2 | ||
| Lech Poznań | 2:0 | 2:0 | 0:0 | ||
| Rangers | 3:0 | 2:0 | 1:0 | ||
| VfB Stuttgart | 4:5[a] | 3:0 | 0:3[a] | 1:2 | |
| Slovan Bratislava | 4:1 | 4:1 | 0:0 | ||
| Milan | 7:0 | 4:0 | 3:0 | ||
| Kuusysi | 1:2 | 1:0 | 0:2 (a.e.t.) | ||
| Glentoran | 0:8 | 0:5 | 0:3 | ||
| Maccabi Tel Aviv | 0:4 | 0:1 | 0:3 | ||
| Austria Wien | 5:4 | 3:1 | 2:3 | ||
| Sion | 7:2 | 4:1 | 3:1 | ||
| Union Luxembourg | 1:9 | 1:4 | 0:5 | ||
| AEK Athens | 3:3 (m) | 1:1 | 2:2 | ||
| PSV Eindhoven | 8:0 | 6:0 | 2:0 | ||
| Víkingur Reykjavík | 2:5 | 0:1 | 2:4 | ||
| Barcelona | 1:0 | 1:0 | 0:0 |
- ↑ 1,0 1,1 Javob uchrashuvi dastlab Leeds United 4:1 hisobida gʻalaba qozongan tarzda yakunlandi (umumiy hisob 4:4 boʻldi va safarda koʻproq gol urganligi sababli VfB Stuttgart gʻolib deb topildi). Biroq, Stuttgartning noqonuniy tarzda chet ellik futbolchilardan foydalanishi sababli uchrashuv keyinchalik Leeds foydasiga 3:0 hisobida yozib qoʻyildi. Natijada umumiy hisob 3:3 boʻlib qoldi va gʻolibni aniqlash uchun pley-off oʻtkazishga qaror qilindi.
Ikkinchi bosqich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki uchrashuvlar 21-oktabr kuni, javob uchrashuvlari esa 4-noyabr kuni oʻtkazildi.
| Birinchi jamoa | Umumiy hisob Tooltip Aggregate score | Ikkinchi jamoa | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
|---|---|---|---|---|
| IFK Göteborg | 4:0 | 1:0 | 3:0 | |
| Rangers | 4:2 | 2:1 | 2:1 | |
| Slovan Bratislava | 0:5 | 0:1 | 0:4 | |
| Dinamo București | 0:2 | 0:0 | 0:2 | |
| Club Brugge | 3:3 (m) | 2:0 | 1:3 | |
| Sion | 2:6 | 2:2 | 0:4 | |
| AEK Athens | 1:3 | 1:0 | 0:3 | |
| CSKA Moskva | 4:3 | 1:1 | 3:2 |
Guruh bosqichi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh bosqichi 1992-yil 25-noyabrda boshlanib, 1993-yil 21-aprelda yakunlandi. Sakkizta jamoa ikki guruhga boʻlindi, har bir guruhda toʻrttadan jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa guruhdagi boshqa jamoalarga qarshi uy va safarda oʻyin oʻtkazdi, yaʼni jami olti oʻyin oʻynaldi. Har bir gʻalaba uchun ikki ochko, durang uchun esa bitta ochko berildi. Guruh bosqichi yakunida har bir guruhda birinchi oʻrinni olgan jamoalar finalga chiqdi.
A guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992.93-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi
B guruhi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya | MIL | GOT | POR | PSV | |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 6 | 6 | 0 | 0 | 11 | 1 | +10 | 12 | Finalga yoʻllanma | — | 4:0 | 1:0 | 2:0 | ||
| 2 | 6 | 3 | 0 | 3 | 7 | 8 | −1 | 6 | 0:1 | — | 1:0 | 3:0 | |||
| 3 | 6 | 2 | 1 | 3 | 5 | 5 | 0 | 5 | 0:1 | 2:0 | — | 2:2 | |||
| 4 | 6 | 0 | 1 | 5 | 4 | 13 | −9 | 1 | 1:2 | 1:3 | 0:1 | — |
Final
[tahrir | manbasini tahrirlash]Final 1993-yil 26-may kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympiastadionda oʻtkazildi.
To‘purarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992/93-yilgi UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati quyidagicha (dastlabki saralash bosqichi qo‘shilmagan):
| O‘rin | Futbolchi | Jamoa | Gollar |
|---|---|---|---|
| 1 | 7 | ||
| 2 | 6 | ||
| 6 | |||
| 6 | |||
| 5 | 5 | ||
| 6 | 4 | ||
| 4 | |||
| 4 | |||
| 4 | |||
| 4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ An additional play-off match for the first round was held on 9 October 1992.
- ↑ Adams, Tom. „The shame of Marseille“. ESPN FC (2011-yil 10-mart). 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Seeding for the European Cups (from 1979/80): 1992/93“. Pawel Mogielnicki.
- ↑ „Remarks to the UEFA tables“. Pawel Mogielnicki.
- ↑ „Meetings and Events“. Bulletin officiel de l'UEFA. № 140. Union of European Football Associations. September 1992. 33-bet.
- ↑ „2. Finals“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2016/17. Nyon: Union of European Football Associations, 2017 — 1-bet.